5,6-MA’RUZA
OCHIQ TIZIMLAR O’ZARO ALOQASINING ETALOM MODELI (OSI MODELI) VA TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOG’INING FIZIK QATLAMI
Reja:
Ochiq tizimlarni o‘zaro bog‘lanish etalon modeli.
Fizik satx. Uzatish muxiti.
5.1. Ochiq tizimlarni o‘zaro bog‘lanish etalon modeli
Aloqa bu tarmoq va aloqa xizmati yig‘indisini o‘zida namoyish etadi (1.1-rasm). Telekommunikatsiya xizmati – bu xizmatlardan foydalanuvchilarni ta’minlovchi vositalar kompleksidir. Ikkilamchi tarmoqlar telekommunikatsiya xizmatlarida signallarni kommutatsiyalash, transportlashni ta’minlaydi. Birlamchi tarmoqlar ikkilamchi tarmoqlarni ta’minlaydi. Mos keluvchi xizmatni tarkibiy qismi foydalanuvchilarda joylashgan oxirgi qurilma xisoblanadi.
5.1-rasm. Aloqa arxitekturasi:
1-telekommunikatsiyaning birlamchi tarmog‘i;
2.telekommunikatsiyaning ikkilamchi tarmoqlari;
3-telekommunikatsiya vazifalari;
4- telekommunikatsiya xizmatlari.
|
5.2-rasm. OTO‘B uchun standartlar ishlab chiqish strukturasi
|
Xizmat namunasi sifatida telefon aloqasini keltirish mumkin. U telefon aloqa, ma’lumotlar uzatish va boshqa xizmatlarni taklif qiladi. Telefon tarmog‘i bo‘yicha ma’lumotlar uzatish (telefon xizmatini qo‘llab) telefon kanallari bo‘ylab ma’lumotlar uzatish xizmati sifatida ko‘riladi. Telefondan foydalanuvchi, modem yordamida o‘zining kompyuterini telefon tarmog‘iga ulashi mumkin. Ma’lumotlar uzatish xizmati sifatida biz ma’lumotlar uzatish uchun maxsus yaratilgan aloqa tizimini tushunamiz, ya’ni qurilma va dasturiy vositalar majmui, qayta ishlash usullari, taqsimlash va ma’lumotlar uzatish. SHu vaqtning o‘zida ma’lumotlar uzatish xizmati telefon aloqa xizmatini ham taqdim etishi mumkin.
Telekommunikatsiyaning barcha xizmatlarida axborot almashish avvaldan belgilanga aniq qoidalar bo‘yicha amalga oshishi kerak. Bu qoidalar (standartlar) elektr aloqaning bir nechta xalqaro tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. 1978 yilda standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotda SC16 komiteti tashkil etildi. Uning vazifasi ochiq tizimlarni o‘zaro aloqasi uchun xalqaro standartlar ishlab chiqarish.
Ochiq tizim deb – ochiq tizimlar talablarini qondiruvchi, turli tizimlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi mumkin bo‘lgan tizim tushuniladi. Agar tizim ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘langan (OTO‘B) etalon modeliga mos kelsa u ochiq tizim xisoblanadi.
OTO‘B etalon modeli – standartlar tuzilishini umumiy strukturasi. U aloxida standartlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish prinsipini aniqlaydi va OTO‘B uchun talab etiladigan ko‘pgina standartlarni bir vaqtda ishlab chiqish imkonini ta’minlash uchun asos xisoblanadi. Biroq OTO‘B standarti faqatgina etalon modelni aniqlabgina qolmay, balki etalon modelni qondiruvchi aniq xizmatlar to‘plamini, shuningdek xizmatlarni ta’minlovchi protokollar to‘plamini aniqlashi zarur. Bunda protokol deb, bir-biri bilan ishlovchi satxlarni o‘zaro ta’sirlash qoidalarini va jarayonlarini aniqlaydigan xujjat tushuniladi.
1983 yilda etalon model sifatida etti satxli model tasdiqlangan (5.2-rasm). Bunda ochiq tizimlarga taalluqli barcha jarayonlar o‘zaro bog‘langan satxlarga bo‘linadi. Etti satxli modelda (1-3) quyi satx protokollari axborot uzatishga, yuqori satx (5-7) protokollari axborotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Transport satx protokollari ba’zida aloxida ajratiladi, u axborot uzatish bilan bevosita bog‘liq emas. Biroq bu satx o‘zining funksiyalari bo‘yicha quyi satlarga yaqin bo‘lgani uchun quyi satxga tegishlidir. Barcha ettita satxning vazifasi qo‘shimcha jarayonlarni ishonchli o‘zaro ta’sirini ta’minlashdir. Bunda qo‘shimcha jarayonlar sifatida foydalanuvchi extiyoji uchun axborotlarni berish, kiritish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari tushuniladi. Xar bir satx o‘zining vazifasini bajaradi. Biroq satxlarning xavfsizligi uchun ular bir-birining ishini tekshiradi.
Qo‘shimcha satx – tarmoqda uzatiladigan axborot manbalari va foydalanuvchi xisoblanuvchi qo‘shimcha jarayonlar va tarmoq terminallarini boshqaradi. Bu satxning vazifasi foydalanuvchining dasturini ishga tushirish, ularni bajarishni, ma’lumotlarni kiritish-chiqarishni, terminallarni boshqarish, tarmoqni adminstrativ boshqarishdir. Bu satxda foydalanuvchilarga turli xizmatlarni taqdim etish ta’minlanadi. Bu satxda ma’lumotlar uzatish infrostrukturasini sozlash xisoblunuvchi texnologiyalar ishlaydi: elektron pochta, tele va videokonferensiya, resurslarga ulanish, internetda ishlash va b.q.
5.3-rasm. OTO‘B etalon modelining tuzilishi
Taqdim etish satxi – tarmoqda uzatiladigan ma’lumotlarni qo‘shimcha jarayonlar uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishga o‘zgartirish va izoxlash. Ma’lumotlarni moslashtirilgan formatda va tuzilishda taqdim etish, turli tillardan izoxlash dasturi, translyasiyalash, ma’lumotlarni shifrlashni ta’minlaydi.
Seansli satx – qo‘shimcha jarayonlar orasidagi aloqa seanslarini o‘tkazish va tashkil qilish (tarmoq abonentlari orasidagi seanslarni ushlab turish, ma’lumotlar uzatish rejimini va navbatini boshqarish: simpleks. yarimdumpleks, dumpleks). Bu satxning ko‘pgina funksiyalari, ulanishni o‘rnatish va amaliyotda ma’lumotlar almashish tartibini ushlab turish transport satxda amalga oshiriladi, shuning uchun seansli satx protokollarini qo‘llash chegaralanishga ega.
Transport satx – ma’lumotlarni segmentlashtirishni boshqarish (segment – transport satxni ma’lumotlar bloki) va manbadan foydalanuvchiga (abonentlar orasidagi logik kanalni o‘rnatish va axborotni boshqarishni almashtirish, ma’lumotlar uzatish sifatini ta’minlash) ma’lumotlarni ikki tomonlama uzatish. Bu satxda tarmoq satxga taqdim etiladigan xizmatlar qo‘llanilishi optimallashtiriladi, ya’ni kam xarajatlarda maksimal o‘tkazish qobiliyati ta’minlanadi. Transport satx protokollari juda keng rivojlangan va amaliyotda jadal qo‘llaniladi. Bu satxda uzatilayotgan axborotni ishonchliligini nazoratiga katta axamiyat berilgan.
Tarmoq satxi – tarmoqda ma’lumotlar uzatishni logik kanalini boshqarish (ma’lumolarni marshtutizatsiyalash va adreslash, kommutatsiyalash: kanallar, xabarlar, paketlar va multipleksorlash). Bu satxda tarmoqni bosh telekommunikatsiya funksiyasi – foydalanuvchilarni aloqasini ta’minlash amalga oshiriladi. Tarmoqning xar bir foydalanuvchisi albatta bu satxning protokollarini qo‘llaydi va tarmoq satxi protokollari qo‘llaniladigan o‘zining yagona tarmoq adresiga ega. Bu satxda ma’lumotlarni strukturalash bajariladi – ma’lumotlarni paketlarga joylashtirish va paketlarga tarmoq adreslarini berish (paket – tarmoq satxini ma’lumotlar bloki).
Kanal satxi – tarmoq satxi ob’ektlari orasida ma’lumotlar uzatishni fizik kanalini boshqarish va shakllantirish, fizik ulanishlarni shaffofligini ta’minlash, uzatishdagi xatoliklarni to‘g‘rilash va nazorat qilish. Bu satxning protokollari ko‘p sonli va o‘zining funksional imkoniyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Bu satxda ko‘p kanalga ulanish protokollari mavjud. Boshqarish kadrlar satxida bajariladi (kadr – kanal satxidagi ma’lumotlar bloki).
Fizik satx – tarmoqni fizik kanal bilan ulanishini uzish va ushlab turish, o‘rnatish. Boshqarish raqamli bitlar satxida (impulslar, uning amplitudasi, formasi) va analog (uzluksiz signalni fazasi, amplitudasi va chastotasi) satxda bajariladi. Satxlar orasida uzatiladigan axborot bloklari standart formatga ega: sarlavxa, xizmat axboroti, ma’lumotlar, oxir. Xar bir satx axborot blokini quyida turuvchi satxga uzatishda, uni o‘zining sarlavxasi bilan ta’minlaydi. YUqori turuvchi satxni sarlavxasi quyi turuvchi uzatiluvchi ma’lumotlar singari qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |