4.Mustahkamlash. (10 daqiqa) Guruhlarda ishlash. O`quvchilar guruhlarga bo`linib, nomlanadi va har bir guruhga quyidagi topshiriqlar beriladi:
1. Ko`pchilikka mustaqil yo`li bor bulbul emas, o`rgatilganni qaytaradigan sun`iy qush yoqqanligi sababini izohlang.
2. Asl bulbulning mamlakatdan quvilishiga munosabat bildiring. O`zimizga yoqmaydigan talantli kishilarni haydagan to`g`rimi yoki unga sharoit yaratib bergan ma`qulmi?
3. “Shahanshohning ko`zlaridan yosh oqqanini ko`rdim– bundan ortiq mukofot bo`lmaydi. Shahanshohning ko`z yoshida katta qudrat bor. Xudo shohid – menga bundan ortiq mukofot kerakmas!” Ko`z yosh nimaning belgisi?
4. Bulbulning hukmdorga: “...seni boshingdagi tojing uchun emas, qalbing uchun sevaman”, degan gapini odamlar o`rtasidagi munosabatlarga ko`chirib tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |