2.Qo`shma gapni tahlil qilish: 1. Oy tikkadan oqqan, boyagi sho’x-shotir shabada qo’shni bog’larga devor oshgan.(G’.G’.) Bog`lovchisiz bog`langan qo`shma gap.
2. Bu fikr hammaga ma’qul tushsa ham, Aloiddinga yoqinqiramadi, chunki bu uning yolg’iz o’ziga xos ish bo’lib, boshqalarni sherik qilishga tobi yo’q edi.(O.) Ergashtiruvchi bog`lovchili qo`shma gap.
Bunday vaqtlarda yo’g’on cho’ziladi, ingichka uziladi.(A.Q.) Bog`lovchisiz bog`langan qo`shma gap.
3. Mening senga ishonchim shu qadar zo’rki, agar sen yonimda bo’lsang, kelajakka hayiqmay nazar sola olaman.(R.Thokur) Aralash murakkab qo`shma gap.
4. Siz aytganday arqon uzun tashlansa, ular qo’rg’onlarini shunday mustahkamlab oladilarki, keyin o’nta atom bomba tashlab ham tinchita olmaysiz.(T.Malik) Aralash murakkab qo`shma gap.
5. Shamni o’chirganda, atrof oqarib, havoda tong shabadasi g’irillar edi.(O.)
Bir necha bosh gapli qo`shma gap.
III.Test tuzish
Ega ergash gapli qo`shma gapga doir 10 ta test tuzish.
1.Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi gap qo`shma gapning qaysi turiga kiradi?
a)hol ergash gapli qo`shma gap
b)to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap
d)ega ergash gapli qo`shma gap
2.Ega ergash gapli qo`shma gapda ergash gap bosh gapga nimalar yoradmida bog`lanadi?
a)nisbiy so`zlar (kim – o`sha, nima – o`sha yer
b) )-ki yuklamasi
d)sabab, shart, maqsad bog`lovchilari
3.Ega ergash gapli qo`shma gapda gap qismlari nisbiy so`zlar yordamida bog`langanda ergash gap kesimi qaysi mayldagi fe`l bilan ifodalanadi?
a)buyruq-istak mayli
b) maqsad mayli
c)shart mayli
4.Qaysi gapda ega ergash gapli qo`shma gap berilgan?
a)Keragi shuki, bu miqqiyni ham boqish kerak.
b)Kim ilm urug`ini sepsa, u ulug`lik mevasini teradi.
d)Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring.
5. Qaysi gapda ega ergash gapli qo`shma gap berilgan?
a)Hali kamchiliklarimiz ko`p, bundan ko`z yumib bo`lmaydi.
b)Qizig`i shundaki, shu ko`rinishiga ovozi muloyim edi.
d)Kimki rostgo`y bo`lsa, u el o`rtasida obro` topadi.
6. Qaysi gapda ega ergash gapli qo`shma gap berilgan?
a)Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o`z faoliyatini to`xtatmaydi.
b)Shunday odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qila oladilar.
d)Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz bo`ladi.
7.Ergash gapli qo`shma gapda bosh gapning ega vazifasidagi ko`rsatish olmoshi qo`llanmasligi mumkinmi?
a)ha, ba`zida
b)doim qo`llanishi shart
c) umuman ishlatilmaydi
8. Ega ergash gapli qo`shma gapda gap qismlari -ki yuklamasi yordamida bog`langanda ega ergash gap bosh gapdan...
a)...oldin keladi.
b)...keyin keladi.
9.Kim devorning narigi tomonida bo`lsa, u omon qoldi.
Qo`shma gap turini toping.
a)ega ergash gapli qo`shma gap
b)aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap
d)kesim ergash gapli qo`shma gap
10.Shunisi hayajonliki, men uning ko`zlarida zarracha yosh ko`rmadim.
Qo`shma gap turini toping.
a)hol ergash gapli qo`shma gap
b) aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap
d) ega ergash gapli qo`shma gap
Do'stlaringiz bilan baham: |