5-sinf Adabiyot Sana



Download 356,97 Kb.
bet85/171
Sana30.12.2021
Hajmi356,97 Kb.
#93079
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   171
Bog'liq
5-sinf-adabiyot

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish



2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)

  Xalqimiz «Bo’lar bola boshidan» deganidek, Alisherning nihoyatda o’tkir zehnli bo’lgani, o’qish va yozishni juda erta o’rganib olgani, eng muhimi - bolaligidan she’riyatga, adabiyotga g’oyat qiziqqani haqida tarixiy asarlar guvohlik beradi. «Zulmat ichra nur» qissasida biz Alisherni to’rt yoshligidanoq yaqindan tanib boramiz.

U ayrim tengdoshlariga o’xshab, vaqtini faqat ko’cha changitib o’ynashga sarflamaydi. Mahalladosh do’stlari bilan me’yorida o’ynab kirgach, otasi о’qiydigan kitoblarning suratlarini tomosha qilishga, bu suratlarda aks ettirilgan voqealar, odamlar tabiatini tushunib olishga harakat qiladi. Garchi Alisher ko’rib o’tirgan katta kitob «ikki qo’y bahosiga sotib olingan» bo’lsa-da, otasi  G’iyosiddin Kichkina o’g’lining bu fe’lidan xursand. U bolasining kitob suratlari to’g’risidagi gaplariga ham, kitobni yirtmay, avaylab ko’rishi haqidagi bolalarcha samimiy va’dalariga ham e’tiborsiz emas.

  Guvohi bo’lganingizdek, yosh Alisher voyaga yetgan muhit chinakam ziyolilar  olim-u ijodkorlar muhitidir. Uning ikki tog’asi ham yaxshigina g’azal yozadigan shoirlar. Biri «Kobuliy», boshqasi «G’aribiy» taxallusi bilan ijod qilishadi. Alisherlar uyida Hirotning yetuk ziyolilari tez-tez yig’ilishib, qizg’in bahs-mvmozaralar o’tkazib turishlari odat tusiga kirgan. Bu yig’inlar, albattaki, she’riyat bazmiga g’azalxonliklarga ulanib ketardi. Bunday paytlar «chordana qurib o’tirgan dadasining tizzasiga tirsagini qo’yib» kattalar suhbatiga quloq solgan bola Alisher, hamma gaplarga tushunmasa-da, o’qiladigan «g’azallarning ohangi, musiqiysidan zavqlanardi». Shu tariqa bo’lg’usi shoirning so’z boyligi kengayar, she’rlardagi o’xshatishlar, badiiy uslublar uning xotirasiga xuddi naqshdek muhrlanib qolardi.

Endi asardagi muhim o’rinlarning ayrimlariga e’tibor qarataylik. Bilib olganingizdek, Xuroson taxtining bo’lg’usi egasi Husayn Boyqaro Alisher dan ikki yosh katta. Agar Alisher kitob o’qishga, she’rlar yodlashga ko’proq qiziqsa, Husayn o’yinchoq qo’chqor urishtirishga, «shahar tashqarisidagi Gozurgohga chiqib» kamondan o’q otishga ko’proq qiziqadi.  Yozuvchi  Mirkarim  Osim bu  ikki

o’rtoqning kelgusi taqdiriga ishora sifatida solishtirishni bizga havola etadi.

  Alisherning ruhiyati, tabiati tengdoshlarinikidan yaqqol ajralib turadi. Bunga Alisherning Taft qishlog’idagi xonaqohda notanish nuroniy bilan qilgan suhbati ham aniq dalil bo’la oladi.

Shu o’rinda yozuvchi bu nuroniy kishining qarashiga «maroq bilan» degan sifat berishi bejiz emas. Keyinchalik ma’lum bo’ladiki, bor-yo’g’i olti yasharlik notanish bola  Alisher bilan dildan samimiy suhbat qurgan bu qariya «Sharaflddin Ali Yazdiy degan ulug’ tarixchi» ekan. U «Shohruxning yonida yurib, ko’rgan voqealarni bitgan, Temur tarixi «Zafarnoma»ni bitgan».

Olti yoshlik Alisherning bergan javoblari ulug’ tarixchi Sharaflddin Ali Yazdiyni ham lol qoldiradi. Yana bir narsaga diqqat qiling-ki, Alisher bu suhbatda safardan oldin otasi va tog’asidan eshitgan gaplarni shundoqligicha qaytarmaydi. U oilasini o’z yurtidan bosh olib ketishga majbur qilayotgan mudhish voqea-hodisalarning sabab va oqibatlarini ancha chuqur mshunib, suhbatdoshiga ham tushuntirishga harakat qiladi. Hayoti davomida juda ko’p yaxshi-yomon odamlarni ko’rgan, sinovdan o’tkazgan ul tabarruk zot ham yosh Alisherning zehniga, tiyrakligiga «ofarin» aytib, unga oq fotiha beradi.

Agar «Zulmat ichra nur» qissasini topib to’liq o’qisangiz, Alisher Navoiy bobomizning naqadar chuqur aql, tajriba egasi bo’lganini, u kishi oddiy dehqon bilan ham, zamona podshohlari bilan ham bemalol til topishib, murakkab muammolarni oqilona hal etganini bilib olasiz.

  Shu tufayli ham yurtboshimiz o’zining «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» asarida ulug’ bobomizni ta’riflar ekan, u kishiga shunday yuksak baho beradi:

«Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sho’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa».

O’zbek xalqining o’z Navoiysini yaqindan bilishi, sevib ardoqlashi, bu ulug’ farzandiga sadoqat va e’tiqod bilan qarashida fidoyi adib Mirkarim Osimning asarlari, ayniqsa, «Zulmat ichra nur» tarixiy qissasi muhim o’rin tutishi shubhasizdir.


Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish