O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
5-Mavzu: Yozuv tamoyillari.
Tayanch so‘z va iboralar: fonetik tamoyil, morfologik tamoyil, tarixiy-an’anaviy tamoyil , qisqartmalar, unli, undosh, adabiy til, qo‘shimchalar.
Hozirgi oʻzbek adabiy tili orfografiyasi quyidagi tamoyillar asosida ishlab chiqilgan:
Fonetik tamoyil. Bu tamoyilga koʻra soʻzlar fonetik jihatdan qanday eshitilsa, shunday yoziladi. Masalan, ayrim soʻzlarga egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda soʻz oʻzagidagi tovush tushadi: ogʻiz – ogʻzim, burun – burni, singil – singlisi kabi. Yoki qayir, ayir kabi fe’llarga nisbat shaklini yasovchi -il qoʻshimchasi qoʻshilganda ikkinchi boʻgʻindagi unli talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi. Shiningdek, men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qoʻshimchalari qoʻshilgan bitta n tovishi tushib qoladi va shunday yoziladi.
Demak, nutq tovushlarining eshitilishiga qarab maxsus grafik shakl orqali tizimlashtirishi fonetik tamoyil deb yuritiladi . Aytish mumkunki , amaldagi imloda fonetik tamoyil nisbatan kam qoʻllanadi. Masalan, Toshkent, Samarqand soʻzlaridagi soʻnggi d, t tovushlari nutqda tushib qolishiga qaramay, ular yozuvda saqlanadi. Fonetik yozuv quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Quyidagi fonetik yozuv asosida yozilgan sozlarda tovush almashinish hodisasi kuzatiladi: -k, -q undoshlari bilan tugagan soʻzlarga egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi, shunday aytiladi va yoziladi: bilak-bilagim, tilak-tilagim.
-ga, -gana, -guncha kabi g tovushi bilan boshlanuvchi qoʻshimchalar oxiri k, q tovushlari bilan tugagan soʻzlarga qoʻshilsa, asos yoki qoʻshimcha tarkibida tovush almashadi: terak+ga= terakka, buloq+ga=buloqqa, oq+guncha=oqquncha. Boʻya,tara , sana, tanla kabi soʻzlarga -q yoki -v soʻz yasovchi qoʻshimchalari qoʻshilsa, asosdagi a tovushi o tovushiga almashadi: boʻya -boʻyoq, sana- sanoq. Yosh, son, ot kabi soʻzlarga -a fe’l yasovchi qoʻshimchasi qoʻshilsa, asosdagi o tovushi a tovushiga almashadi va shunday yoziladi: yosh- yasha, son-sana. Quyidagi fonetik yozuv asosida yozilgan soʻzlarda tovush tushish hodisasi kuzatiladi: ogʻiz, burun, shahar kabi soʻzlarga egalik qoʻshimchalari qoʻshilsa, ikkinchi bogʻindagi i, u, a unlilar tushib qoladi: ogʻil-ogʻlim, ogʻiz-ogʻzim.
Ikki,olti,yetti kabi sonlarga jamlovchi son qoʻshimchasi qoʻshilsa, (-ov,-ala, -ovlon) asosdagi i unlisi tushib qoladi: ikki-ikkov, yetti-yettov.
Men, sen kabi olmoshlarga qaratqich va tushum kelishiklari qoʻshimchasi -ning, -ni qoʻshilsa, mening,seni, meni kabi aytiladi va yoziladi.
Quyidagi fonetik yozuv asosida yozilgan soʻzlarga tovush orttirilishi kuzatiladi: isi, sasi soʻzlariga -q soʻz yasovchi qoʻshimchasi qoʻshilsa,issiq,sassiq tarzida aytiladi va shunday yoziladi. U, bu, shu, oʻsha olmoshlariga -da,-dan, -day, -dagi, -cha, qoʻshimchalari qoʻshilganda n tovushi qoʻshib aytiladi va shunday yoziladi: unda,shunda. Bu olmoshlarga egalik qoʻshimchalari qoʻshilganda ham fonetik yozuv asosida yoziladi: buningiz, oʻshanisi kabi.
Shuni aytib oʻtish lozimki, 1995-yilda yangi imlo qoidalari qabul qilingach, shu vaqtgacha grafik-etimologik tamoyil asosida yozib kelingan koʻplab ruscha oʻzlashmalar endi fonetik tamoyil asosida, ya’ni oʻzbek tilining fonetik xususiyatlariga mos ravishda yoziladigan boʻldi. Qiyoslang: sirk, sentabr, budjet, assimilatsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |