5-seminar: Jizzax voxasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar va uning o`lkani o`rganishdagi ahamiyati



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#577818
  1   2   3
Bog'liq
5-SEMINAR TAQDIMOTI



5-seminar: Jizzax voxasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar va uning 
o`lkani o`rganishdagi ahamiyati 
“Arxeologiya” so’zining yuzaga kelishiga 2,5 ming yildan ko’proq vaqt otgan 
bo’lsada, u fan sifatida XIX asr davomida shakllanib ijtimoiy, fanlar darajasiga 
ko’tarildi. “Arxeologiya” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “arxayos” – qadimgi, 
“logos” – fan, ya’ni qadimiyatni o’rganadigan fan ma’nosini bildiradi. Arxeologiya, 
o’lkashunoslik va tarix fanlarining asosiy manbalardan biri hisoblanadi. 
Markaziy Osiyoda tarixchilik ilmi juda qadim zamonlarda yuzaga kelgan 
bo’lsada, o’sha zamonlarda yuzaga kelgan ko’pgina asarlar bizgacha yetib 
kelmagan. Xorazimlik mashhur olim Abu Rayxon Beruniyning yozishiga qaraganda 
arab istilochilari mahalliy olimlarni yo’qotibgina qolmay, mahalliy til va mahalliy 
yozuvdagi ko’pgina asarlarni yondirib yo’q qilib tashladilar. Ana shu tufyli 
o’lkamizdagi olimlarning nodir asarlarni saqlanmagan, ko’p qimmatli asarlar xorijiy 
mamlakatlarga tashib ketilgan. Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, 
Bal’amiyning “Tarix tobori tarjimasi” kabi asarlarning yozilganligiga ming yildan 
ko’p vaqt o’tgan bo’lib, xalqimizni qadimiy tarixini o’rganishda muhim ahamiyatda 
ega. 
O’zbekiston hududida umuman, Markaziy Osiyo mintaqasida o’zbek xalqining 
shakllanish jarayonini sug’dlar va Sug’diyonasiz tasavvur qilish mumkin emas. 
Bunga hozircha saqlanib qolgan yozma manbalar ana shundan dalolat beradi. 
O’zbekiston hududida istiqomat qilgan zahmatkash va jafokor so’g’dlarni 
o’rganishmiz uchun arzigulik qimmatli yozma manbalar qoldirganlar. Bizningcha 
O’rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, o’zbek xalqi so’g’dlarning bevosita vorisi 
hisoblanadi. So’g’d xalqining tiliga, siyosiy huquqiy qonunlariga iqtisodiy – ijtimoiy 
hayotiga, ma’naviyatida daxldor bo’lgan barcha hujjatlarni va manbalarni talqin 
qilish va har taraflama o’rganish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1998 yil 27 – iyul “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix 
institute faoliyatini takomillashtirish to’grisida”gi qarori tufayli yanada dolzarb 
masalalardan biriga aylandi. Tarix fanida turkiy xalqlarning asl makoni to’ronda 
azaliy etnos ekanligini, bu yerda Sug’diy, Xorazmiy, Boxtariy kabi xalqlar bilan 


birga hamjixat yashaganini inkor qilishga urunishlar ba’zi hollarda ko’zga 
tashlanmoqda.
So’g’d yozma yogorliklarining ko’pchilik qismi O’zbekiston qisman 
Tojikiston, Qirg’iziston Sharqiy Turkistonda topib o’rganilgan. Bunga so’g’dlarning 
“Buyuk ipak yo’li” bo’ylab xalqaro savdo munosabatlarida faol ishtirok qilganliklari 
sabab bo’lgan edi. Umuman olganda so’g’dlar vatanimiz tarixida qadimgi va ilk 
o’rta asrlar davrida yashagan salmoqli nufuzga ega xalq hisoblanadi. Mahmud 
Qoshg’ariy o’zining “Devonu lug’atit turk” asarida so’gdlarning Markaziy Osiyo 
bo’ylab qadim zamonlardan turkiy aholi nufuzi kattaligi tufayli ko’p hollarda 
turkiylashib borganligini ko’rsatib o’tadi. Bu xalq milloddan avvalgi IV –III 
asrlardan boshlab o’lkamizda yozuv madaniyatini yaratishdek buyuk jarayonga o’z 
hissasini qo’shgan. Umuman olganda so’g’d yozuvi Xorazmiy, Parfiyon, Baxtar 
yozuvlari bilan bir qatorda shakllangan va sharqqa tomon fonlik harf belgili 
alifboning yaratuvchilik an’anasining yoyilishiga xizmat qilgan.
Rossiya imperiyasining komunistlar boshqargan davridagi hukmron mafkura 
mohiyati asosida davlat tushunchasiga ham sinfiylik nuqtai nazaridan yondashilgan 
edi. O’zbek davlatchiligi miloddan avvalgi VII asrlardayoq qaror topgan bo’lsada, 
ammo marksizm – leninizm ta’limoti bo’yicha yurtimizdagi ijtimoiy siyosiy tuzum 
milodiy IV asrga qadar quldorlik, 1924-yilga qadar feodal, 1991-yilgacha esa 
sotsialistik mazmunga ega bo’lib kelganligi sovet tarixshunosligida doimo uqtirib 
kelindi. Go’yo jamiyat taraqqiyoti jarayoni biron millat va jamiyat blan uzviy 
bog’liqda emas, formatsiyalar va sinfiylik nuqtai nazaridan baholangan edi. 
Sak, Skif, Massaget va So’g’d bo’lgan ajdodlarimiz Eron ahmoniylariga, 
Yunon – makedon bosqinchilariga, arab fohishalariga qarshi Vatan ozodligi uchun 
kurash olib borib, ko’p qurbonlar berganlar.
Tarixiy manbalarda ta`kidlashicha, miloddan avvalgi 327-yilning qishini 
Aleksandr Nautakda o`tkazdi. Bahorda esa So`g`d qal`asini qo`lga kiritishga 
otlandi. Yunon tarixchilarining yozishicha, Baqtriya va Sug`diyonadan tog`lar 
orasida bir necha mustahkam qal`alar joylashgan. Ular So`g`d, Sizimeta, Arimaza 
va Xerion deb atalgan. Ammo bu ma`lumotlar mavjud qadimgi qal`alar bilan 


solishtirganda ularning faqat ikkitasini taxmin qilish mumkin bo`lgan. Olimlar 
Sug`d qal`asi Nautak rayonida, Urgut tog`larida, Xerion qal`asi esa Hisor tog`lining 
Boysun tizmalarida joylashgan deb ta`kidlashgan. 
Kurs Ruf Nautak qal`asining hokimi Sisimfr bo`lgan, degan fikrni aytsa, 
Arrian qal`aga Herion hokimlik qilardi deydi. Arrian qal`a nomini tilga olmaydi. 
Ularning ayrimlari bu qal`ani Nautak bilan chalkashtiradi. Boshqa birlari bu qal`a 
Oks daryosi bo`ylaridagi baland tog`larga joylashgan edi deyishadi. Arrian qal`a 
Sug`d tog`iga muallifning bu o`rnida qaysi tog`ni nazarda tutgani aniq emas. Biroq 
qal`aning nomi tarixiy asarlarda tilga olinmaydi. Muhimi shundaki, har ikkala 
qal`adagi hujum tasviri bir xil ifodaga ega. Asarda Sug`diyonalik Oksiart qal`a 
hokimlari Sisimfr va Herionga Aleksandr tomonidan elchi qilib yoborilgan deyilgan. 
Qal`ada Arrianning ta`kidlashicha, Oksiartning xotini va qizlari yashiringan bo`ladi. 
Bundan yana bir anglashilmovchilik kelib chiqadi. Aleksandrning yaqin kishisi 
Oksiart nega xotin va qizlarini Sug`d tog`idagi qal`aga joylashtiradi. 
O`rta Osiyoning antik davrlari tasvirlangan asarlarda ayrim hollarda bir-biriga 
zid va takror bo`lgan ko`plab lavhalarga duch kelamiz. Bu holat ayniqsa, Kurs 
Rufning ”Aleksand Makedonskiy tarixi”, Arrianning ”Aleksandrning yurishi” 
asarlarida yaqqol ko`zga tashlanadi.
1
Biz ushbu keltirilgan tarixiy asarlarni o`rganish asosida hamda tarixchi, 
Respublikamizning yetakchi arxeologlarining chuqur xulosalarga tayangan holda 
haqiqiy tarixiy voqea joylarini yoritib berishga harakat qildik.
Aleksandr Makedonskiy Turonda Spitamen boshchiligidagi Sak, massaget va 
skiflar qarshiligini tor-mor qilgandan so`ng, Samarqand atrofi, Zarafshon daryosi 
bo`ylaridagi aholi manzillarini talab, o`t qo`yib kulini ko`kka sovurdi. Ming-
minglab kishilar ayovsiz qirib tashlandi. Yunonlar taqibidan sog`-omon qolgan 
yurtdoshlarimiz Sangzor daryosi bo`ylab Jizzaxga chekindilar. Iskandar qo’shinlari 
uchun Jizzax shahrini egallash oson bo’lmadi. Jizzax, Qaliya va boshqa shahar 
mustahkam qal’a devorlari, yaxshi qurollangan himoyachilari bilan mudofaa 
qilinardi. Dushmanning toshotar qurollari qamaldagilarni chalg’itib turgan bir 
1
Holmurodov R.M. Sug`d tog`idagi jang tarixi. Antik dunyo. 

5-6, 2012, 14-bet. 


paytda, Iskandar qalqonchi va kamonchi shaxsiy jangchilari bilan suv kirib, suv 
chiqadigan qurigan o’zan orqali shaharga kirib, shahar darvozasini ochadi. Dushman 
qo’shinlari shahar ichkarisiga kiradi va og’ir janglar bo’ladi. Shahar 
himoyachilaridan ko’p jangchi qurbon bo’ladi. Iskandar Jizzax shahrini egallaydi. 
Kuchlar teng bo’lmagani bois, ular Jizzax, so`ng Rovotsoy tog`i tomon chekinib 
boraverdilar. Borishda ular yo’l-yo’lakay epchil, chaqqon, jasur, sara jangchilarni 
pistirmalarga qo’yib ketaverganlar. Bu usul yunon qo’shinlarini tobora tog’ 
ichkarisigacha ergashtirib ketish strategiyasi edi. Himoyachilarning harbiy rejasi ish 
berib, dushmanni Ravotdan to Ko’rpasoygacha qariyb 9 km ichkariga boshlab 
borganlar. Ularni taqib qilib kelayotgan Makedon qo`shinlari Jizzaxda xususan 
Qaliyada to`xtab, qarshilik ko`rsatish harakatini yo`qotish rejasini tuzadi. Arianni 
ta`kidlashicha (mil av 92-175) qarshilik ko`rsatish birlashmalarini soni 30 mingga 
yaqin bo`lgan. Ravot bilan Ko`rpasoy oralig`i 8-9 kmni tashkil etadi. Ko`rpasoyga 
borgancha soyning ikki tomoni tik qoyalardan iborat bo`lgan. Himoyachilarning 
jang qilish imkoniyat nihoyatda katta edi. Ularni pistirmada hech kim, hatto qushlar 
ham payqay olmagan.
Afsuski, Ahamoniylar hukmronligining mustamlaka tuzumi sharoiti ularni 
jang qilish san`ati imkoniyatini cheklagan. Barcha erkaklarda ov qilish uchun o`q-
yoydan boshqa qurollari deyarli bo`lmagan. Bu qurollar ham yetarli emas edi. 
Shunga qaramay vatanparvarlar dushmandan o`ch olish ishtiyoqida o`zlari uchun 
qulay, dushmanlari uchun o`ta noqulay joy tanladilar. Ko`rpasoydan, 
Paymartsoydan Ravotga tomon sharqirab oqayotgan suv tovushi dushmanlarni qiya 
betlardagi himoyachilarni ayrim harakatlarini mutlaqo seza olmasligi tabiiy. Ikki soy 
betlaridagi tik qiya tog`larning balandligi 500-600 metr chamasida. 
Himoyachilarning joylashgan o`rinlari dushmanni yoy bilan aniq nishonga olish 
masofasi tik qoyada 200-250 m tashkil etgan. Harsangtoshlarning xarsang toshlari 
yumalatish joylari masofani tanlamagan. Himoyachilar boshliqlari bir-ikki yil 
davomida dushmanlar bilan ro`para kelgan, ularni jang san`atidan xabardor bo`lgan 
yurtdoshlarimiz edi. 


Yunon makedon qo`shinlari muntazam qo`shin bo`lib, ko`p yillar harbiy 
tayyorgarlik ko`rgan, ko`p yillik tajribaga ega, mag`lubiyat nima ekanligini bilmay 
kelayotgan edi. Ximoyachilarni Ravotsoy, Uobsoy, Tangi, Ko’rpasoy, Og’ajon va 
boshqa ko’pgina qishloq aholisi barcha imkoniyatlarini ishga solib, qo’llab-
quvvatlaganlar. Ayniqsa, tog’ni yaxshi bilganlar, jangchilarni pistirma uchun qulay 
joylarga joylashtirganlar. Bu voqea Ravotsoy bilan Ko`rpasoy oralig`ida jang qilish 
dushmanlar uchun nihoyatda noqulay bo`lgan joyda bo`lib o`tgan. Grek makedon 
qo`shinlari bexosdan dahshatga tushub, kimdir ”Varvarlar” deb hayqirsa, kimdir 
”Dushmanlar” deb baqir-chaqir qilishar, kimdir ”Pistirma” deya baqirishib 
sarosimaga tushdilar. Qoyalar tepasidan harsang toshlar ular boshiga yashindek 
gumburlab dushman ustiga tusha boshladi; har tarafdan paykonli o`qlar jaladek 
yog`ildi. Vatanparvarlarning hujumlari shu qadar tez sodir bo`ldiki, dushman 
jangchilarining ilg`or qismi bu zarbalardan halok bo`ladilar. 
Yunonlarning qoyalarga chiqishi qiyin edi. Qoyalar hamma tomondan tik 
bo`lib, bitta qoyaning yarmida ta`kidlanishicha, juda katta g`or bo`lib, qoya 
himoyachilari yunonlarni tepaga ko`tarilishiga imkon bermay, ularni turli himoya 
qurollari bilan yer tishlatar edilar. Yunonlar bu joylarni egallashga ahd qildi. Ammo 
barcha urinishlari zoya ketdi. 
Yunon-makedon jangchilari o`zlarining toshotar qurollari yordamidagina 
ularning keskin hujumini biroz bo`lsada susaytirishga erishdilar. Bu jangda 
Aleksandrning o`zi dastlab paykon o`qidan biqinidan yaralandi. Shunga qaramay 
jangchilarini ilhomlantirish uchun ilgariga qarab intilganida katta harsang tosh 
bo`lagining bir qirrasi bo`yniga kelib zarb bilan urilishi uni holdan butunlay 
toldiradi. U holsizlanib, ko`z oldi qorong`ulshib otdan qulab tushadi. Aleksandrni 
bu holatda ko`rgan yunon jangchilari tahlikaga tushib, yig`lashdi. Ular o`z 
hukmdorlarini o`lib qoldi, deb o`ylaydilar”
1
.
Grek makedon qo`shinlarini qo`mondonlari barcha murdalarni to`plab, jangda 
o`ldirilgan Iskandar jangchilari yoniga terishni buyurdilar. Dushman murdalarining 
1
Boynazarov F. O`rta Osiyoning antik davri. T., 1991, 50-bet.


har qirqtasiga uch nafardan shahid ketgan vatanparvar to`g`ri kelgan
1
. 30 minglik 
himoyachilar ham ancha talofat ko`rdi. Makedonlar Yunonistondan to Jizzaxgacha 
bunchalik ko`p va og`ir talofat ko`rmagan edilar. Aslida bu jang ularning mag`lub 
etilganliklaridan darak berar edi.
Bo’lib o’tgan mudhish jangdan so`ng, shox mahalliy aholining vakillaridan 
bo`lgan Oksiart boshchiligidagi elchilarni vatan himoyachilari boshliqlari Arimaz, 
Sisimfr va Herionlar huzuriga yubordi. Elchilar Iskandar Zulqarnayn butun dunyoni 
egallagani, uni askari nihoyatda ko`pligi, unga bas kelishning qiyinligini uqtirib, 
bekorga jang qilmanglar, qishloqlaringiz, ota-onalaringiz, bola-chaqalarimiz qirilib 
ketmasin. Agar, Iskandarni tan olsalaringiz, sizlar omon qolasizlar, yunonlar qaytib 
ketadi deb ishontiradilar. Muzokaralar ijobiy hal etilgandan so`ng, Aleksandr 
qo`shinlari Jizzaxga qaytib keladi. Katta o`tirishda kimdir Aleksandrga Oksiartning 
Roksana degan go`zal qizi borligini aytadi. Aleksandr mahalliy aholi bilan do`stlik 
ipini abadiy bog`lash uchun go`zal Roksanaga uylanadi. Aleksandr juda ko`plab 
ellarni, elatlarni bo`ysundirgan bo`lsada, yolg`iz Roksananing ishqi bilan yashadi. 
Chunki, “Roksana dunyoda tengsiz go`zal edi”
2
– deb ta’rif bergan yunon tarixchisi 
Kvint Kurtsiy Ruf. 
Haqiqatda esa, Aleksandr muqarrar mag’lubiyatdan qutilib qolgani uchun 
minnatdorligi evaziga erli xalqni qo’llab-quvvatlashga yanada erishish uchun 
qo’llangan edi. 
Kurts Ruf o`z asarida sikflarni adolat va tinchlik tarafdori sifatida tasvirlaydi. 
Hatto asarda shunday epizodlar berilganki, Skif xalqi tinchlik tarafdori ekanligini, 
boshqa varvarlardan farqi, ular qo`pol emas, madaniyati durust edi deb baholaydi. 
Kursiy Ruf massagetlar tadbirkorligi va jangovorligiga alohida to`xtab o`tadi.
Homer davrlaridayoq, Skiflarning nomi uzoq, uzoq Afinaga yetib borgandi. 
Bu o`rinda Homerning Skiflar haqidagi fikri e`tiboringizni o`ziga jalb etadi. “Homer 
o`zining poemasida skiflar haqida kuylagan edi, deb yozadi Flaviy Arrian” 
1
Sagdullayev A. O’zbekiston tarixi. T., 1999, 168-bet. 
2
Kvint Kursiya Ruf. Istoriya Aleksandra Makedonskogo. Iza-vo, MGU, 1963, str. 307. 


Aleksandrning yurishi” asarida Skiflar haqiqatgo`y odamlar bo`lgan. Ular Osiyoda 
yashaydi, bir oz kambag`alrog`u, ammo juda haqiqatgo`y.
1
Mana shu dalillarning o`zi ham qadimgi davrlarda xalqimiz orasida 
donishmandlar, fozillar, aqli raso, zukko va haqiqatgo`y kishilar yetarlicha 
bo`lganligini dalillaydi.
Morguzar tog’idagi bu joy jang tarixi tafsilotlarini Arrian ham, tarixchilarimiz 
ham aniq aytib berolmay, birlari Surxondaryoning Boysun tog’larida, birlari 
Urgutda, boshqalari taxminan Hisor tog’lari atrofida deb aytishdi. Bu voqeaga 
aniqlik kiritishni arxeologlarimizdan Respublika Arxeologiya institutining katta 
ilmiy xodimi, hozirda ushbu institut ilmiy ishlari bo’yicha rektor o’rinbosari 
M.Pardayev dastlab, Qaliyatepadan IV asrga, yunonlarga oid bir qancha ashyolarni 
topdi. Jizzax davlat pedagogika institutimizning katta o’qituvchisi F.Toshboyev esa 
Ko’rpasoy yaqinidagi mozorlardan o’sha davrga oid uyum-uyum jasadlarni aniqladi. 
Respublika arxeologiya institutining katta ilmiy xodimi A.A.Gritsina jang 
joylaridan, xususan Ko’rpasoydan mil.avv. IV asrga oid rad qilib bo’lmaydigan dalil 
va isbotlarni aniqladi.
2
Yana bir isbot, haqiqatdan ham Ko`rpasoyga borishda o`ng tomondagi tik 
qoyada katta g`or bor. Uning ichiga 400-500 jangchi bemalol sig`adi. G’orning 
uzunligi haligacha aniqlanmagan. Aytishlaricha g’or juda uzun. G’orning kengligi 
8-10m, balandligi 10-15v bo’ladi. Bu g`orni Ko`rpasoyliklar va tog`liklar hozir 
kaptarxona deyishadi. Vaqtida dushmanni yer tishlata olgan g`or. 
Yuqorida tilga olinib yanglish aytilgan qoya toshli manzilgoh joylarida olib 
borilgan arxeologik ma`lumotlar eramizdan avvalgi I-II asrlarga oid ekanligini 
ko`rsatdi. Shuning uchun u joylar Aleksandr Makidonskiyning harbiy yurishlariga 
aloqasi yo`q bo`lib chiqdi. 
Morguzar tog’ining Ravotsoy va Ko’rpasoy qoyatosh tog’larida olib borilgan 
jang, xalqimizning qadimda nihoyatda jasur bo’lganligini, bosqinchi yovlarga qarshi 
shafqatsiz kurash olib borganligini ko’rsatadi. 
1
Arrian Flaviy. Poxod Aleksandra, Izd-va An SSSR, M-l, 1962, str-33. 
2
Gritsina A.A. Ustrushanskiy b
ы
li. T., 2000, str-147-148. 


Kushonlar saltanati davrlarida ham o’z mustaqilliklari yo’lida tinmay 
kurashganlar. Ana shu davrlardagi ularning o’z mustaqil ichki siyosiy hayotlarining 
ifodasi sifatida turli tuman tangalar zarb etib, o’zlarining davlatchilik mayllarini 
namoyish qilganlar. VI – VIII asrlarda Turkiston mamlakati Kesh, Buxoro, 
Panjakent, Dizak shaharlari misolida Samarqand markaziy hokimiyati atrofida 
birlashgan davlat edi. Arab istilosi davrida Turk xoqonligining tashkiliy raxnamoligi 
ostida barcha elatlar turkiylar bilan yelkama yelka turib, yurt ozodligi uchun kurash 
olib borishgan.
1
So’g’dlarning o’z Vatanlarida qolgan qismi X – XI asrdan turkiy va tojik 
xalqlari tarkibiga singib keta boshladi, tabiiyki tillari ham yo’qola boshladi. Buning 
oqibatida butun bir tarixiy xalqning o’lkamiz madaniyatini shakllanirishdagi 
ishtiroki ham tarixning sirli pardasi ortiga yashirina boshladi. Nihoyat XIX asrning 
so’ngi choragi, XX asrning boshlarida O’rta va Markaziy Osiyo jumladan Sharqiy 
Turkiston xududida keng tus olgan arxeologik qidiruv tadqiqot ishlari tufayli 
so’g’dlardan qolgan noyob yozma yodgorliklar ham topila boshladi, hatto dastavval 
bu yodgorliklarning tili ham baxsli edi. 1904 yili Beruniyning “Asar ul boqiya” 
(o’sha asr 104 – 105 betlar) asaridagi so’g’d taqvimi atamalari bilan o’sha noma’lum 
tilsimotlardagi atamalar bilan bir hilligi, bu tilning so’g’dcha ekanligiga asos bo’lib 
xizmat qildi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davri O’zbekiston tarixining eng qadimgi davrlaridan 
biri xisoblanadi. Xozirgi zamon tarix fanining ma’lumotiga qaraganda, kishilik 
jamiyatining bu davri qariyb bir million yilga to’g’ri keladi. Bu sinfiy jamiyat 
yuzaga kelgan, ya’ni sinf paydo bo’lgunga qadar o’tgan davrni o’z ichiga oladi. 
Tarixning davrlashtirishga qadar Markaziy Osiyoda iptidoiy jamoa tuzimi davri 
bo’lganligiga Shuro tarixchilari shubha qilib kelishardi. Ikkinchidan ko’p vaqtlar 
Markaziy Osiyoga aholi go’yo Eron va Shimoloy Hindiston tomonidan ko’chib 
kelgan noto’g’ri g’oyalar ilgari surilib ham kelinardi. 
O’zbekiston hududida eng qadimgi odamlar ilk poleolit davrida taxminan 700-
500 ming yillar oldin yuzaga kela boshlaydi. Tarixchi olimlar qadimgi sinantrop-
1
Abu Rayxon Beruniy. Tanlangan asarlar to’plami. I jild. 1968, Toshkent, “Fan”, 104 – 105 betlar. 


xitoy odamiga yaqin qarindoshlik urug’ida ekanligi, Janubiy-Sharqiy Osiyoning 
qadimgi odamlar bo’lganligi taxmin qilishadi. Tarixchilar alohida insonlarning kelib 
chiqishi, o’zaro qarindoshlik aloqalari bir oila ajdodlarini o’rganadigan sohani 
geneologiya (shajara) deb yuritishadi. Asrlar davomida eng qadimgi odamlarning 
turmushi nihoyatda og’ir kechganligi tufayli, tabiat kuchlarini yengishga, tabiiy 
muhitga moslashib yashashga muhtoj bo’ganlar. 
Jahon fani yutuqlari ko’ra kishilik sivilizatsiyaning ajdodlari Zinjantrop- 
Janubiy Afrika, Pitekantrop- Indoneziyada, Sinantrop- Xitoyda, Neandertal-
Germaniyada yashaganligini arxeologlar qazilmalar yordamida va Sharqiy 
Afrikadagi Oldivoy Indoonizyadagi Yava orolida 1890 yilda topilgan pitenkantrop 
(yunoncha pitegos-maymun, antropa-odam), Pekin shahri yaqinida topilgan 
Sinantroplar o’tkir qirrali tosh qurollaridan va tabiiy olovdan foydalanganliklari 
tarix arxeolog olimlar tomonidan isbot qilindi. Ilk poleolit davri ishbilarmon 
odamning vakilari bo’lmish Zinjantrop va Avstralopiteklar (lotincha janubiy 
maymun odami) bundan 2-3 million yillar muqaddam yashagan bo’lsa, 
Pitekantroplar millodan avvalgi 700-600 ming yillarda, Sinantroplar esa 700-600 
ming yillar ilgari yashaganlari isbot qilindi.
1
Neandertallar g’oyalarni o’zlashtiradilar, qo’l chuqmor va nayza uchlarini 
yasab, o’zlariga hayvon terisidan kiyim-kechak tayyorlab olovdan foydalaniladi. 
Mamont va boshqa yirik muzlik davri hayvonlarini ovlaydilar. 
1938-1939 yillarda mashhur rus arxeologi A.P.Okladnikov tomonidan paleolit 
davri yodgorliklari O’zbekiston hududida ko’p topilgan. Arxeologlar muste 
makonlarini Surxondaryo viloyatlari Boysun tumanidagi Teshiktoshda qadim 
odamlar makonini topishda muvaffaq bo’lganlar. 1947 yilda samarqandli arxeolog 
D.N.Lev Samarqand viloyatidagi taxti qoracha dovoni territoriyasida Omon quton 
g’orini ochib o’rganadi. Shu davrga oid yodgorliklar Toshkent viloyatining Chirchiq 
vodiysidagi Xo’jakent va Obirahmat g’orlarida, Ohangaron vodiysidagi Kulbuloqda 
Buxoro viloyatidagi Uchtutda, Farg’ona vodiysidagi Qal’acha va So’x atroflarida 
topib o’rganildi. Teshiktosh g’ori butun dunyoga mashhur bo’ldi. Bu yerni 
1
Sa’dullayev A.Norqulov N. O’zbekiston tarixi. T., “Sharq”, 1999, 29-30 betlar. 


o’rganishdagi xizmatlari uchun professor A.N.Okladnikovga Davlat Mukofoti 
laureate unvoni berildi. Teshiktoshdan 3000 dan ortiq tosh qurollari arxar, kiyik 
yovvoyi ot, qoplon to’shlar quyon kabi xayvonlarning suyaklari topildi. 1938 yili 
Boysun tog’idegi Teshiktosh makonida 8-9 yoshli neandortal bolasining suyagi 
topildi. Bola jasadi g’orda qoidali qilib ko’milgan bo’lib, qadimgi tosh asri 
qabrlaridan biri bo’lgani isbot qilindi.
1
Antropolog olim M.M.Gerasimov shu noyob 
topilmani qayta tiklaydi.
1
1988 yili O’zbekiston Respublikasi F. A muhbir a’zosi O’tkir Islomov 
raxbarligida Farg’ona vodiysining So’x va Shohimardon soylari soxillarida 
arxeologik tadqiqotlar olib borilib, kata natijalarga erishildi. Arxeologlar Seleng’ur 
g’oridan o’sha zamon toshqurollari bilan ko’milgan odam suyagini topdilar. Bu 
suyak Must’e davrida odamlarning suyaklari bo’lib na neandertal va na 
pitekantronga o’xshaydi. Buni aniqlash maqsadida YUNESKOdan mutaxasislar 
chaqirildi. Mutaxassislar bu suyakni sinchiklab o’rganib, uni “Fergantron” odami 
deb topdilar. Bu esa fan olamida juda kata yangilik hisoblanadi.
“Fergantron odam”ning yashagan davri qadimgi tosh (neolit) davrining ashel 
bosqichi hisoblanadi. Agar Teshiktosh g’oridan topilgan neandartal bolasi bundan 
100 ming yillar avval, yashagan bo’lsa, Fergantron odami esa bundan bir million 
yillar avval yashagani isbot qilindi. Bu ikki topilmaning tarix fani sohasida 
odamzodning paydo bo’lishi muammosining ilmiy yechimida jahon ahamiyatiga 
molik ixtiro ekanligini tan oldi. 
1955 yili Toshkentda chamasi 15 km g’arbda joylashgan Shoim ko’prik degan 
joyning Qoraqamish arig’i bo’yida eng qadimgi tosh davrining izlari ashel davridan 
tortib, must’e va undan keyingi davrlardagi odamlarning juda ko’p toshdan yasagan 
qurollari topildi. Turkistonda Toshkent viloyatining Bo’stonlik tumanida, Farg’ona, 
Qayroqum cho’lida ham achel davrining ba’zi qurollari topilib, o’rganilganda 
Markaziy Osiyo va O’zbekistonda taxminan 400 – 500 ming yil ilgari ashel davri 
qurollarini ishlatgan ibtidoiy to’da bo’lib odamlar yashaganini isbotlab berdi. 
1
Nabiyev A. Tarixiy o’lkashunoslik. T., 1996, 48-49 betlar. 
1
Artsixoviskiy A.V. Arxeologiya asoslari. Toshkent., “O’qituvchi”, 1970, 270 – 271 betlar. 


Mezolit davri oxirlarida odamlar hayvonlarni qo’lga o’rgata boshlaydilar. 
Ovchilar itni o’rgatib olishi bilan ov unumi oshadi. Ov paytida tutib olingan 
qo’zichoq, uloq, buzoqlarni o’ldirmasdan manzilgoh yonida zaxira tarzida boqa 
boshladilar.
O’rta tosh va mezolit davrida yashagan ajdodlarimiz ibtidoiy san’at 
mo’jizalarini yarata boshlaydilar. Bular asosan qoyalarga va qoyatoshlarga qizil 
bo’yoq bilan yoza boshlaganlar, o’ymakorlik usulida tasvirlangan ov manzaralari 
hisoblanadi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumi davridan qolgan yodgorliklar: 
qoyatoshlarga o’yib solingan qadimgi odam va hayvonlarning rasmlari, 
Surxondaryo viloyatidagi Zaravut soyi darasida, Samarqand atrofidagi Ilonsoy va 
Oqsoyda, Jizzax viloyatining Takatosh (Molguzar tog’i) va Sayxonsoy mavzesida, 
Toshkent viloyatining Parkent, Chotqol tog’ tizmalarida, hamda Andijon 
viloyatining Xo’jaobod, Imomota tog’ tizmalarida topib o’rganilgan. Molguzar 
tog’ining Jizzax shahri yaqinidagi Takatosh va Sayxonsoyda toshga o’yib yozilgan 
surat manzaralaridan birida o’ndan ortiq ovchi yovvoyi buqa va arxarlar podasiga 
kamondan o’q uzayotganliklari chizilgan. O’rtaga ko’rinarli joyda bir ovchi 
ayolning rasmi solingan. Rasmda itlar ham bor. Bu shubhasiz, odam qo’liga 
o’rgangan hayvonlarning tasviridir.
1
Neolit (yangi tosh) davrida o’tish, asosan toshni silliqlash va teshish usullarini 
o’rganishdan boshlangan. Bu davrda odamlarning katta yutuqlaridan biri sopol 
idishlar yasash bo’ldi. Ko’pchilik aholi bu davrda daryo, ko’l va dengizlar bo’yida, 
aksariyati qum ustida chayla qurib yashaganlar. Markaziy Osiyoda neolit davri 6 – 
4 ming yilliklar bilan belgilanib, odamlar o’troq bo’lib, ovchilik va baliqchilik bilan 
kun kechirganlar. Ana shuning uchun ham spool idishlarning tagi tekis emas, 
yumaloq yoki tuxum uchiga o’xshash yasalgan. Arxeologlar tomonidan 
O’zbekistonda Boysun tog’laridagi Machay, Amir Temur g’orlarida, O’zboy 
atrofida va Qoraqalpog’istondagi Yonbosh qal’asi atrofida neolit davri 
madaniyatining qoldiqlari topilgan. Bu neolit davri makonlari ichidagi eng diqqatga 
1
Xaydarov X. Jizzax viloyati tarixi. Toshkent., “Mehnat”, 1996, 20 - bet. 


sazovorlari Qoraqalpog’istonda, Buxoroda topilgan kalta minoralar chaylasi 
hisoblanadi.
1
Neolit davrida qabilalarning ko’pchiligi o’troq hayot tarziga o’tib, doimiy 
yashash uchun manzilgohlar qura boshlaydi. Guvalakdan uylar qurish boshlanadi. 
Urug’ jamoasining qarorgohlari yuzaga keladi. O’troq hayot tarzi va mehnat 
qurollarining takomillashuvi jamoalarning ziroat va chorvachilik bilan 
shug’ullanishiga turli buyumlar yasay oladigan hunarmandchilikning rivoj topishiga 
asos bo’ldi. Bu davrning eng muhim kashfiyotlardan biri kulolchilik, tikuvchilik va 
to’quvchilik bo’ldi. Odamlar baliq va qushlarni tutish uchun to’r to’qishni o’rganib 
oldilar.
Tosh qurollari bilan mis ishlatilgan davr eniolit deb atalib, bu davr miloddan 
avvalgi 4 – 3 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Bu davrning ko’plab manzilgohlari 
Turkmanistonda Konetdog’ tog’ etagidagi soylar quyi oqimida anov, Kaxkaxa, 
Chacha, Nomozgoh kabi tepaliklardan topib o’rganilgan.
2
Bu davrda Xorazmda 
Kaltaminor chaylasidagi kabi yashash davriga o’tib, aholi mayda guruhlarga 
bo’linib, suv toshqinlari chegarasida ibtidoiy dehqonchilik bilan birga chorvachilik 
bilan shug’ullanganlar. Turkmanistondagi singari Kaltaminor chaylasi yaqinidagi bu 
qishloq Qorako’l rayonidagi Zarafshon daryosining qurib qolgan Mahandaryo 
havzasidagi 1950 yillar akademik Ya.G’ulomov tomonidan topib o’rganilgan bo’lib, 
o’troq aholining toshdan ishlangan qurollari, idishlar, o’qlar, zebu-ziynat buyumlar 
va hokozolar topilgan. Xorazmda dehqon va chorvadorlar madaniyati birinchi marta 
Kaltaminor chaylasi yaqinida aniqlangani uchun “Toza Bog’yon madaniyati” deb 
yuritiladi. Bronza mehnat quroliga ega odamlar yerga tuzukroq ishlov berish orqali, 
ekin yer maydonlari kengaydi, ortiqcha mahsulot yuzaga keladi. Bu esa birinchi 
yirik mehnat taqsimotining yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Markaziy Osiyo hududida bronza davri miloddan avvalgi 3 ming yillik 
o‘rtalaridan boshlanib miloddan avvalgi 2 ming yillikkacha kelib, o‘z rivojini 
1
Artsixoviskiy A.V. Arxeologiya asoslari. Toshkent, 1970, 272 bet. 
2
NabiyevA. O’sha ko’rsatilgan kitob, 56 – bet. 


yuksak natijasiga ko‘tarildi. Bu davrda o‘troq dehqonchilik taraqqiy etib, yirik 
qarorgohlar yuzaga keldi.
Sug‘orishning kelib chiqishi Xorazmda Kaltaminor, Toza Bog‘iyon 
madaniyat izlari Amudaryoning toshqin suvlaridan foydalanib yashagan xalqning
madaniyati ekanligi, Moxandaryo havzasida toshqin suvlarni tartibga solib, u erlarda 
qishloq xo‘jalik ekinlari: tariq, arpa, kunjut, qovoq, bug‘doy ekib dehqonchilik 
qilganlar. Xorazm, Farg‘ona, Zarafshon vohasida ham toshqin suvlar tartibga 
solinib, kanal holatiga keltirilgan. Bu Ashel madaniyati davridan tortib, to davlatlar 
yuzaga kelganga qadar, ya’ni Markaziy Osiyoda ilk yozma tarixiy ma’lumotlar 
yuzaga kelgan, bir necha ming yillikni o‘z ichiga oladi.
Arxeologlar tomonidan sun’iy sug‘orishning kelib chiqish manzilgohlari 
Xorazmning g‘arbidan, Qorako‘l cho‘llari, (xozirgi Qaroqolpog‘iston) xududlarida 
bundan 2500 2600 yillar ilgari juda katta qal’a binolar yuzaga kelganligi 
aniqlaganlar.bu qal’alar ichida imoratlar solingan bo‘lib, qal’alar atrofidagi qadimgi 
Soriqamish darasiga kirib, borgan Davdon suvi toshqinlari kanallar orqali 
boshqarilib, dehqonchilik va chorvachilik ishlari amalga oshirilgan. Bu davrdagi 
yozma manbalarda bayon qilinishicha, miloddan avvalgi VII asrda Markaziy 
Osiyoda saklar davlati bilan G‘arbiy Erondagi Axmoniylar davlati yuzaga 
kelganiga qadar bu joylar Xorazm davlatiga qaram bo‘lganligi amalda isbotlandi. 
Markaziy Osiyoda o‘troq hayot va etnogenez masalalari qadimgi Baqtiriya, 
Katta 
Xorazm, 
Marig’iyona 
davlatlari 
kabi 
xarbiy 
demokratik 
konfederatsiyalarining paydo bo‘lgani, ilk shaharlar, ilk qal’a, Qiziltepa, Ko‘zaliqir, 
Afrosiyob, Yorqo‘rg‘on, Davratepa atrofidagi kanallarning qazib ishga 
tushirilganligi kishilarning dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik bilan 
shug‘ullanishiga sabab bo‘ldi.
Mamlakatning iqtisodiy hayotida muntazam xom – ashyo yetkazib beruvchi 
qishloqlarning nufuzi ko’tarilib, xususan ziroatkor maydonlarga bo’lgan munosabat 
ayniqsa ularga egalik qilish udumlari asta sekin o’zgarib bordi. Mamalakatda yer 
aristokratsiyasi – dehqonlar qishloqlarga, ariqlar boshiga kelib, bino qura 
boshlaydilar. VI asrlarga kelib, qurolli yigitlar – chopar saqlab, atrofidagi qishloq 


aholisini o’z foydasiga ishlatib kun kechirdilar. Milodning I asrining 25 yilidan to 
IV asrning 50 yillariga qadar hukm surgan Kushonlar davlati o’rniga alohida – 
alohida hukmdorlar paydo bo’lib, ularning boshida “dehqonlarning” vakili turadi. 
Kata yerga ega bo’lgan dehqonlar aylanasi pasxa bilan o’ralgan, hom g’ishdan
qurilgan qurg’onlarda istqomat qilishgan. Bunday imorat – mudofaa inshootlarning
harobalari hozir Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Farg’ona vohasi va boshqa 
joylarda tepa shaklida saqlanib qolgan.
Tarixiy manbaalarga qaraganda, o’zbek xalqining ijtimoiy, oilaviy maishiy, 
shaxsiy turmushida diniy tasavvurlar muhim o’rinni egallab kelganlar. Din ibtidoiy 
jamoa tuzumida hozirgacha ma’naviy madaniyatning, oila va shaxsiy hayotiga 
singib ketgan. Dinning ildizi eng qadimiy tosh davriga borib taqaladi va keyingi 
tarixiy taraqqiyot jarayonida turli xil shaklda namoyon bo’ladi. Miloddan avvalgi III 
asrdan boshlab O’rta Osiyo va Shimoliy Hindiston, Grek Baqtiriya davlati, keyinroq 
Kushon ham Eftalit davlatlari qo’l ostida bo’lgan. II asrda Kushon davlati budda 
dinini Hindistondan O’rta Osiyo va Sharqiy Turkistonga tarqatib, uni davlat dini 
darajasiga ko’targan. O’zbekistonda ayniqsa, uning janubiy tumanlarida va Sharqiy 
Turkistonda topilgan ko’plab buddizm yodgorliklari o’sha davrga taalluqli ekanligi 
hisoblanadi. 
O’rta Osiyo qadimiy aholisining xudolari ko’p bo’lib, olovlar ham, tosh, 
daraxtlarga ham, ayrim hayvonlar turlariga ham, quyosh, oy, yulduzlarga ham 
sig’inishgan. Biroq eramizdan oldingi 2000 yilning oxirlarida 1000 yillikning 
boshlariga kelib, yangi – otashparastlik dini yuzaga keldi. Bu din ta’limotchisi 
sifatida Spidamid Zardusht (Zaratushtra, Zaraost) yuzaga keldi. Zardusht ta’limoti 
tomonidan yaratilgan “Avesto” (aslida Ovisto) O’rta Osiyo, Eron va Ozaybayjon 
xalqining qadimiy muqaddas kitobi hisoblangan. Bu diniy asar otashparastlar yani 
quyosh va olovga sig’inuvchilar – zardushtiylarning iqtisodiy – ijtimoiy xayoti, olam 
to’g’risidagi tasavvurlari, urf odatlari, madaniyatlari yozuvlarni o’rganishdagi 
muhim manba bo’lib xizmat qilmoqda. Otashparastlik Zardusht dinining rivojlanishi 
Eronda emas balki O’rta Osiyoda bo’lganligi arxeologlar tomonidan isbotlandi. 
Akademik Ya. G’ulomov 1936 yili Xorazmning Mang’it tumanidagi Kubba tog’ 


ustida Zardushtiylarning qabristonin topib, unga xom g’ishtlardan qurilgan 60 metrli 
tor bino xarobasi ichida benihoya ko’p inson suyaklarining qoldiqlari 
saqlanganligini aniqlashga muvofiq bo’ldi. Chunki, Zardushtiylik dini e’tiqodiga 
ko’ra koinot olov, tuproq, suv va xavo kabi to’rt unsurdan tashkil topgan. Bu 
unsurlar muqaddas hisoblangan va ularga nisbatan kishilarning e’tiqodi nihoyatda 
kuchli bo’lgan. Ularga iflos va badbo’y narsalarni tashlash taqiqlangan. Hatto 
marhumlar jasadini yerga ko’mish, suvga tashish, ko’katlar ustida qoldirish 
taqiqlangan. O’sha zamon udumlariga ko’ra marxum yashagan xonadonda bir necha 
kun o’t yoqilmagan, taom pishirilmagan. Murdalar toshloq tepaliklar yoki shahardan 
tashqarida bino qilingan maxsus daxmalarning ustida qoldirilgan. Quzg’unlar va 
yirtqichlar ularning etini yeb bitirgach, suyaklari quyoshda sarg’ayib toblangach, 
ularni jamlab, qopqoqli sopol ostonlar(tobut)ga solib qo’yilgan. Barcha motam 
marosimlari tugagach, marxum ustixonlari solingan ostadon (ossuariy) – tobutcha 
maxsus xilxona “naus”ga kiritilib, supa ustiga terib qo’yilgan.
1
Ya.G’ulomov nomli Samarqand arxeologiya instituti arxeologi A.Gritsaning 
olib borgan izlanishlari tufayli Jizzax viloyati hududida ham marxum murdalarning 
tepaliklar va shahardan tashqarida bino qilingan mahsus daxmalar Zomin tumaning 
Kultepa, Azlartepa va boshqa yirtqichlar yeb bitirgach, qopqoqli sopol ostadonlarga 
ko’milganini topishga muvofiq bo’ldi. Marhumning ustixonlari usti yopiq xumlarda 
ko’milgan tuman markazidan uncha uzoq bo’lmagan Qizilsoy qishlog’ida, 
Zominsoy, Pshag’arsoy hududlarida topib o’rganildi. Jizzax shahri va uning atrfida 
olib borilgan qurilish ishlari natijasida aholi tomonidan topilgan mahsus 
tayyorlangan katta hajmda sopol xum ostadonlar xozirgi paytda Zomin tumani tarixi 
muzeyida namoyish qilinmoqda.
1
Jizzax vohasida, Sangzor daryosi bo’ylarida sug’orma dehqonchilik 
rivojlanadi. Hunarmandlar yasagan mis, bronza va temirdan yasalgan mehnat 
quroliga ega bo’lgan odamlar tomonidan yerga ishlov berish yaxshilanib bordi. 
Chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlanishi, ekin maydonlarining kengayishi 
1
Muxammadjonov A. O’zbekiston tarixi. 1999, 45-bet. 
1
Gritsina A. A. O pogrebleniyax v xumax v Zaaminskom tumane. O’zbekiston moddiy madaniyat tarixi, 2 – 
kitob, Samarqand, 1999, 222 – 225 bet. 


tufayli qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish yuzaga keladi. Bu xol 
chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishiga, hunarmandchilikning 
rivojlanishiga, mehnat taqsimotining yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. O’rta Osiyo 
hududida qadimgi yuksak madaniy hayot yo’lini bosib o’tgan 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish