Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish yo’nalishida:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun o’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ma’suliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida” PF-5644-son Farmoni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to’g’risida” PQ-4136-son qarori;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo’linmalari tuzilmasini tasdiqlash to’g’risida”gi 82-son qarori qabul qilindi.
Davlat boshqaruvi tizimidagi islohotlar:
Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish yo’nalishida:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishning faol tizimiga o’tdi. Ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar bilan o’zaro hamkorligi kuchaytirildi.
Xalq qabulxonalariga davlat organlarining faoliyatini o’rganish, ularga taqdimnomalar kiritish, qonun buzilishiga yo’l qo’ygan mansabdor shaxslarni lavozimidan ozod etishgacha bo’lgan intizomiy javobgarlikka tortish bo’yicha takliflar kiritish vakolatlari berildi. Aholi muammolarini hal etish bo’yicha “Mahalla-sektor-Xalq qabulxonasi-mahalla” hamkorlik tizimi joriy qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2019 yil 28 noyabrdagi “Davlat boshqaruvidagi ilg’or davlat menejmenti va “Aqlli” boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 959-sonli qarori qabul qilindi.
Ижро этувчи
Қонун чиқарувчи
Суд ҳокимияти
Қонун чиқарувчи ҳокимият (Парламент).
Олий қонун чиқарувчи ҳокимият ҳар бир давлатда ўзига хос хусусиятга эга ва турлича аталади (масалан, АҚШда – Конгресс, Швецияда - Риксдаг, Хитой Халқ Республикасида – Халқ вакиллари умумхитой мажлиси). Ўзбекистонда бундай ҳокимият Олий Мажлис деб номланади. Унинг мақоми, тизими, тузилиши, вазифалари, иш фаолиятига оид қоидаларни белгилашда дунёдаги илғор давлатларнинг ва умуман, олий қонун чиқарувчи органни ташкил қилиш бўйича халқаро тарихий тажриба чуқур ўрганилган ва инобатга олинган.
Ўзбекистонда Олий Мажлис айни пайтда ҳокимиятнинг қонун чиқарувчи ва вакиллик органи ҳисобланади, унинг таркибидаги депутатлар халқ мафаатларини ифодалайди. Олий Мажлис 5 йил муддатга сайланади. 25 ёшга етган Ўзбекистон фуқаролари сайланиш ҳуқуқига эга.