Kirish qism:
Saflanish, salomlashish, jurnal bo’yicha davomatni aniqlash, darsda kasal bor-yo’qligini aniqlash, dars maqsadi. O’tilgan mavzu yuzasidan savol javob qilish, yangi mavzuni bayon qilish. Har bir bola o'zini muntazam nazorat qilib borishni o'rganishi kerak. Bu juda katta ahamiyatga ega. Nazorat qilish bolalar uchun qiyin emas, buni kattalar boshqarib borishlari lozim. Shuni ham aytib o'tish kerakki, tibbiyot xonalarida tana og'irligini o'lchaydigan tarozi maxsus bo'y o'lchash asboblari rostomer, qo'l kuchlarini o'lchaydigan asbob dinamometr, o'pkaning hayotiy sig'imini o'lchash uchun spirometrlar bo’lishi zarur. Ulardan muntazam foydalanib turish zarur. Bo'y uzunligini bilish uchun bola boshi, kuraklari, orqasi va tovonlarini devorga tekkizgan holda unga suyanib turadi. Ikkinchi bir bola yoki hamshira uning boshiga chizg'ich qo'yib, bo'yini devorda qalam bilan yoki boshqa narsa bilan belgilaydi, so'ng metr yordamida bo'y uzunligi aniqlanadi. Turgan joyda burilishlar, yurish, yengil yugurish, nafasni rostlovchi mashqlar, URM va MRM.
|
|
Safda to’g’ri turish qoidasini tushuntirish
|
Yurish, yurishdan asta-sekinlik bilan yugurish, o’ng yon bilan yugurish, chap yon bilan yugurish, orqa bilan yugurish. Tizzalarni baland ko’tarib yugurish. Maydon bo’ylab asta-sekin yugurishdan yurishga o’tish va burindan nafas olib og’izdan chiqarish, guruhga bo’linish yoki doira hosil qilib turish.
1. d.h. Oyoqlar elka kengligida. Qo’llar belda, boshni o’ng tarafdan 4-marta, chap tarafdan 4-marta aylantirish.
2. d.h. Oyoqlar elka kengligida, qo’llar elkada, qo’llarni oldiga 4-marta, orqaga 4-marta aylantirish
3. d.h. Oyoqlar yelka kengligida, o’ng qo’l yuqorida, chap qo’l pastda 1-2 qo’llar orqga tortiladi, 3-4 qo’llar almashtiriladi va orqaga tortiladi.
4. d.h. Qo’llar ko’krak oldida, 1-2-qo’llar qisqa yoziladi, 3-4-qo’llar to’liq yoziladi o’ngga va chapga qayrilub bajarish.
5. d.h. Oyoqlar yelka kengligida qo’llar belda, belni 4-marta o’nga, 4 marta chapga aylantirish.
6. d.h. Qo’llar yonga uzatilib, oyoqlar elka kengligida qo’yildai. 1 deganda gavdani chap tomonga egish, 2 deganda dastlabki holatga qaytish, 3 o’ng tomonga egilish, 4 dastlabki holat.
7. d.h. Oyoqlar yelka kengligida, 1-o’ng qo’lni chap oyoq uchiga tegizamiz, 2-d.h., 3-chap qo’lni o’ng oyoqqa tegizamiz. D.H
8. d.h. Oyoqlarni kengroq qo’yiladi, 1-o’ng oyoqqa 2-o’rtaga 3- chap oyoqqa oldinga engashiladi, 4-d.h.
9. d.h. Oyoqlar juftlashtiramiz 1- qo’llarni yuqoriga ko’taramiz, 2-oldinga engashamiz, 3-o’tiramiz.
10. Qo’llar belda oyoqlar elka kengligida, ikki oyoqda sakrash, so’ngra yurishga o’tish.
|