19-dars. Lotin Amerikasining boshqa davlatlari (1 soat).
XIX asrning oxirida va XX asr boshlarida Markaziy Amerika davlatlari. Gvatemala va Kosta Rikadagi ahvol. Markaziy Amerika respublikasining tashkil topishi va o‘zaro urushlar. Nikaraguaga AQShning bostirib kirishi. Gaiti va Dominikadagi ahvol. Kubaning 1895-1898 yillarda mustaqillik uchun kurashi. Xose Marti. Markaziy Amerikada AQShning «yo‘g‘on kaltak» va «dollar diplomatiyasi» siyosati.
20-dars. Takrorlash (1 soat).
21-dars. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Rossiyaning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli (1 soat).
XIX asrning oxirida Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti. Ishchilar ahvoli. Ichki bozorning o‘sishi. Dastlabki monopolistik birlashmalarning vujudga kelishi. Chet el kapitali. Rossiyada ijtimoiy harakat va ijtimoiy-siyosiy fikrlarning rivojlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |