81.Гештальтпсихология. Geshtaltpsixologiya (nem. Gestalt — shakl, obraz, qiyofa, tashqi koʻrinish va psixologiya) — psixologiyadagi oqimlardan biri. 20-asrning 20— 30-y.larida Germaniyada yuzaga kelgan. G. fon Erenfelsning yaxlitlik idrokning asosiy sifati deb hisoblaydigan taʼlimotiga asoslanadi. Assotsiativ psixologiyaga (qarang Assotsiatsiya) zid ravishda G. psixikaning birlamchi va asosiy elementi sifatida sezgilarni emas, balki yaxlit obrazlar — geshtaltlarni tan oladi. G. tarafdorlari (M. Vertxeymer, V. Kyoler, K. Koffka, K. Levin va b.) psixika mohiyatini idrokning oʻziga xosligi, yaxlitlik bilan izoxlaydilar. G. namoyandalari asarlarida idrokning shakllanishida tajribaning oʻrni oʻrganilmagan va bunga eʼtibor ham berilmagan. Ular nuqtai nazariga koʻra, geshtaltlar (obrazlar) goʻyo odam miyasidagi elektrik jarayonlar tufayli yuzaga keladi. 20-asrning 40-y.larida V. Kyoler miyadagi elektr maydonlari oʻzaro munosabatlari xususidagi fikrni miya qismlari elektr zaryadlari bilan toʻyinishi haqidagi gʻoyalar bilan toʻldirdi. Bu elektr zaryadlar miyaning u yoki bu qismida uzoq vaqtli qoʻzgʻalishlarni yuzaga keltiradi. Ularning miya bir qismidan kamroq toʻldirilgan boshqa qismiga oʻtishi ayrim illyuziyalarni va idrok xususiyatlarini paydo qiladi. Geshtaltpsixologlarning eksperimental metodikasi va ular orqali olingan maʼlumotlar idrok va tafakkur psixologiyasini maʼlum darajada boyitdi. Geshtaltpsixologiya tarafdorlari (M. Vertxeymer, V. Kyoler, K. Koffka, K. Levin va b.) psixika mohiyatini idrokning oʻziga xosligi, yaxlitlik bilan izoxlaydilar. Geshtaltpsixologiya namoyandalari asarlarida idrokning shakllanishida tajribaning oʻrni oʻrganilmagan va bunga eʼtibor ham berilmagan. Ular nuqtayi nazariga koʻra, geshtaltlar (obrazlar) goʻyo odam miyasidagi elektrik jarayonlar tufayli yuzaga keladi. 20-a. ning 40-y. larida V. Kyoler miyadagi elektr maydonlari oʻzaro munosabatlari xususidagi fikrni miya qismlari elektr zaryadlari bilan toʻyinishi haqidagi gʻoyalar bilan toʻldirdi. Bu elektr zaryadlar miyaning u yoki bu qismida uzoq vaqtli qoʻzgʻalishlarni yuzaga keltiradi. Ularning miya bir qismidan kamroq toʻldirilgan boshqa qismiga oʻtishi ayrim illyuziyalarni va idrok xususiyatlarini paydo qiladi. Geshtalt- pisixologiya ,yoki boshqachasiga struktura, yaxlit pisixologiya. Bu yo`nalishning asosiy vakillari X.Erenfel’s, V Keller, qofkalardir. Bu psixologlar barcha murakkab psixik protsesslar elementlar xodisalardan sezgilardan tarkib topadi deb hisoblangan assotsiativ psixologiyaning vakillari bu ta’limotga qarama-qarshi o`laroq, har bir psixik xodisa yaxlit obrazdir, yaxlit struktura- geshtal’tdir degan nazariyani ilgari surdilar. Har bir psixik xodisaning mazmuni uning tarkibiga kirgan qism va elementlarning yiqindisiga nisbatan mazmundorroq hamda boyroqdir.Ayrim epement va qisimlarning yiqindisi butunning mazmunini belgilamaydi balki, aksincha butun kism va elementlarning xususiyatlarini belgilab beradi. Bu psixik strukturaning yaxlitligi nazariyasi avvalo, idrok faktlari osasida ishlab chiharilgan edi. Idrok- bu sezgilarning yiqindisi emas, balki yaxlit obrozdir deb ta’kidlanardi. Psixik maxsulotlar va strukturalarning yaxlitligi bu ta’limot xotira ta’fakkur va iroda xodisalariga tadbiq qilingan edi. Bu alohida- alohida yo`nalish vaoqimlar bir qancha umumiy xususiyatlarga ega bo`lgan xolda “empirik psixologiya ” degan umumiy nom ostida birlashdilar. Psixologiyaning predmeti va metodlarini bir xil tushunish bu barcha omillarning birlashuviga sababchi bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |