B= Ф /S, 1Tl=1Vb/1m2 yoki 1Tl= 1Vb*m-2
Doimiy magnitlarni moddalardan yasash mumkin, biroq magnit maydonga qo`yilgan moddalarning hammasi magnitlanadi, ya`ni o`zi magnit maydon hosil qiladigan bo`lib qoladi.
SHu tufayli bir jinsli muhitdagi magnit induksiyasining vektori vakuumda fazoning o`sha nuqtasidagi fektoridan farq qiladi. Muhitning magnit xossalarini ifodalovchi orqali ifodalanadi.
Bu erda - muhitning magnit singdiruvchanligini ifodalaydi.
Amper gipotezasi. Moddalarning magnit xossalariga ega ekanligini fransuz olimi Amper aniqladi. Ersted tajribalaridan xulosa chiqarib, Amper Er magnitizmini Er shari ichidan o`tuvchi toklar yuzaga keltiradi deb taxmin qildi.
SHu bilan jism ichida sirkulyasiya qiluvchi toklar borligi tufayli jism magnit xossalariga ega bo`ladi, degan fikrga kelindi. So`ngra Amper har qanday jismning magnit xossalari uning ichida berk elektr toklari bilan degan umumiy xulosaga keldi. Jismlarning magnit xossalari toklar tufayli paydo bo`ladi, magnetik o`zaro ta`sirlar – toklarning o`zaro ta`siridir, degan qat`iy xulosaga keldi.
Amper gipotezasiga muvofiq, molekula va atomlar ichida elementar elektr toklari sirkulyasiya qiladi (bu toklar elektronlarning atomlarda harakat qilishi natijasida hosil bo`lishini biz hozir yaxshi bilamiz). Agar toklar aylanib yuradigan tekisliklar molekulalarini tartibsiz harakati to`fayli tartibsiz joylashgan bo`lsa , bu toklarning ta`siri bir-birini muvozanatlaydi. Jism magnitlanmaydi. Jism magnitlangan holda bu toklar ta`sirlari bir-biriga qo`shiladi . Moddalarning magnitlanishiga qarab uch turga bo`ladilar. Birinchi guruh paramagnit moddalar, ikkinchi guruh diomagnit moddalar, uchunchi turi ferromagnit moddalar deyiladi.
Paramagnit moddalarning nisbiy magnit singdiruvchanligi birdan biroz katta ( 1 bo`ladi.
Havo 1,00000036
Kaliy 1,000004
Alyuminiy 1,000023
Diamagnit moddalarning nisbiy magnit singdiruvchanligi birdan biroz kichik ( 1 bo`ladi.
Vismut 0,999825
Kumush 0,999981
Mis 0,999991
Kuchli magnitlanuvchi moddalar ferromagnitlar deyiladi. Ferromagnit-larda nisbiy magnit singdiruvchanligi birdan juda katta farq qiladi ( >>1).
Kobalt 174
Nikel 1120
YUmshoq po`lat 2180
Transformatorda ishlatiladigan po`lat 7500
Permaloy (qotishma) 115000
Garchi ferromagnit moddalar tabiatda ko`p bo`lmasada ularning amaliy ahamiyati katta. G`altak ichiga po`lat o`zak kiritish orqali g`altak hosil qilgan magnit maydonni ko`p marta oshorish mumkin.
Transformator, generator, elektrodvigatel o`zaklari ferromagnit moddalardan tayyorlanadi. Tashqi magnit maydoni ta`sir etmay qo`yganda ferromagnit magnitlanganicha qoladi, ya`ni atrofdagi fazoda magnit maydoni hosil qiladi.
Tashqi maydon ta`sir etmay qo`yganda elementar toklarning tartibli joylashish holati yo`qolmaydi. Doimiy magnitlar ana shu tufayli mavjud bo`ladi. Doimiy magnitlar elektr o`lchov asboblarida, dinamik, telefonlarda, tovushni yozib oluvchi magnitofonlarda keng vo`llaniladi.
Har bir ferromagnitik uchun tayinli bo`lgan temperaturadan yuqori temperaturada ferromagnit xossalari yo`qolib ketadi. Bu temperatura ushbu hodisani kashf etgan fransuz olimi Kyuri sharafiga Kyuri temperaturasi deb ataladi. Agar magnitlangan mix qattiq qizdirilsa, u magnit xossasini yo`qotadi, ya`ni temir buyumlarni tortmaydigan bo`lib qoladi. Temirning Kyuri temperaturasi 735 oS, nikelniki 365 oS, kobaltniki 1000 oS. Kyuri temperaturasi 100 oS dan past bo`lgan ferromagnit qotishmalar ham bor.
Axborotni magnit lentalar va magnit plenkalarga yozib olish.
Ferromagnit moddalar asosida magnit lentalar va yupqa magnit plyonkalar yasaladi va magnitofon, vidiomagnitofonlarda tovush yoki tasvir yozib olinib, qayta eshittirish va tasvirni qayta ko`rishda keng foydalaniladi.
Magnit lenta polixlorvinil yoki boshqa moddalardan tayyorlangan yumshoq asosdan iborat. Unga magnit lakidan ish qatlami surkaladi, bu qatlam temir yoki boshqa ferromagnit moddadan juda mayda ninalar tarzida ishlangan zarralardan va bog`lovchi moddalardan iborat.
Tovush lentaga elektromagnit yordamida yozib olinadi. Elektromagnit maydoni tovush tebranishlariga mos ravishda o`zgarib turadi.
Lenta magnit golovkasi yaqinidan o`tib turganda plyonkaning har xil joylarini magnitlaydi. Tovushni qayta eshittirishda teskari jarayon yuz beradi; magnitlangan lenta magnit golovkasida elektr signallari hosil qiladi. Kuchaytirilgandan keyin ular magnitofonning dinamikiga uzatiladi. YUpqa magnit plyonkalari ferromagnit modda qatlamidan iborat bo`lib, qatlamning qalinligi 0,03 dan 10 mkm gacha bo`ladi. Ferromagnit plyonkalar elektron hisoblash mashina (EHM) ning eslab qoluvchi qurilmalarida axborotni yozib olish, saqlash va qayta foydalanishda ishlatiladi. Plyonkalar yupqa alyuminiy disk yoki barabanlarga yuritiladi. Magnit maydonga qo`yilgan hamma moddalar o`zlari xususiy maydon hosil qiladi. Ferromagnitlar eng kuchli maydonlar hosil qiladi. Doimiy magnitlar ferromagnit moddalardan yasaladi, chunki magnitlovchi maydon ta`sir etmay qo`ygandan keyin ham ferromagnitlar magnit maydoni yo`qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |