Italiyalik me’mor Lorenso Gilberti (1378-1455). Suratkashlik perspektivasini yasashda tasvirlash prinsiplarini ixtiro qildi. U Florensiyadagi soborlarning bronzadan yasalgan eshiklaridagi naqshlarni bajargan. Perspektiv tasvirlarni geometrik qoidalarni qo‘llab chizgan.
Piero-Franchesko (1406-1492) hozirgi zamon chiziqli perspektivasining asoschisi deb yuritiladi. U o‘zining 1458 yilda yozilgan «Naqqoshlik perspektivasi haqida»gi asarida birinchi marta shaklning perspektiv tasvirlarini geometrik nuqtai nazardan asoslab, «Predmetni ko‘rish konusi bilan kartina tekisligining kesishuv natijasi» deb qaraydi. U tekis shishani kartina tekisligi deb oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |