Darsning borishi
1.Tashkiliy qism:(5 daqiqa) a)salomlashish b) davomatni nazorat qilish c) ma’naviy daqiqa
2. O’tgan mavzuni takrorlash.(10 daqiqa)
J.Sviftning ”Gulliverning sayohatlari”asarining mazmuni o’quvchilarga gapirtiriladi.
3. Yangi mavzu.(15 daqiqa)
«Gulliverning sayohatlari» romani to'rt qismdan tashkil topgan. Birinchi qismda Gulliverning liliputlar - mitti odamlar mamlakatidagi sarguzashtlari hikoya qilinadi. Mitti odamlar hayot tarzi, davlat tartiblari Angliyanikiga o'xshash. Liliputiyada ham Angliyadagi kabi partiyalar bor. Ular ham Angliyadagidek o'z manfaatlarini o'ylab janjallashadilar, bahslashadilar. Bu partiyalar baland poshnalilar vapast poshnalilar deb ataladi. Mazkur partiyalar vakillari qanchalik mitti bo'lsalar ularning maqsad va o'ylari ham o'zlari kabi arzimas va jo'n. Ular siyosatlari orasida farq poshnalarining baland yoki past bo'lganligidadir. Liliputiya davlatining qo'shni Blefusku davlati bilan nizolari sababi ham arzimas va kulgili - ular tuxumni qaysi tomonidan chaqishda kelisha olmaydilar. Birlari tuxumni uch qismidan sindirish kerak desalar, birlari poynak qismidan sindirish kerakligini uqtiradilar. Svift ularning bu kelishmovchiliklari arzimas va bachkana ekanligi ustidan kular ekan, ayni paytda Angliyadagi diniy, siyosiy parokandalik sabablari hech qanday ahamiyatga molik bo'lmagan ixtiloflar ekanligini uqtirgandek bo'ladi.
Romanning ikkinchi qismida Gulliverning ulkan odamlar yurti -Brobdingnegga sayohati hikoya qilinadi. Bu mamlakatda Gulliver teskari holatga tushadi - Liliputiyadagi odamlardan nafratlangan bo'lsa, ushbu mamlakat odamlarining tanti, olijanob, ma'rifatparvarligiga qoyil qoladi.
Asarning uchinchi qismi Gulliverning olimlar mamlakati - Leputadagi sayohatlariga bag'ishlangan. Bu yerdagi Buyuk akademiya bilan tanishib, umri behuda sarflanayotgan olimlar ishini ko'radi. Ularning real hayotdan ajrab qolib, foydasiz ixtirolar bilan bandliklari muallif kulgisini qo'zg'aydi. Ayniqsa, bir olimning bodringdan quyosh energiyasini ajratib olib, undan yoz sovuq kelganda foydalanishga ahd qilganini, yana bir «alloma»ning uyni poydevoridan emas, tomidan boshlab qurish kashfiyoti haqidagi loyihasi - buning isboti sifatida hasharotlar - asalari va o'rgimchak faoliyati misol qilib keltirilganini ko'rib kishi o'zini kulgidan tiya olmaydi. Yozuvchi haqiqiy olimlar ustidan emas, soxta fan kishilari ustidan kuladi.
Romanning to'rtinchi qismi Gulliverning guigngnmlar mamlakatiga qilgan sayohati haqida. Muallif Gulliverning bu sayohatini o'tkir zaharxanda, nafratli kulgi bilan tasvirlaydi. Bu mamlakatda inson qiyo-fasidagi ikki oyoqli maxluqlar yexular va aqlli, dono, halol mehnat bilan kun ko'ruvchi otlar yashaydilar. Yexular jirkanch, hazar qiladigan daraja-da tuban kimsalar. Ular Sviftning Angliyadagi vatandoshlarini eslatadilar. Ular o'z manfaatlari uchun bir-birlarini halok qilishga tayyor.
4.Mustahkamlash.(10 daqiqa)
1.Romanning birinchi qismi haqida gapiring.
2.Romanning ikkinchi qismi haqida gapiring
3.Romanning uchinchi qismi haqida gapiring
4.Romanning to’rtinchi qismi nima haqida?
Do'stlaringiz bilan baham: |