O‘zRda hukumat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xokimiyatining oliy ijrochi va boshqaruvchi organi hisoblanadi. U iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyat ko‘rsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni ta’minlaydi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari O‘zR qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi. Viloyat, tuman va shaharlarda ijro etuvchi hokimiyatni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqaradi SUD HOKIMIYATI hokimiyatlar bo‘linishi qoidasiga ko‘ra, davlat hokimiyatining alohida va mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmog‘i. U o‘zida: a) odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari, ya’ni jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik, ma’muriy va konstitutsiyaviy ish (nizo)larni protsessual, qonun bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqish vakolatlari yig‘indisini, ba’zi mamlakatlarda, shuningdek, huquq normalarini izohlash vakolatlarini, qonun ijodkorligi vakolatlari va b. 2darajali vakolatlarni; b) yuqorida qayd etilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organlari tizimini mujassamlashtiradi. Sud hokimiyati. Vakolatlari asosiy — odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari va yordamchi vakolatlarga bo‘linadi. Hoz. zamon demokratik davlatlarida Sud hokimiyatining asosiy vakolatlari turli toifadagi sudlar zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasida Sud hokimiyati ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligi, qonun ustuvorligini ta’minlashga, inson huquklari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga karatilgan. Mamlakatimizda Sud hokimiyatining konstitutsiyaviyhuquqiy maqomi, tuzilishi va faoliyat yuritishining qonuniy asosi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Konstitutsiyada mustahkamlanishicha, «O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi» (106mod-da).
“Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига ўзгартишлар киритиш тўғрисида”ги Қонун қабул қилинди.
Ўзгартиришга кўра, Ўзбекистонда суд тизими қуйидагилардан иборатлиги белгиланди:
● Ўзбекистон Республикаси Конституциявий суди;
● Ўзбекистон Республикаси Олий суди;
● ҳарбий судлар;
● Қорақалпоғистон Республикаси суди, вилоятлар ва Тошкент шаҳар судлари;
● Қорақалпоғистон Республикаси маъмурий суди, вилоятлар ва Тошкент шаҳар маъмурий судлари;
● фуқаролик ишлари бўйича туманлараро, туман, шаҳар судлари;
● жиноят ишлари бўйича туман, шаҳар судлари;
● туманлараро, туман, шаҳар иқтисодий судлари;
● туманлараро маъмурий судлари.
ЎРҚ-671-сон 08.02.2021. Кучга кириш санаси: 09.02.2021
Do'stlaringiz bilan baham: |