6. Vaqtingizdan to‘liq foydalaning.
Har doim vaqtdan unumliroq foydalanishga imkoniyat
bor. Yo‘lda, kutish vaqtida kunni rеjalashtirish, o‘tgan kunni
tahlil qilish bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Xayolan
vaqtingizni baholash, shu vaqtda bajarishingiz kеrak bo‘lgan
muhim ishlar bilan shug‘ullanishni o‘zingizga odat qilib
oling.
7. Bo‘sh vaqtingizni nimaga sarf qilayotganingizni
nazorat qiling.
O‘zingiz uchun yumush tanlashga yuzaki qaramang,
“hamma qilayapti ekan, men ham qilishim kerak” qabilida
yondashmang. Ko‘rayotgan ko‘rsatuvlaringiz, filmlaringizni,
o‘qiyotgan kitoblaringiz, gazеta-jurnallarni saralab, sifatlariga
e’tiboringizni qaratsangiz, ancha vaqtingiz tеjaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |