Tirsak arteriyasi
(a. ulnaris)
tirsak chuqurchasidan yumaloq pronator mushagi ostidan
o'tgach, o'z nomidagi nerv bilan tirsak egati bo'ylab yuza va chuqur barmoqlami bukuvchi mushaklar
o'rtasida pastga tushadi. Keyin
canalis carpi ulnaris
orqali kaftga o'tadi va kaftning yuza ravog'ini
hosil qilishda ishtirok etadi. Tirsak arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1.
Tirsak sohasidagi orqaga qaytuvchi arteriya (a.
recurrens ulnaris)
tirsak arteriyasining
boshlanish sohasidan chiqib ikki shoxga bo'linadi. Oldingi shox
(r. anterior)
yuqoriga ko'tarilib,
tirsak tomondagi pastki yonlama arteriya bilan anastomozlashadi. Orqa shox
(r. posterior)
tirsak
bo'g'imining orqa yuzasiga yo'nalib, tirsak tomondagi ustki yonlama arteriya bilan anastomozlashadi.
1.
Suyaklararo umumiy arteriya
Do'stlaringiz bilan baham: |