5-Mavzu: Yozuv tamoyillari. Tayanch so‘z va iboralar


Quyida ba’zi soʻzlarning qaysi yozuv tamoyiliga asoslanishiga misollar keltiramiz



Download 76,95 Kb.
bet3/4
Sana11.11.2022
Hajmi76,95 Kb.
#864117
1   2   3   4
Bog'liq
5. Yozuv Tamoyillari.pdf...

Quyida ba’zi soʻzlarning qaysi yozuv tamoyiliga asoslanishiga misollar keltiramiz:

Fonetik tamoyil

Morfologik tamoyil

Shakliy tamoyil

Tarixiy- an’anaviy
tamoyil

Differensiyalash
tamoyili

Aytoldi
Yozoldi
Shovullamoq
Lovullamoq
Parvoyim
Batalyon
Sentabr

Masxaraboz
Yam- yashil
Uyushiq
Oʻrta Osiyo
Ayta oldi
Tugʻildi
Yuvinmoq

Monopoliya
Soldat
Morfema
Okean
Poema
Ofitser
Vakuum

Kutgil
Koʻrgali
Burun Pudratchi
Sotix
Urmagil

Olma- olma
Bog‘lar- bog‘lar
She’r- sher
Sur’at- surat
Ta’rif- tarif

Shakliy yozuv boshqa tildan kirib kelgan soʻzlarning oʻsha til xususiyatiga koʻra ifodalanishidir.
Ma’lumki, oʻzbekcha soʻzlarning boshi va oxirida ikki undosh yonma-yon kelmaydi. Lug’at haqidagi ma’lumotni oʻzlashtiring.
Lug’at – muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud boʻlgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan soʻzlar yigʻindisi, leksika; soʻzlar (yoki morfemalar, soʻz birikmalari, iboralar va boshqalar) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida maʼlumotlar jamlangan kitob.
Lug‘atlar maʼnaviy- madaniyat sohasida muhim oʻrin egallaydi, ularda jamiyatning maʼlum davrda erishgan bilimlari aks etadi. Lug‘atlar bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: oʻquvchiga muayyan hodisa haqida maʼlumot beradi; uni oʻz va oʻzga tillardagi soʻzlar bilan tanishtiradi; tilni, uning lugʻat tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam beradi. Lug‘atlar juda qadim davrlarda paydo boʻlgan, hozirgi davrda maʼlumot axborot toʻplash va uni oʻquvchiga yetkazishda muayyan ahamiyatga ega. Soʻzni tavsiflashdagi bir qancha farqli xususiyatlariga koʻra lug‘atlarni asosan 2 turga: ensiklopedik va lingvistik (filologik), lugʻatlarga ajratish mumkin. Ensiklopedik lugʻat soʻzlarning oʻzini emas, balki ular orqali bildiriladigan predmet va tushunchalarni izohlaydi, tushuntiradi.
TARJIMAYI HOL
Men, Salimov Karim Olimovich, 1996-yil 28-sentabrda Toshkent shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam – Salimov Olim Oripovich Toshkent pedagogika bilim yurtida o‘qituvchi, onam – Rahimova Gulnora Azimovna 282-maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydilar.
2003-yildan 2012-yilgacha Toshkent shahridagi 282-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qidim. 2012-2015-yillarda Toshkent davlat jahon tillari universiteti akademik litseyida tahsil oldim. 2015-2016-yillarda armiya safida haqiqiy xizmatni o‘tab qaytgach, 2016-yilda Toshkent davlat agrar universitetining iqtisodiyot fakultetiga o‘qishga kirdim. 2020-yilda shu institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, iqtisodchi mutaxassisligiga ega bo‘ldim. Yo‘llanma bilan Toshkent shahar Sirg‘ali tuman hokimiuyati statistika bo‘limiga ishga qabul qilindim. Dastlab hisobchi lavozimida, 2021-yildan buyon bosh hisobchi lavozimida ishlayapman.
2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi a’zosiman.
Uylanganman. Xotinim – Rasulova Muhabbat, 1998-yilda tug‘ilgan. 5-shahar kasalxonasida hamshira bo‘lib ishlaydi. O‘g‘lim – Salimov Nodir, 2018-yilda tug‘ilgan. Qizim – Salimova Lola, 2020-yilda tug‘ilgan.
Mening turar joyim: 700210, Toshkent, Usmon Nosir ko‘chasi, 5-uy, 27-xonadon. Tel.: 97-142-48-71
18.02.2022 (imzo) K.Salimov


Download 76,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish