1. Sath o’lchagichlarning birlamchi qurilmalari montaji
Qalqovichli satho’lchagichlarda qalqovichlar, arqonlar va tortqilarning o’rnatilishiga alohida e’tibolr beriladi. Tortqilarni shunday o’rnatish keraki, bunda qalqovich va arqon yoki tortqi ishqalanmasdan harakatlanadigan bo’lsin. Qalqovichning harakat yo’li o’lchanadigan eng baland sathdan biroz ortiq bo’lishi lozim.
147-rasm. Qalqovichli satho’lchagich o’rnatish:
1-satho’lchagich, 2-posangi, 3-tinchlantirish kamerasi, 4-qalqovich, 5-kronshteyn, 6-blok.
Satho’lchagich 1 (147-rasm) devorga rasmda ko’rsatgandek o’rnatilgan yoki metall konsturksiyaga payvandlangan kronshteyn 5 ga mahkamlanadi. Qalqovich 4 diametri 400 mm li trubadan yasalgan tinchlantirish kamerasi 3 ga joylanadi. Arqonning ishqalanmasligi uchun blok 6 qalqovich ustida juda aniq tik va vertikal o’rnatiladi. Qalqovich 4, blok 6 li arqon va staho’lchagich 1 ning o’lchash qismidan tashkil topgan harakatchan tizimi muvozanatlash uchun qalqovich bilan blok o’rtasida posangi 2 o’rnatiladi.
148-rasm. Ochiq sig’imlarda sathni o’lchash uchun pezometrik satho’lchagichlarni o’rnatish: 1-sig’im, 2-pesometrik naycha, 3-impuls yo’li, 4-ta’minlash yo’li, 5-manometr, 6-reduktor, 7-filtr, 8-difmanometr, r-ta’minlovchi gaz yoki havoning bosimi.
Pezometrik satho’lchagichlar. Pezometrik o’lchash trubkasi 2 (148-rasm, a) vertikal yoki idish – sig’im 1 tomonga qiyalantirib yon tomonga o’rnatiladi. Bunda trubkaning pastki ochiq uchi o’lchanadigan eng past sathdan pastroqqa tushirilishi lozim. Pezometrik trubkaning ichki diametri kamida 14 mm bo’lishi kerak. Diametri 6 mm li naychadan yasalgan ta’minlash yo’li 4 ga keladigan havo (yoki gaz) oldindan tozalanishi lozim. Bu maqsad uchun filtr 7, uzatiladigan havo (yoki gaz) miqdorini rostlash uchun esa reduktor 6 o’rnatiladi. Diametri 6 mm li naychadan tayyorlangan impuls yo’li 3 bevosita pezometrik trubka oldida ulanadi. Tizimdan havoning tashqariga sizib chiqmasligi va asbobning xatosiz ko’rsatishi uchun asbobni o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar puxta bajarilishi lozim.
Sath elektron indikatorlari. O’zgartirgich rezervuarning yuqori qopqog’iga payvandlangan rezbali shtuserga (149-rasm, b) mahkamlanadi va oltita boshlt tortib qotiriladi.
149-rasm. Sath elektron indikatorini (a) va o’zgartirgichi flansga o’rnatish (b): 1-o’zgartirgich, 2-o’lchash qurilmasi, 3-koaksial ulash kabeli, 4-milliampermetr.
Sath elektron indikatorlarining ko’rsatish aniqligini oshirish va barqarorlashtirish uchun ularning o’zgartirgichlarini o’rnatishda elektr o’tkazmayligan materialdan tayyorlangan rezervuarlarda yoki rezervuarning elektr o’tkazadigan devorlaridan 1 mm dan ko’proq masofada sterjensimon o’zgartirgichning o’qidan ko’pi bilan 200 mm oraliqda unga parallel qilib metall elektrodlar (sterjenlar, trubalar, polosalar, po’lat arqonlar va h.k.) o’rnatish tavsiya etiladi. Elektrodlar va o’zgartirgichning korpusi erga ulanadi.
O’zgartirgich uning detallarini ishdan chiqaruvchi muhitda, shuningdek, qovushqoq, parda hosil qiluvchi va o’zgartirgichning elektrodida qattiq cho’kindi hosil qiluvchi kristallanuvchi muhitlarda ishlashga mo’ljallanmagan. Sath elektron indikatorining o’lchash qurilmasini o’rnatish va uni o’zgartirgichga ulash qoidalari 56-paragrafda bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |