5-mavzu: Turistik marshrutlarni ishlab chiqishni usullari va tamoyillari. Reja


–Xarita. Yevropa - Osiyo transkontinental avtomobil yo‘lining O‘zbekistondan o‘tadigan qismi sxemasi



Download 431,74 Kb.
bet6/9
Sana30.01.2023
Hajmi431,74 Kb.
#905333
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu Turistik marshrutlarni ishlab chiqishni usullari va tam

1–Xarita. Yevropa - Osiyo transkontinental avtomobil yo‘lining O‘zbekistondan o‘tadigan qismi sxemasi

Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarini Rossiya orqali G‘arbiy Yevropa mamlakatlari bilan bog‘laydigan avtomagistral Jahondagi eng yirik avtomagistrallardan biri bo‘ladi. Bu avtomarshrut Rotterdam (Gollandiya) – Shanxay (Xitoy) portlarini bog‘laydi. Umumiy uzunligi 10 ming km. dan ortiq.


Avtomagistralning O‘zbekiston hududidan o‘tadigan qismi–Andijon–Toshkent–Nukus–Qo‘ng‘irot trassasining umumiy uzunligi 1422 km, barcha kirish yo‘llarining uzunligi 500 km bo‘lib, Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan boshlanib, so‘ngra Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari, Qizilqum orqali Xorazm viloyati hududidan o‘tib Nukusga chiqadi.
Trassa Afg‘oniston va Turkmaniston yo‘nalishidagi xalqaro trassalarni ham kesib o‘tadi. Trassani loyihalash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 18 avgust qarori asosida 1999-2000 yillarda amalga oshirildi. Loyihalash yechimlari jahon standartlari darajasida qabul qilinib, qurilgan yangi trassa avtotransport vositalarining katta tezlikdagi harakatini ta’minlovchi O‘zbekiston Milliy magis traliga aylanadi. Trassa avtotransport vositalarining katta tezligini ta’minlaydi, mamlakat iqtisodiyotida va turizmning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bu imkoniyatlar bilan O‘zbekiston g‘arbga–Yevropa davlatlari turistik marshrut lari ham ko‘payadi.
T oshkent–Andijon–O‘sh–Qashqar avtomobil yo‘li. Bu yo‘l xalqaro ahamiyatdagi yo‘l hisoblanadi. Umumiy uzunligi 940 km. O‘zbekiston (408 km), Qirg‘iziston (272 km), Xitoy (260 km) hududlaridan o‘tadi. Yo‘lda dengiz sathidan turlicha balandlikda bo‘lgan 6 ta dovon bor. Shundan O‘zbekistonda Qamchiq (dengiz sathidan 2268 m) va Rezak (2254 m) dovonlarida tunellar qurilgan.

2– Xarita. Toshkent – Andijon – O‘sh – Qashqar avtomobil yo‘li sxemasi
Qirg‘iziston hududida Chayirchiq (2406), Toldiq (3645 m) va Taunmurun (3536 m) dovonlari osha o‘tiladi. Bu yo‘l qadimda Buyuk ipak yo‘lining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan karvon yo‘li bo‘lgan. 1960-70 yillar oralig‘ida yo‘ldagi transport qatnovining ortib borayotganligi hisobga olinib, yo‘lning parametrlari (kengligi) III-IV toifaga (10-12 m) ga keltiri lib, tegishli, zaruriy qismlariga asfalt-beton yotqizilib, qayta ta’mirlangan.
XX asr oxiriga kelib yo‘lning xalqaro ahamiyati kuchaydi. 1997 yil 24-28 aprelda Toshkentda 18 mamlakat ishtirokida yo‘lni ta’mirlash, undan foydalanish va shu yo‘nalishda temir yo‘l qurish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro kengash o‘tkazildi. 1998 yil 19 fevralda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Xitoy hukumatlari o‘rtasida Toshkent–Andijon–O‘sh–Qashqar avtomobil yo‘lida xalqaro avtomobil transporti qatnovi to‘g‘risida bitim imzolanib, yo‘l qurilishi boshlandi. Bu yo‘llar bilan ham O‘zbekistonning-Sharq davlatlariga bo‘ladigan turistik marshrutlari ko‘payadi. Albatda qayd qilingan qit’alararo bu ikkala marshrut XXI asrning eng zamonaviy marshrutlari bo‘lib qoladi.
Turizmdagi marshrutlar deyarli mavzuli bo‘ladi va mavzu nomidagi turistik marshrut deyiladi. Qayd qilganimizdek, marshrut turistning yoki turistlarning talab va ehtiyojlarini to‘liq qondirish dasturiga ega bo‘lgandagina turistik marshrut deyiladi. Boshqa hollarda marshrut umumiy yo‘l bo‘lib qolaveradi. Turistik marshrutlar turizmdagi turlarning mavzulari bo‘yicha ham bo‘lishi mumkin. Ko‘p holatlarda aralash yoki majmuali mavzudagi turistik marshrutlar yoki bir mavzuda – diniy – ziyoratgoh joylarga ishlab chiqilgan turistik marshrutlar hisoblanadi.
Agarda turistlar talabi bilan ekoturizm marshruti ishlab chiqilganda ekologik turizm resurslari asosan uzoq masofalarda joylashganligidan turistlar zerikmasligi uchun yo‘lbo‘yi turistik ob’ektlarni ham turmarshrutga kiritiladi va yo‘l-yo‘lakay qiziqarli ekskursiyalar uyushtiriladi. Bunday marshrutlar majmuali mavzudagi turistik marshrutlar deyiladi. Demak turistik marshrutlarning mavzulari ko‘p hollarda turizmning turlari nomi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Turizmning ma’lum bir davlatda rivojlanishiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi. Turizm manzillariga yangi tur marshrutlarning ishlab chiqilishi bevosita turizmni rivojlantirish omillarining harakati bilan bog‘liq bo‘ladi. Turizmni rivojlantirish omillarining biror bir omili yoki shakli alohida yuzaga chiqganda turistik marshrut yoki harakatdan to‘xtaydi yoki yangi turmarshrut ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi.



Download 431,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish