III. Yangi mavzu «Aqliy hujum» bilan boshlanadi.
O`quvchilarning javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.
1-soatda o'quvchilaiga ertaklar haqida nazariy ma'lumot berayotganda nimalaiga e'tibor berish kerak?! Birinchi navbatda 5-sinf o'quvchisining yosh xususiyati, tayyoigarlik darajasi hisobga olinishi, ilmiy-nazariy xulosalar, terminlar ular tushunadigan tilda bayon qilinishi lozim. Shu bilan birga soddalashtirib tushun- tiraman deb, nazariy ma'lumotni jo'nlashtirib yuborish ham kerak emas.
Ertaklar haqida darslikda o'quvchi o'zlashtirishi uchun yetarli nazariy ma'lumot berilgan. O'qituvchi suhbat davomida asosan shu ma'lumotlarni toidirgan, kengaytiigan holda berishi kerak bo'ladi. Bunda suhbatni quyidagi tezis asosida olib boradi:
-Ertak — xalq og'zaki ijodining keng tarqalgan janri.
-Ertaklarning turlari.
-Har bir ertak turining o'ziga xos xususiyati.
-Hayvonlar haqida ertaklar.
-Hayotiy-maishiy ertaklar.
-Hajviy ertaklar.
-Sehrli ertaklar - biz sevib o'qiydigan fantastik hikoyalar.
-Ertaklarning har bir xalq yozma adabiyoti rivojidagi o'rni va ahamiyati.
Darslikdagi ertaklar haqidagi nazariy ma'lumotlardan yuqo- rida keltirilgan sakkiz punktdan iborat tezis ruknlariga javob topish mumkin. Darsdan kutiladigan maqsad — o'quvchilarni ertak janri bilan tanishtirish, ularning mavzu va yaratilishiga ko'ra turlarini bir-biridan farqlashga o'igatish. Ayniqsa og'zaki va yozma ertaklar alohida-alohida adabiy hodisa ekanini tushuntirish, bunga turli qiziqarli misollar keltirish foydalidir. Shuningdek, ertak janrining xalq og'zaki ijodiga oid boshqa adabiy janrlar bilan mushtarak va farqli tomonlarini uqtirib o'tish ham muhim.
Darslikda «Uch og'a-ini botirlar», «Susambil» ertaklarini o'rganish mo'ljallangan. Bu ertaklar ikki xil xayoliy hikoya ko'rinishi bo'lib, nafaqat o'zbek xalq og'zaki ijodida, balki sharq xalqlari ertaklarining ham mashhur namunalaridan hisoblanadi.
Awalo, «Uch og'a-ini botirlar» ertagi haqida.
…Bor ekan, yo'q ekan, bir zamonda bir kishi bo'lgan ekan. Boy ham, kambag'al ham emas ekan. Uning uchta o'g'li bor ekan, uchovi ham o'qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o'zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. To'ng'ichi yigirma bir yoshda, o'rtanchasi o'n sakkiz yoshda, kenjasi o'n olti yoshda ekan. Otasi bir kuni ularni oldiga chaqirib, har birining peshanasini silab: — O'g'illarim, men boy emasman, mendan qolgan davlat sizlarning maishatingiz uchun kifoya qilmaydi, mendan ortiq narsa umid qilib o'tirmanglar, o'zimdan keyin baxtsiz bo'lib qolmanglar deb, sizlarni o'qitdim. Yaxshi ot qo'ydim. To'y qildim, voyaga yetkazdim. Buning ustiga sizlarni yana uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog'lom vujudli qilib o'stirdim — quvvatli bo'ldingiz. Ikkinchidan, yarog' bilan tanishtirdim - yarog' ishlatishga usta bo'ldingiz. Uchinchidan, qo'rqitmay o'stirdim — qo'rqoq bo'lmay botir bo'ldingiz, yana uchta narsani aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan chiqarmangiar. To'g'ri bo'ling — bexavotir bo’lasiz. Maqtanchoq bo'lmang — xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang - baxtsiz bo'lmaysiz. Bundan boshqasini o'zingiz biling. Qora toyni, saman toyni, ko'k toyni asbob-anjomlari bilan tayyorlab qo'ydim. Xurjunlaringizni bir haftalik ovqat bilan to'lg'izdim. Baxtingiz yoida, topib olmoq uchun dunyoni ko'rgani yo'lga chiqing, dunyoni tanimay dunyo kishisi bo'lmaysiz. Baxt qushini ushlamoq uchun baxt oviga chiqing. Xayr o'g'illarim, — deb turib ketdi...
Do'stlaringiz bilan baham: |