5-sinf Adabiyot Sana


) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik. 2) 5-sinf



Download 356,97 Kb.
bet27/171
Sana30.12.2021
Hajmi356,97 Kb.
#93079
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   171
Bog'liq
5-sinf-adabiyot

1) «Adabiyot» 5-sinf uchun darslik.

2) 5-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biridir. Ertakning paydo bo‘lishida qadimiy urf-odat, marosimlar, tabiat hodisalari, jonivorlar muhim o‘rin tutgan.

Ertak atamasi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida uchraydi va biror voqeani og‘zaki hikoya qilish ma’nosini bildiradi.

Hayot haqiqat bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan. didaktik g‘oya tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak deyiladi. Ertakning ba’zi bir viloyatlarda boshqacha atamasi ham uchraydi. Masalan, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘onada — matal, Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda - ushuk, Xorazmda - varsaki, Toshkent shahri va uning atrofida cho‘pchak atamasi ham ishlatiladi.

Ertaklarda xayoliy uydirmalar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular o‘ziga xos qurilishi bilan ham ajralib turadi. Ertak kirish qismi, voqealar rivoji, tugallanmadan tashkil topadi. Ba’zi ertaklar «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podshoh (yoki cho‘pon) bo‘lgan ekan», «Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga hayot» kabi qisqagina boshlamalar bilan boshlansa, ba’zi boshlamalar ancha uzun bo‘ladi. Masalan, mana bu boshlamaga e’tibor bering: «Ertagiyo ertagi, echkilarning bo‘rtagi, qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, ko‘k muzga mingan ekan, muruti singan ekan, g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, ola qarg‘a azonchi, qora qarg‘a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to‘rg‘ay to‘qimchi ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, yetti kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida dumi kalta bo‘ri bor. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan...»

Ertaklar «Qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y berib, oshlarini oshab, yoshlarini yashab, murod-maqsadlariga yetdilar», «Shu bilan Ayoz podsho bo‘lib, o‘zining donoligidan xalqni odillik bilan so‘rab, mamlakatda adolat o‘rnatgan ekan» kabi tugallanmalar bilan yakunlanadi.

Siz o‘tgan darslardan ertaklarning bir necha turlarga bo‘linishini bilib olgan edingiz. «Uch og‘a-ini botirlar» turiga ko‘ra maishiy ertaklarga kiradi. Ertakning voqealari juda qiziqarli bo‘lib, tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. Qadim zamonda o‘rtahol bir kishi bo‘ladi. Uning uch o‘g‘li bo‘ladi. O‘g‘illarini safarga kuzatib qo‘yishdan oldin ularga shunday pand-nasihatlar qiladiki, biz bu pand-nasihatlardan ushbu kishining qanday odamligini osongina bilib olamiz. «O‘zimdan keyin baxtsiz bo‘lib qolmanglar deb, sizlarni o‘qitdim», — deydi u. Haqiqatan ham o‘qigan odam dunyoni taniydi, oq-qoraning farqiga boradi. Ilmli va hunarli odam hech qachon xor bo‘lmaydi.

Yangi mavzu «Aqliy hujum» bilan boshlanadi.

O`quvchilarning javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.

«...Sizlarni ... uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog'lom vujudli qilib o'stirdim - quwatli bo'ldingiz. Ikkinchi­dan, yarog' bilan tanishtirdim — yarog' ishlatishga usta bo'l­dingiz. Uchinchidan, qo'rqitmay o'stirdim — qo'rqoq bo'lmay botir bo'ldingiz, yana uchta narsani aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan chiqarmanglar. To'g'ri bo'ling — bexavotir bo'lasiz. Maqtanchoq bo'lmang - xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang - baxtsiz bo'lmaysiz. Bundan boshqasini o'zingiz biling».

Ertak mazmunidan ma'lumki, uchala botirni ota mustaqil hayotga tayyorlaydi, tarbiyalaydi va yo'naltiradi. O'qituvchi Ota obrazini o'quvchilarga avvalo ota shaxsini, umuman ota fenomenini — hodisasini nimaligini tushuntirayotganda o'zbek xalqida ota deganda piri komil inson tushunilishi, uning oila va jamiyat hayotidagi o'rni haqida to'xtaladi.

Bu o'rinda umumiy gaplaiga berilmay, bevosita ertak matnidan kelib chiqish ayniqsa muhimdir. Jumladan, ertakdagi otaning o'g'illariga aytgan quyidagi ibratli mulohazalarini bugungi kun voqeligi bilan bog'lab kengroq sharhlash o'quvchini juda qiziqtiradi, deb hisoblaymiz:

«...Sizlarni ... uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog'lom vujudli qilib o'stirdim - quwatli bo'ldingiz. Ikkinchi­dan, yarog' bilan tanishtirdim — yarog' ishlatishga usta bo'l­dingiz. Uchinchidan, qo'rqitmay o'stirdim — qo'rqoq bo'lmay botir bo'ldingiz, yana uchta narsani aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan chiqarmanglar. To'g'ri bo'ling — bexavotir bo'lasiz. Maqtanchoq bo'lmang - xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang - baxtsiz bo'lmaysiz. Bundan boshqasini o'zingiz biling».

Hayotda ota o'gitlariga rioya qilish, uning aytganlarini be- kam-u ko'st bajarish sharq xalqlari, xususan, o'zbek xalqida muqaddas sanaladi. Bobokalon shoirimiz So'fi Olloyor ota haqida shunday deganlar:

Osmondin tushsa Iso, qilsa haqingga duo, To padar rozi emas, tavbang qabul bo'lmas sening.

O'qituvchi yuqoridagi mulohazalarni bayon etganda, shub- hasiz, bolalarda o'z otalarining ham rutbasi, ya'ni hayotdagi maqomi yuksak ekanligi haqida jiddiy o'ylab qolishlari aniq. Endi o'quvchilar «Uch og'a-ini botirlar» ertagidagi Ota obrazi haqida gap ketganda, unga shunchaki bir asar personaji deb emas, bal- ki hayotda katta mavqega ega bo'lgan buyuk zot sifatida qaraydilar.

Yuqorida bir qismi eslangan ota o'gitlarida farzand tarbiyasi uchun muhim bo'lgan asosiy qoidalar, ba'zan tom-tom kitoblarda ham yozib, tushuntirib bo'lmaydigan nozik sharqona tarbiya unsurlari sodda, ravon, xalqchil yo'sinda aks etgan. Ko'ramizki, o'quvchi ham qiziqarli ertak o'qiyapti, ham tarbiyalanyapti. Ushbu ertakning jozibasi ham, tarbiyaviy kuchi ham shunda bo'lsa kerak.

Endi «Uch og'a-ini botirlar» haqida gaplashaylik. Ular otalari aytgandek, jasur, sog'lom, quwatli va chaqqon, ma'naviy jihatdan esa aqlli, botir, odobli, fidoyi insonlar. Xudbinlik ular qalbiga begona. Uch og'a-ini ko'proq o'zini emas, o'zgalar manfaatini yuqori qo'yadigan, bir-birlariga mehribon far- zandlardir. Botirlarning tungi poyloqchilik sarguzashtlariga e'tibor beraylik. To'ng'ich botir poyloqchilik paytida sherni mahv etadi. O'rtancha botir o'z navbatida ajdarni yengadi. Biroq sher va ajdar bilan kechgan murosasizjanglarshovqin-suronsiz kechadi. Ikkala botir ham og'alari uyqusini buzmaslik uchun sher va ajdardan qochib, ularni ovloq joyda gumdon qiladilar. Kenja botirga esa akalarining qorong'ida uxlashi malol keladi. Shamol chiroqni o'chirib qo'ygach, o'ta xavfli bo'lsa ham olov qidirib ketadi. Botirlarning bu qilig'i odamgarchilik namunasidir. Botirlar juda kamtar, ulkan jasorat ko'rsatsalar ham, uni bildirmaslikka, ko'z-ko'z qilmaslikka harakat qiladilar. Faqat podshoh saroyida zarurat tug'ilgandagina o'z sarguzashtlarini oshkor etadilar.


Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish