5-semestr 4-modul. Sohibqiron Amir Temur va undan keyingi davrdagi inshootlarning qurilishida ishlatilgan chizmalar tahlili


Italiyalik olim Gvido Ubaldi (1545-1607)



Download 66,49 Mb.
bet6/47
Sana11.01.2022
Hajmi66,49 Mb.
#351949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
1.Ўқув материали маъруза-5-6-semestr

Italiyalik olim Gvido Ubaldi (1545-1607). 1600 yilda perspektiva nazariyasi bo‘yicha «Perspektivadan olti kitobi» klassik asarini yozdi. Bu kitoblarda perspektivaning asosiy masalalarining barchasi echilgandir. Bu asarlar perspektiva to‘g‘risidagi nazariy ishlarning o‘sha davrdagi sintezi hisoblanadi. Ubaldi to‘g‘ri va teskari masalalarni perspektivada echish usullarini beradi. Bu bilan u hozirgi zamon fotogrammetriyaga asos soldi.

Perspektiv yasashlarning original hollari va ba’zi bir qiziqarli umumlashtirishlarni fransuz arxitektori va matematigi Jerar Dezarg (1593-1662) berdi. J.Dezargning zamondoshi Rene Dekart (1596-1650) perspektiv yasashlarda koordinata metodini qo‘lladi va aksonometrik proeksiyalarga asos soldi. R.Dekart ta’kidlashicha jismning ortogonal proeksiyalar va perspektivada tasvirlash geometrik nuqtai nazardan bir-biriga qardosh bo‘lib faqat ko‘rish nuqtasini holati har xil bo‘lishini aytgan. Birinchi holatda ko‘rish nuqtasi jismdan cheksizlikka uzoqlashtirilgan, ikkinchi holatda u jismga nisbatan aniq masofada joylashgan bo‘ladi. Dezarg perspektiv yasashlar usullarini kengaytirib dekart koordinatalarini balandlik, chuqurlik va kengliklarga masshtablarini qo‘llab yasashlarni tavsiya etgan. Dezarg barcha konus kesimlarini aylananing perspektivasi deb qaraydi. U fazoni cheksiz uzoq elementlari haqidagi tushunchalarni kiritdi. SHu bilan birga proektiv geometriya asosida relef perspektivasini o‘rganishni rivojlantirishga asos soldi.

XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida perspektiv yasashlarni yaxshi bilgan italiyalik me’mor va teatr dekaratori Andrea Potsso (1642-1709) hisoblanadi. Uning 1693 yilda Rimda chop etilgan «Arxitektorlar va rassomlar uchun perspektiva» asarida perspektiv yasashlarga doir yangi usullar keltirilgan. Bu asarda u perspektiv yasashlarga doir o‘zigacha bo‘lgan davrdagi barcha ma’lumotlarni keltiradi. Kitobda u chiziqli, relefli, teatrli va palofonli perspektivalarni bayon etadi. Perspektiv yasashlarda Potsso foydalangan metodlardan eng afzallari jism tekisligini tushirish metodi va yonboshdagi devor metodi hisoblanadi. Bu usullar murakkab ob’ektlarning perspektivasini yasashda qo‘shimcha chiziqlarni kam ishlatib bajarish imkonini beradi.

1711 yilda Golandiyalik matematik Grovezand tomonidan perspektiva nazariyasi bo‘yicha birnecha risolalar yozgan. U chiziqli perspektiva va perspektivaga soyalar yasashning to‘liq nazariyasini beradi. Jismlarning perspektivasini yasash uchun asbob perespektograf yaratdi.

To‘lqinli perspektiva hozirgi zamon aksonometriyasini rivojlantirishda angliyalik matematik Bruk Teylor (1685-1781) va nemis geometri Lambert (1728-1777) larning xizmatlari kattadir. Ular perspektivani muhim geometrik masalalarni echishga qo‘lladilar. Perspektiv yasashlarning rivojlanishi bilan birga parallel holda boshqa tasvirlash usullari son belgili proeksiyalar va ortogonal proeksiyalar usullari ham rivojlanib bordi. Son belgili proeksiyalarning rivojlanish tarixi o‘rta asrlarga to‘g‘ri keladi. CHunki bu davrda savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi bilan dengiz va geografik xaritalarni tuzish va ulardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Dengiz va daryo xaritalarida nuqtalar belgilanib ularga sonlar ko‘rsatilgan. Bu sonlar daryo yoki dengizning shu joyning chuqurligini ko‘rsatgan. Keynroq daryo va dengiz tubidagi son belgilari bir hil bo‘lgan nuqtalar siliq tutashtirilgan. Hosil bo‘lgan egri chiziqlar gorizontallar orqali ko‘rsatilgan.

Topografik sirt gorizontallar orqali tasvirlash ham shu tartibda paydo bo‘lgan. Topografik sirtlarni uning gorizontallari orqali tasvirlash geodeziya va injenerlik qurilish ishlaridan yo‘llarni, gidrotexnik va boshqa inshootlarni loyhalashda keng qo‘llaniladi. Ammo shu davrda plan va fasadlardan geometrik usullar orqali foydalanilmagan.




Download 66,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish