5-sinf Adabiyot Sana



Download 356,97 Kb.
bet87/171
Sana30.12.2021
Hajmi356,97 Kb.
#93079
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171
Bog'liq
5-sinf-adabiyot

O’TIBDO’ M.Murodova


5 “V”-sinf Adabiyot Sana: 7.12.17

MAVZU: “ZULMAR ICHRA NUR” QISSASI TIMSOLLARI TAHLILI

Tarbiyaviy maqsad: ¬ o'quvchilarni vatanga, insonlarga muhabbat ruhida tarbiyalash;

Ta'limiy maqsad: Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” asari bilan tanishtirish, mazmunini tahlillash;

Rivojlantirish maqsad : Timsollar xarakterini sharhlash malakasini shakllantirish va rivojlantirish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodi: suhbat

Darsning jihozi: darslik, texnika vositasi , tarqatma materiallar, testlar

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish



2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

Guvohi bo’lganingizdek, yosh Alisher voyaga yetgan muhit chinakam ziyolilar olim-u ijodkorlar muhitidir. Uning ikki tog’asi ham yaxshigina g’azal yozadigan shoirlar. Biri «Kobuliy», boshqasi «G’aribiy» taxallusi bilan ijod qilishadi. Alisherlar uyida Hirotning yetuk ziyolilari tez-tez yig’ilishib, qizg’in bahs-mvmozaralar o’tkazib turishlari odat tusiga kirgan. Bu yig’inlar, albattaki, she’riyat bazmiga g’azalxonliklarga ulanib ketardi. Bunday paytlar «chordana qurib o’tirgan dadasining tizzasiga tirsagini qo’yib» kattalar suhbatiga quloq solgan bola Alisher, hamma gaplarga tushunmasa-da, o’qiladigan «g’azallarning ohangi, musiqiysidan zavqlanardi». Shu tariqa bo’lg’usi shoirning so’z boyligi kengayar, she’rlardagi o’xshatishlar, badiiy uslublar uning xotirasiga xuddi naqshdek muhrlanib qolardi.

Endi asardagi muhim o’rinlarning ayrimlariga e’tibor qarataylik. Bilib olganingizdek, Xuroson taxtining bo’lg’usi egasi Husayn Boyqaro Alisherdan ikki yosh katta. Agar Alisher kitob o’qishga, she’rlar yodlashga ko’proq qiziqsa, Husayn o’yinchoq qo’chqor urishtirishga, «shahar tashqarisidagi Gozurgohga chiqib» kamondan o’q otishga ko’proq qiziqadi. Yozuvchi Mirkarim Osim bu ikki o’rtoqning kelgusi taqdiriga ishora sifatida solishtirishni bizga havola etadi. Alisherning ruhiyati, tabiati tengdoshlarinikidan yaqqol ajralib turadi. Bunga Alisherning Taft qishlog’idagi xonaqohda notanish nuroniy bilan qilgan suhbati ham aniq dalil bo’la oladi.Shu o’rinda yozuvchi bu nuroniy kishining qarashiga «maroq bilan» degan sifat berishi bejiz emas. Keyinchalik ma’lum bo’ladiki, bor-yo’g’i olti yasharlik notanish bola Alisher bilan dildan samimiy suhbat qurgan bu qariya «Sharaflddin Ali Yazdiy degan ulug’ tarixchi» ekan. U «Shohruxning yonida yurib, ko’rgan voqealarni bitgan, Temur tarixi «Zafarnoma»ni bitgan».

Hayoti davomida juda ko’p yaxshi-yomon odamlarni ko’rgan, sinovdan o’tkazgan ul tabarruk zot ham yosh Alisherning zehniga, tiyrakligiga «ofarin» aytib, unga oq fotiha beradi.



4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)

1.Yosh Alisher va uning o’rtogi orasida qanday farqlarni sezdingiz?

2.Asarning qaysi o’rinlarida Alisherning onasini unga bo’lgan mehri ifoda etilgan?

3.Sharofiddin Ali Yazdiy bilanqayerda uchrashadi/

4.Alisherning oilasi qayerga ko’chib ketayotgan edi?

5.Alisher buyuk tarixchi bilan nimalarni suhbatlashdi?

6.Ali Yazdiyni bola Alisher qanday lol qoldirdi?


Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish