5-sinf 1-dars. Kirish. Takrorlash. Sintaksis va punktuatsiya. Morfologiya. (3-117-betlar) Reja: L. Kirish. Takrorlash. Sintaksis va punktuatsiya. Morfologiya. Kirish



Download 71,5 Kb.
bet3/6
Sana16.03.2022
Hajmi71,5 Kb.
#498255
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 sinf ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar javobi bilanbaxtiyor

Morfologiya
1. So’z turkumlaridan qaysi biri atash ma’nosiga ega?
A) barcha so’z turkumlari B) mustaqil so’z turkumlari C) yordamchi so’z turkumlari D) mustaqil va yordamchi so’z turkumlari
2. U dushman bilan sher kabi olishdi. Ushbu gapda nechta mustaqil so’z mavjud?
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta
3. Otlar gapda qanday vazifada keladi?
A) bosh va ikkinchi darajali bo’lak B) ega va to’ldiruvchi C) bosh bo’lak va undalma D) bosh va ikkinchi darajali bo’lak, undalma
4. Otlarga qo’shilib, ularni o’zidan keyin kelgan boshqa so’zlarga tobelashtirib bog’lab keladigan qo’shimchalar …
A) kichiraytirish qo’shimchalari B) kelishik qo’shimchalari C) ko’plik qo’shimchasi D) egalik qo’shimchalari
5. Qaysi qatordagi so’zlar tushum kelishigidagi so’z bilan birga qo’llanishi mumkin?
A) bordi, o’qidi B) ko’chasi, jo’nadi C) tushundi, ko’rdi D) o’rgandi, chiqdi
6. Egalik qo’shimchasi qo’shilgan ot o’zidan oldingi otning qaysi kelishikda bo’lishini talab etadi?
A) tushum kelishigi B) qaratqich kelishigi C) bosh kelishik D) o’rin-payt kelishigi
7. Qaysi qatordagi so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda tovush o’zgarishi yuz beradi?
A) tuproq, qishloq, huquq B) terak, ertak, idrok C) quduq, tuproq, ertak D) to’garak, tirnoq, farq
8. Quyidagi so’zlardan qaysilariga egalik qo’shimchasi qo’shilganda o’zak-negizda o’zgarish yuz bermaydi? 1. tuproq; 2. ishtirok; 3. huquq; 4. axloq; 5. to’garak; 6. idrok; 7. pichoq.
A) 2, 3, 4, 5. 6 B) 1, 3, 5, 7 C) 4, 5, 7 D) 2, 3, 4, 6
9. Sifat asosan qaysi gap bo’lagi vazifasida keladi?
A) aniqlovchi, kesim B) aniqlovchi C) aniqlovchi, hol, kesim D) aniqlovchi, hol
10. Qiyosiy darajadagi sifat qatnashmagan gapni ko’rsating?
A) Ayolning cho’zinchoqroq yuzida hadik paydo bo’ldi. B) Biz kirgan xona dadam ishlaydigan hujradan ham tor va qorong’iroq ekan. C) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. D) Barcha gap tarkibida qiyosiy darajadagi sifat mavjud.
11. Qanday holatda sifat gapda kesim vazifasini bajarishi mumkin?
A) otga bog’lansa B) shaxs-son qo’shimchasini olsa C) gap oxirida kelsa D) kesim vazifasidagi so’z tushib qolgan bo’lsa
12. Orttirma darajadagi sifat mavjud qatorni toping.
A) Biz kirgan xona dadam ishlaydigan hujradan ham tor, qorong’iroq edi. B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. C) G’azal nihoyatda ta’sirli. D) Qo’rqoq oldin musht ko’taradi.
13. Qaysi qatordagi gapda son hol vazifasini bajargan?
A) Sinfimizda yig’irma besh o’quvchi bor. B) O’nning yarmi – besh. C) U olmadan beshta oldi. D) Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi.
14. Son gapda otga bog’lanib kelsa qaysi gap bo’lagi vazifasini bajaradi?
A) aniqlovchi B) miqdor-daraja holi C) ega D) ravish holi
15. Sifat o’rnida qo’llangan olmosh mavjud gapni toping.
A) U o’ymakor eshikni qiya ochib ichkari kirdi. B) Bu ish uchun unga qancha vaqt kerak? C) Sen qancha kitob olgan bo’lsang, men ham o’shancha miqdorda olib keldim. D) Mening ikki onam bor, ikkisi ham mehribon.
16. Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabati …
A) fe’l nisbatlari deyiladi B) fe’l mayllari deyiladi C) fe’l zamonlari deyiladi D) fe’lning vazifa shakllari deyiladi
17. -ar qo’shimchasi orqali qaysi zamon ma’nosi ifodalanishi mumkin?
A) o’tgan zamon B) kelasi zamon C) hozirgi zamon D) o’tgan va kelasi zamon
18. Fe’ldan anglashilgan ish-harakatning tinglovchiga tegishli ekanligini bildiruvchi qo’shimcha qo’llangan qatorni toping.
A) Men ham o’zimni kulgidan to’xtata olmadim. B) Atirgul shunday chiroyli ediki, Oqiljon qarab to’ymasdi. C) Yer haydasang, kuz hayda. D) Tez-tez kitob o’qib turilsa, fikr ravshanlashadi.
19. Harakatning holatini ifodlagan ravish qaysi qatorda qo’llangan?
A) Qayerda ahillik bo’lsa, o’sha yerga qayg’u yaqin kelolmas. B) Tez-tez kitob o’qib turilsa, fikr ravshanlashadi. C) Yurtimizni obod qilish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. D) B, C
20. Uyushiq bo’laklarni bog’lash uchun qo’llangan bog’lovchini toping.
A) Qaynoq va sho’x kuylarga, joydir guzal vatanim. B) Keyin Salima va oyisi mezbonlar bilan xayrlashib uylariga qaytishdi. C) Barcha javoblar to’g’ri. D) Pochcham va ammam bu gul, bu hayvonlarning har bittasini nuridiydalariday parvarish qildilar.
21. Qaysi qatorda ko’makchi otni sifatga bog’lab kelgan?
A) Ona kabi mehribon. B) Halimdan katta. C) Shahar tomon ketdi. D) Do’stlar bilan suhbat.
22. Qaysi qatordagi nuqtalar o’rniga ko’makchi qo’llab bo’lmaydi?
A) Mustaqillik … gaplashdik. B) Oynai jahon … eshitdik. C) Onam … salom berdim. D) Maktab … jo’nadim.
23. Ko’makchilar haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri?
A) otlarni felga bog’lab keladi B) otlarni sifatga bog’lab keladi C) otlarni ravishga bog’lab keladi D) otlarni olmoshga bog’lab keladi
24. Chiziqcha bilan ajratib yoziladigan yuklamalar qatorini toping.
A) -chi, -u(-yu), -a(-ya) B) -mi, -oq(yoq), -chi C) -a(-ya), -u(-yu), -oq(-yoq) D) A, B, C
25. Qaysi qatorda qo’shma fe’l berilmagan?
A) sotib olmoq B) borib kelmoq C) yozib olmoq D) olib chiqmoq
26. Qaysi qatordagi qo’shma so’zda imloviy xato mavjud?
A) umrboqiy B) olijanob C) toshbag’ir D) bir yo’la
27. Qaysi qatorda qo’shma so’z berilmagan?
A) erksevar B) har yon C) olib kelmoq D) o’qib chiqmoq
28. Qaysi qatorda juft so’z berilmagan?
A) oz-moz B) mo’l-ko’l C) osh-non D) barchasi to’g’ri
29. Qaysi qatordagi so’zdan juft so’z hosil qilish mumkin?
A) bozor B) sof C) gul D) umum
30. Qaysi qatordagi qo’shma so’z xato yozilgan?
A) xushovoz B) bir pas C) bayon et D) bir yo’la
2-DARS. FONETIKA. GRAFIKA. LEKSIKOLOGIYA. (118-198-betlar)
Reja:
1. Fonetika. Grafika.
2. Leksikologiya.



Download 71,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish