bet 161/207 Sana 11.01.2017 Hajmi 1,15 Mb. #36
Bu sahifa navigatsiya:Bilim
Ko‘nikma:
“ommaviy madaniyat”ning insoniyat rivojiga salbiy ta’sirini anglash;
so‘zlashuv madaniyati, kiyinish madaniyati, aloqa vositalaridan foydalanish madaniyati, axborot tanlash va unga egalik qilish va undan foydalanish madaniyati tushunchalarini anglash;
tasviriy san’at darslarida milliy ma’naviyatimizni aks ettiruvchi rasmlarni chizishga harakat qilish;
o‘z burchini anglash va o‘zgalar huquqlarini hurmat qilish;
milliy qadriyatlarimiz va urf odatlarimizga zid bo‘lgan bayram va odatlarning salbiy oqibatlarini anglash;
insonparvarlik – oliy fazilat belgisi ekanligini anglash;
mehr-muruvvat – yuksak fazilat ekanligini anglash;
Malaka:
Bunyodkor va vayronkor g‘oyalarga nisbatan o‘z munosabatini bildira olish;
muomala madaniyatiga ega bo‘lish;
kichiklarga izzatda, kattalarga hurmatta bo‘la olish;
axloq-odob qoidalariga rioya qilish;
milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga zid bo‘lgan bayramlar, odatlarni qabul qilmaslik.
mavzular bo‘yicha baxs munozaralarda faol ishtirok etish;
darslikda berilgan savollar va topshiriqlarni bajarish;
qo‘shimcha manbalardan foydalanish;
o‘z fikrlarini boshqa fan (tarix, geografiya va b.)lar bilan bog‘lagan holda bayon qila olish.
8-sinf
Bilim:
Milliy mafkura tushunchasini bilish;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 –moddasini mazmunini tushunish;
milliy mafkuramizning bosh g‘oyasini bilish;
Vatan ravnaqi mamlakatning hamma sohalari bo‘yicha rivojlanish va yuksalish ekanligini bilish;
yurt tinchligi – barqaror taraqqiyot garovi ekanligini bilish;
xalq farovonligi – erkinlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik ekanligini bilish;
komil inson har tomonlama yetuk inson ekanligini bilish;
ijtimoiy hamkorlik – manfaatlar mushtarakligidan hosil bo‘luvchi umummilliy maqsad ekanligini bilish;
millatlararo hamjihatlik yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elat vakillari ahilligining ma’naviy asosi ekanligini bilish;
dinlararo bag‘rikenglik (tolerantlik) xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e’tiqodini o‘zaro hurmat qilishi ekanligini bilish;
milliy g‘oya va milliy mafkuraning o‘zida nimalarni mujassam ettirishini bilish;
milliy mafkura qanday talablarga javob berishini tushunish;
mustaqillik beqiyos ma’naviy imkoniyatlar ekanligini anglash;
mamlakatimizning ichki va tashqi siyosati, iqtisodiy-ijtimoiy yangilanish jarayonlarning manbai ma’naviyat ekanligini bilish;
yurtimizdagi moddiy va ma’naviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liq holda rivojlanayotgani haqidagi ma’lumotlarni bilish;
davlatimizning ijtimoiy himoya sohasidagi siyosatini anglash;
oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqaror ekanligini bilish;
mamlakatimizda nishonlanadigan bayramlarning ma’nviy mohiyatini bilish;
til – ma’naviyat ko‘zgusi ekanligini bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: