118. Мотивациянинг тузилиши ва функциялари. Motiv (psixologiyada) — inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj. M. shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa M.lar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida M. atamasi subʼyektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Xatti-harakat va faoliyat M.larining majmuasi motivatsiya deyiladi. M. ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini taʼminlaydi. Harakat faoliyatning tarkibi boʻlganligi tufayli u faoliyatning maqsadi va M.i orqali boshqariladi. Baʼzan "M." tu-shunchasini "emotsiya", "maqsad", "ustanovka" atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qoʻzgʻovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi. Motivatsiya - ehtiyoj yoki istak, stimullashtirilgan va yo‘naltirilgan xulq-atvordir. Biz motivatsiyaning uch turini yoritib beramiz: ochlik, jinsiy mayl va maqsadga erishish motivlari. Shu bilan birga boshqa motivlar ham mavjud (chanqoqni uyg‘otuvchi, qiziquvchanlik va ma’qullanish ehtiyoj i). Millatchi Devid Mendel (1983) bir voqeada ochlik “ota va o‘g‘il bir burda non uchun itdek urishishga tayyor edilar” deb eslaydi. 20 yoshli o‘g‘il otani uxlab yotganida uning yostig‘i ostidan nonni o‘g‘irlab yegan, bunday holatni qanday yuz berganini ota qayta-qayta o‘ylayverib tushkunlikka tushib qoladi. Oxir-oqibat ota vafot etadi. “Ochlik insonni juda qiyin holatga olib keladi61”. Ochlik jinsiy mayl va maqsadga erishish motivlaridan oldinda turadi. Psixologlaming motivlar haqidagi qarashlariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, biz buni 3 yo‘nalishga ajratishimiz mumkin: instinktiv nazariya (hozirgi kunda evolutsion nazariya), xohish-istaklarni jilovlash nazariyasi (ichki va tashqi ta’siming bog‘liqligi), qo‘zg‘atuvchanlik nazariyasi (intilishlaming yuqori darajada qo‘zg‘alishi). Ochlik va boshqa his-tuyg‘ular fiziologik jihatdan tajribalarda namoyon bo‘ladi. Qondagi shakaming tarkibi miyaning gipotalamus qismi bilan ochlik va tana vaznini nazoratga oladi. Lekin inson ochligining boshqarilishi butunlay gipotalamusga bogiiq emas, chunki ba’zi insonlar tashqi ozuqa signallariga, ba’zilari esa, oshqozonning yaxshi hazm qilmasligiga ta’sirchan bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |