Nutq o`stirish usullari. 1. Bolalar nutqidagi kamchiliklarni to`g`rilash. 2. Lug`atini boyitish. 3. So`z ma`nolarini izohlash. 4. Yig`iq gapni yoyiq gapga, sodda gapni qo`shma gapga aylantirish. 5. Yaqin ma`noli so`z tanlash (sinonim topish). 6. Rasmga qarab kichik hikoya tuzish. 7. Logoped yordamida tashkil etish. Savod o`rgatish davrida o`qish va yozishni o`rgatish jarayonida ba`zi grammatik bilimlar yo`l yo`lakay berib boriladi. Gap, so`z, bo`g`in, nuqta, so`roq, undov, vergul kabi atamalar o`rgatib boriladi. Savod o`rgatishning birinchi oylaridayoq kishilarning ismi, joy nomlarining bosh harf bilan yozilishi amaliy tanishtiriladi. Tovushlarni tanishtirishda jarangli, jarangsiz undosh atamalari o`quvchilar nutqidan joy oladi. Alifbedan keyingi bosqich "O`qish kitobi" ga o`tguncha bo`lgan davrda tanlab o`qish, ifodali o`qish, yod olish, rollarga bo`lib o`qish, sarlavha topish, suhbat usullari qo`llanadi. O`qish malakalari: to`g`ri, tez, ongli va ifodali o`qish takomillashtiriladi. Bu davrda ko`proq ichida o`qishga, matn mazmunini tushunishga e`tibor kuchaytiriladi. - Alifbedan keyingi bosqich "O`qish kitobi" ga o`tguncha bo`lgan davrda tanlab o`qish, ifodali o`qish, yod olish, rollarga bo`lib o`qish, sarlavha topish, suhbat usullari qo`llanadi. O`qish malakalari: to`g`ri, tez, ongli va ifodali o`qish takomillashtiriladi. Bu davrda ko`proq ichida o`qishga, matn mazmunini tushunishga e`tibor kuchaytiriladi.
- Savod o`rgatish dayrida tayyorgarligi turlicha bo`lgan o`quvchilar uch guruhga taqsimlanadi. O`qituvchi mustaqil ish tashkil qilganda oson, o`rtacha va murakkabroq topshiriqlar tuzadi, har bir guruhga beriladi. Ayniqsa, yangi pedagogik texnologiyada amal qilish samaralidir.
- Alifbe davrida ta`lim bilan birga, tarbiyaviy ishlar – komil insonni kamol toptirish g`oyasi ham birinchi darajalidir. Vatanga, jamiyatga, mahallaga ko`maklashish g`oyalari ham singdirib boriladi.
- Muammoli vaziyat:
- Maktab direktori yangi bitirib kelgan boshlang’ich ta’lim o’qituvchisini birinchi sinfga uch oyga sinov uchun qo’ydi. Agar berilgan sinfning o’zlashtirish ko’rsatkichi oldingidan yuqori natijani ko’rsatsa, o’qituvchi ishga qabul qilinadi. Lekin, o’qituvchiga berilgan sinf o’quvchilarining o’qishi uchga bo’lingan. Ular harflab, bo’g’inlab, sidirg’a o’qiydilar.O’qituvchi sinf o’quvchilarini bir xilda sidirg’a o’qishlari uchun qanday usullardan foydalanishi kerak?
-
- Nazorat savollari:
- 1.Savod o’ragitish davrida o’quv mashg’ulotlarining asosiy turlarini sanang?
- 2.Bolalar nutqini to’g’ri shakllantirishda qanday ishlar qilinadi?
- 3.Savod o’rgatish jarayonida o’qish va yozish darslari tizimi deyilganda nimani tushunasiz?
- 4.Savod o’rgatishning birinchi bosqichida o’qituvchi bolalarga nimalarni tushuntiradi?
- 5. Savod o’rgatish jarayonida harflarni o’rgatish necha bosqichda o’rgatiladi?
- 6.Savod o’rgatish davrida necha yo’nalishda ish olib boriladi?
- 7. Analiz mashqlarini tushuntiring va misol keltiring.
- 8. Sintez mashqlarini tushuntiring va misol keltiring.
- 9.Diksiya turlarini ayting.
- 10.Nutq o`stirish usullarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |