Morfologik tamoyil. Hozirgi imloda eng koʻp qoʻllanadigan tamoyil morfologik tamoyildir. Soʻz oʻzagiga qoʻshiluvchi morfemalarning yozuvda toʻliq yoki qisman bir tizim asosida aks ettirilishi yoki ularning variantlaridan birining tanlab olib yozilishi asosida bir xillikka erishish morfologik tamoyil deyiladi. Masalan, zamon va shaxs-son qoʻshimchalari, -dan, -da qoʻshimchalari, egalik qoʻshimchalari ogʻzaki nutqda qanday aytishlaridan qat’iy nazar, imloda oʻzining bir xil holda yozilaveradi.
Jumladan, kelishiklardan -ni qoʻshimchasi Toshkent shevasida 10 dan ortiq shaklda qoʻllanishiga qaramasdan, yozuvda imloda qabul qilingan bitta shakl (-ni) bilan yoziladi. -dan, -da qoʻshimchalari ba’zan -ta, -tan (ishta,ishtan) tarzida aytilsa ham, -da, -dan tarzida yoziladi.Yoki quyidagi hodisani olaylik: asosga g bilan boshlanuvchi qoʻshimcha qoʻshilganda, asosda ham, qoʻshimchada ham tovush oʻzgarishi yuz beradi: bogʻga- boqqa, sigʻguncha-siqquncha kabi. Bunda agar asos k yoki q tovushi bilan tugamagan boʻlsa, qoʻshimchaning birinchi tovushi qanday aytilishidan qat’iy nazar, g bilan yoziladi, shuningdek, asosidagi fonetik oʻzgarish ham imloda aks etmaydi. Ya’ni yuqoridagi soʻzlar: bogʻga, sigʻguncha tarzida yoziladi. Hozirgi oʻzbek imlosida morfologik tamoyil asosiy va yetakchi tamoyildir.
Tarixiy-an’anaviy tamoyil soʻzlarning hozirgi holatiga koʻra emas, balki an’ana tusiga kirib qolgan, soʻzlarning hozirgi talaffuz normasiga mos kelmaydigan, qadimdan oʻzlashib qolgan shakliga koʻra yozilishidir. Masalan, hozirgi adabiy tilimizda me’yor sifatida qoʻllanuvchi chorizm, cherkov, chor Rossiyasi ruscha царизм, царская Россия, церковь soʻzlarining xalq talaffuzi asosidagi shaklidir.Ular oʻsha vaqtda tilimizga shu shaklda oʻzlashgan va imloga ham kirib kelgan. Shuningdek, hozirgi imloda tarixiy- an’anaviy tamoyil asosida quyidagi shakllar ham saqlanib qolgan:
buyruq-istak maylining -gil/ -gʻil shakli: Bas, yetar, koʻksimga urmagil xanjar.
maqsad ma’nosini anglatuvchi -gani shaklining -gali, -gʻali, -qali, -kali shakillari: Koʻrgali keldingmi, yor?
Hozirgi – kelasi zamon sifatdoshi yasovchi -r (-ar) ning -ur shakli: Bir kuni tuproq boʻlur tengsiz shamsi tal’at ham, faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.
chiqish kelishigi shakli -din: Faxr-la boqqay Abdullo, koʻzida shodligidan nam, Panohining tilab Haqdin dilida iltijo har dam.
mi yuklamasining -mu shakli: Sevgini tortib bo‘lurmu tosh-u tarozi bilan.
Shakliy yozuv boshqa tildan kirib kelgan soʻzlarning oʻsha til xususiyatiga koʻra ifodalanishidir.
Ma’lumki, oʻzbekcha soʻzlarning boshi va oxirida ikki undosh yonma-yon kelmaydi. Bunday holat arabcha, forscha, ruscha va rus tili orqali Yevropa tillaridan oʻzlashgan soʻzlarda uchraydi. Masalan: drama, spirt, sport, teatr, fikr, zikr.
Bunday holat arabcha, forscha, ruscha va rus tili orqali Yevropa tillaridan oʻzlashgan soʻzlarda uchraydi. Masalan: drama, spirt, sport, teatr, fikr, zikr.
Ba’zi soʻzlar oldin shakliy yozuvda yozilgan, lekin hozir fonetik yozuvda yoziladi. Masalan: rejissor, budjet, militsiya, sentabr. Differensiyalash tamoyili soʻzlarni urgʻu yoki boshqa fonetik vositalar(masalan tutuq belgisi) yordamida farqlab yozishdir: suzma-suzma, tal’at- talat
Do'stlaringiz bilan baham: |