5-semestr
4-modul. Sohibqiron Amir Temur va undan keyingi davrdagi inshootlarning qurilishida ishlatilgan chizmalar tahlili.
1-mavzu. Temurning nabirasi buyuk o‘zbek olimi, astronom va matematigi, davlat arbobi Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay Markaziy Osiyo xalqlari ilm fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shdi. Uning otasi SHoxrux otasining davlati urnida ikkita mustaqil davlat tuzdi: biri-Xuroson (markazi Xirot)ni o‘zi boshqardi va ikkinchisi - Movarounnaxr (markazi Samarqand)ni Ulug‘bekka topshirdi.
Bobosi Temurning aksi sifatida Ulug‘bek xarbiy yurishlarni yoqtirmas edi. U juda zarur bo‘lsagina, biror xon uning davlati chegarasini buzsa, unga qarshi yurish qilar edi. Uni ilm-fan, qurilish, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish ko‘proq, qiziqtirar edi. U 1417y. Buxoroda, 1420y. Samarqandda, 1432-1433 y. G‘ijduvonda Madrasa qurdirdi. «Bibixonim» masjidi, «Guri Amir» maqbarasi va «SHo-hi Zinda» ansambllari qurilishini nihoyasiga etkazdi. Tahminan 1425-1428 yillari u Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligida o‘zining rasadxonasini qurdirdi. Rasadxonaning binosi uch qavatli bo‘lib, uning asosiy quroli- sekstantning balandligi 50 metrcha edi.
Ulug‘bekning ilm-fanga qiziqishida, birinchidan, bobosi Temur bilan o‘zga yurtlarga qilgan safarlari, bobosi saroyidagi shoirlar va olimlar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar, otasi-SHohruhning noyob kitoblarini sevishi va yig‘ishi, yunon olimlari Platon, Aristotel, Gipparx, Ptolemey, Menelay-larning, shuningdek, o‘z vatandoshlari - Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Xujandiy, Beruniy, Ibn Sinolarning asarlari bilan yaqindan tanish bo‘lishi, o‘sha zamonda O‘rta Osiyoda matematika, astronomiya va boshqa aniq fanlardan etuk asarlar mavjudligi sabab bo‘lgan. Bu shart-sharoitlarning hammasi Ulug‘bek ilmiy yunalishining shakllanishiga, Samarqandda «Astronomiya maktabi» ning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ulug‘bek maktabining muhim ilmiy ishlaridan biri «Ulug‘bek Ziji»ning yoki «Ziji kuragoniy» asarining amaliy astronomiyaga taalluqli, osmon yoritqichlarining koordinatalarini aniq-lash, erdagi ixtiyoriy punktning geografik uzunligi va kengligini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalarni aniqlash kabi masalalar bor.
Ulug‘bek oy va quyosh tutilishlarini ikki usulda: birinchidan, o‘zi tuzgan jadvallar yordamida, ikkinchidan, bevosita hisoblab aniqlash mumkinligini aytadi va bu usullarga doyr misollar keltiradi.
Ulug‘bekning yulduzlar ro‘yxati 1018 yulduzdan iborat bo‘lib, ular yulduz turkumlari bo‘yicha joylashtirilgan. Ro‘yxatda har bir yulduzning turkumdagi raqamidan tashqari, uning yulduz turkumidagi o‘rnining qisqacha tavsifi, 1437 yildagi teng kunlik nuqtasiga nisbatan uzunligi va kengligi berilgan.
Reaksion doiralar tazyiqi ostida Ulug‘bekning ug‘li - Abdu-latif 1449 y. kuzida otasini Makkaga safari bahonasida Samarqand yaqinida qatl ettirdi. Ulugbek jasadi Samarkandda dafn etilgan.
IX asrda yashagan usta me’mor Xasan Ali dastlab qo‘llagan ravoq yasashda arqon uchlarini aniq nuqtalarga maxkamlab va arqonni tortilgan holatda ravoqning tagidan to tepasigacha sirpantirib egri chiziq chizilgan. O‘sha davrda sirpanuvchi tortilgan arqon usulida uch va to‘rt markaz orqali yasaladigan ravoqlar qurilishi ko‘proq afzal ko‘rilgan.
XIV-XVII asrlarda Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari me’morchilik yodgorliklaridagi ravoqlar o‘zining konstruksiyasi bilan boshqalaridan farqlanadi. Bu davr me’morchilik binolarida uch, to‘rt, besh markazli nayzali ravoqlar ko‘p qo‘llanilgan. Mirzo Ulug‘bek qurdirgan Buxoro, Samarqand va G‘ijdivondagi Ulug‘bek madrasalari ravoqlari uch markazli nayzali ravoqlar bo‘lib, binolarda ravoqning kvadratidan balandroq ko‘tarilish shakli qo‘llanilgan. Ravoq yasalish markazlarini soni asosiy ahamiyatga ega emas, ammo egrlilikning yasalish ahamiyati katta bo‘lib, ular past, o‘rta, baland holatdagi qurilishdan silindrik, shargumbaz shakllarda yasalgan.
Ravoqlar va gumbazlar bir-biriga yasash usullari jihatidan bog‘liqdir. Asosan yog‘och, hom g‘isht, pishiq g‘ishtdan qurilgan gumbazlarning balxi, charxi, chortak, chorkunjak, mirzoiy, kulohiy, sholg‘omiy turlari mavjud.
Qadimiy me’morchilik yodgorliklari bino va inshootlarining tom yopmalarida gumbaz va boshqa egri sirtlar mavjud bo‘lib, binokorlik tarixida ko‘p uchraydigan murakkab qurilmalarni bunyod qilish matematik hisoblarni hamda geometrik sirtlarni tasvirlashni talab etadi. Gumbaz qubba shakldagi yarimsharsimon tom yopmasi bo‘lib, asosi (tarxi) kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, ko‘pburchak, silindr shakldagi binolarning ustida barpo etilgan.
Buxorodagi IX asr oxiri X asr boshlarida barpo etilgan Ismoil Somoniy maqbarasi 10,8 x 10,8 m kvadrat tarxli bino bo‘lib, tomi yarim shar shakldagi gumbaz bilan yopilgan. Bu ulkan gumbaz o‘zgaruvchan uch o‘lchamdagi 90,76,57 sm qalinlikda barpo etilgan bo‘lib, gumbazning hosil qilinishida o‘ch o‘lchamdagi 90,76,57 sm qalinlikda barpo etilgan bo‘lib, gumbazning hosil qilinishida me’morlar 31x31x5, 27x27x4, 23x23x3 sm o‘lchamdagi pishiq g‘isht turlaridan foydalanganlar. Har xil o‘lchamdagi g‘ishtni yarim shar shaklidagi gumbaz holatiga keltirib terish o‘sha davr me’morlaridan aniq matemetik va geometrik nazariy, amaliy bilimlarga ega bo‘lishni talab etgan.
XI asrda sodda «Balxi» gumbaz turi keng tarqalgan bo‘lib, bu gumbaz kvadrat tarxli bino ustida to‘rt burchagidan parabola shaklidagi ravoqqa o‘xshatib, g‘isht bilan qiya terilib tom yopmasi hosil qilingan.
Samarqanddagi SHoxi – Zinda ziyoratgohi turli obidalar majmuasidan iborat bo‘lib, u deyarli to‘qqiz asr XI-XIX asrlar davomida shakllangan. Bu obidalarni maxaliy me’morlar va Eron, Hindiston, SHomdan kelgan ustalar hamkorlikda barpo etishgan. Bu tarixiy majmuadagi SHodi Mulk maqbarasi (1372 yil) ustiga qirrali qatlam shaklli gumbaz barpo etilgan. Ushbu maqbara yonida esa Amirzoda maqbarasi (1386 yil) qurilgan. Maqbara kvadrat tarxli, poygumbazi sakkiz qirrali silindrik bo‘lib, gumbazi qovurg‘a yuzli shaklda qurilgan. Uning arxitekturasi o‘ziga xos jiddiy va ko‘rkamdir. O‘sha davrda me’morlarning ijodiy izlanishlari tufayliy maqbara konstruksiyasi ancha takomillashtirilgan.
3.1-a va 3.2-a rasmlarda SHerdor madrasasi va Go‘ri-Amir maqbarasi gumbazlari yopilmalari keltirilgan. Bu gumbazlarning gorizontal kesimlari turlicha bo‘lib, ular sikloidalardan iborat. Bu gumbazlarni tahlil qilganimizda gumbazlarning o‘q kesimlari kongurent egri chiziqlardan iborat. Gumbazlar esa aylanma, parabaloid, elipsoid yoki shar sirtining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |