Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi:
- ilgarigi tizimdan biryoqlama, tarkibi deformatsiyalashgan iqtisodiyotning meros qolganligi;
- koʻpchilik tarmoqlarning qoloq texnologik bazaga, yuqori energiya va resurs sigʻimiga egaligi sababli milliy iqtisodiyot raqobat- bardoshliligining pastligi;
- iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashuvi;
- yuqori darajadagi inflyatsiya;
- infratuzilma obyektlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi va mustahkam emasligi;
- mineral-xom ashyo bazalarining kam oʻrganilganligi va xoʻjalik oborotiga tortilish imkoniyatlarining yetarli emasligi;
- mamlakat ilmiy-texnika salohiyatining yomonlashuvi, fan-texnika rivojlanishining ayrim yoʻnalishlarida ilgʻor oʻrinlarning boy berilishi, boshqa faoliyat sohalarida intellektual mehnat obroʻsining (prestijining) tushib ketishi;
- ichki bozorlardan chet el firmalari tomonidan vatanimizdagi tovar ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining, shu jumladan, isteʼmol tovarlarining siqib chiqarilishi;
- hududiy separatizm tendensiyasi va boshqarish qarorlarini qabul qilishda tarmoq lobbizmining yuqori darajadaligi;
- investitsion faollikning pastligi;
- kapital xarajatlar oʻrniga joriy xarajatlarni afzal koʻrish;
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
1) eksport tarkibida xom ashyo tovarlarining ustuvorligi, anʼanaviy
mashinasozlik va harbiy sanoat tovarlari bozorlarining yoʻqotilishi;
2) mamlakatning koʻp turdagi mahsulotlar, shu jumladan, strategik ahamiyatdagi va
oziq-ovqat mahsulotlari importiga qaramligi, bogʻliqligi;
3) tashqi qarzlarning oʻsib borishi;
4) eksport va valyuta nazoratining yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligi, bojxona
chegaralarining yopiq emasligi;
5) raqobatga bardoshli eksportni qoʻllab-quvvatlovchi moliyaviy, tashkiliy va
axborot infratuzilmalarning rivojlanmaganligi hamda import tarkibining ratsional
emasligi;
6) eksport-import operatsiyalariga xizmat koʻrsatuvchi transport
infratuzilmalarining rivoj topmaganligi
54. Axborot xavfsizligini taʼminlash moddiy va intellektual xarajatlar qilishni taqozo qiladi. Shuningdek, davlat oʻzining milliy manfaatlari doirasida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi demokratik huquqiy taʼsir vositalarining shakl hamda usullarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Axborot xavfsizligini taʼminlash vazifalari quyidagilardan iborat:
- axborot jarayonlarining globallashuvi sharoitida axborot tarmoqlarining shakllanishida milliy manfaatlarni himoya qilish;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilot, korxona va fuqarolarni
haqqoniy, toʻlaq maʼlumotlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash. Bu esa ular uchun qaror qabul qilishga asos boʻlib xizmat qiladi;
- davlat, jamiyat, shaxs axborot xavfsizligiga ziyon keltiradigan darajada axborot
resurslari butunligining buzulishi oldini olish;
- fuqaro, tashkilot va korxonalarning axborot faoliyati sohasidagi huquq va erkinliklarini taʼminlash va amalga oshirish;
- mamlakat axborot infratuzilmasini himoya qilish va takomillashtirish;
- xalqaro axborot muhitiga, maydoniga qoʻshilishini taʼminlash;
- axborot sohasidagi tahdidlar va xavf-xatarlarga qarshi xarakat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |