5-mavzu reja



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana06.04.2022
Hajmi0,51 Mb.
#532894
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5.NUTQ USLUBLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI.

Po‘lat, Temir, Lola, Arslon
kabi kishi ismlari 
turdosh ot sifatida tegishli narsalarning nomlaridir. Aytaylik,
Po‘lat
ismli kishi 
dunyodan ko‘z yumdi, shu kundan boshlab, bu so‘z taqiqqa uchraydi, ya’ni tildan 
chiqib ketadi. Uning o‘rniga shu ma’no ifodasi uchun yangi so‘z tilga olib kiriladi. 
Demak, mazkur qabila tilining lug‘at boyligi tinimsiz o‘zgarib turadi. Tabiiyki, 
bir-ikki yilda mazkur qabilada 100 - 200 odam vafot etsa, o‘z-o‘zidan shuncha so‘z 
tamoman yangilanadi. "Bu g‘aroyib odat tilning barqarorligigagina putur etkazib 
qolmasdan, jamiyat hayotining uzluksizligini ham izdan chiqaradi va o‘tmish 
voqealari solnomasini ham xira va ishonchsiz bir narsaga aylantiradi", —deb 
ta’kidlanadimazkur kitobda. Tilning so‘z boyligiga nihoyatda ehtiyotkorlik, 
hushyorlik, ziyraklik bilan munosabatda bo‘lish lozim. 


Bugun adabiy tilning leksik me’yorlaridan tashqaridagi 
mundial
(futbol 
musobaqasi),
oliygoh
 
(institut),
ilmgoh
(universitet),
o‘yingoh
(stadion) 
kabi 
so‘zlarni qo‘llash nutqning to‘g‘riligiga putur etkazadi.
O‘zbek adabiy tilining talaffuz (orfoepik) me’yorlari deganda, nutqda ayrim 
tovushlar, ularning qo‘shilmasi, so‘zlar, jumla(gap)larning ohangi (intonatsiyasi) 
va shu kabilarni to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari nazarda tutiladi. 
Adabiy talaffuz me’yorlari so‘zning tovush jihatidan hamma tomonidan bir 
xil va to‘g‘ri aks ettirilishini, nutq oqimidagi ohangning aniq tayin etilishini tartibga 
soladi. Bu so‘zning va, umuman, nutqning to‘g‘ri tuzilishi va anglanishi uchun 
benihoya muhimdir. 
SHuning uchun urg‘u me’yorlarini o‘zbek adabiy talaffuzi me’yorlarining 
ichida qarash maqsadga muvofikdir. 
Adabiy talaffuz me’yorlarini belgilashda so‘zlardagi tovush va tovush 
qo‘shilmalarini to‘g‘ri aytish alohida o‘rin tutadi. Bunda mavjud tovushlarning 
o‘ziga xos qonuniyatlari, shakllangan an’ana va shevalardagi umumiy holatlar hal 
qiluvchi rol o‘ynaydi. Masalan,
kitob, hisob, maktab, yuzlab, obod, savod, 
marvarid
kabi so‘zlarning oxiridagi jarangli undoshlarning nutkda
kitop, hisop, 
maktap, yuzlap, obot, savot, marvarit
tarzida jarangsiz aytilishi o‘zbek tilining 
deyarli barcha shevalarida uchraydi, shunga ko‘ra bu holat adabiy talaffuz me’yori 
hisoblanadi. 
SHevalarda keng tarqalgani, tilimizning tovush tabiati va an’anaga kirgani 
tufayli
baland, poezd, Samarqand, xursand, do‘st, artist, g‘isht, go‘sht, Toshkent
kabi so‘zlarda so‘z oxiridagi undoshlarning aytilmasligi (yoki jaranglining 
jarangsizlashishi) ham talaffuz me’yori sifatida qaraladi. SHuningdek, so‘z 
shakllarining quyidagicha aytilishi ham me’yorga aylanib bo‘lgan:
ushta
(uchta),
 
besso‘m
(besh so‘m),
 ushmu 
(uchdi),
 ketti
(ketdi),
 issiz
(izsiz),
 tussiz
(tuzsiz) kabi. 
Darsliklarda ta’kidlanganidek, "og‘zaki nutkda
 bo‘lsa,
kelsa,
 bo‘lgan, kelgan
singari so‘zlar talaffuzida
l
tovushini ko‘pincha tushirib qoldirish ham adabiy 
orfoepiya normasi
ga aylanib qolgan.
Opti, bo‘pti, qopti, borarkan, kelarkan, ovor, 
ko‘yvor
kabi so‘zlarning og‘zaki nutkdagi talaffuzi ham shu hodisaga kiradi." 
Aytish mumkinki, bu holatlarning o‘zbek adabiy talaffuzi me’yorlariga aylanib 
ulgurganiga ancha bo‘lgan. Ulkan adib Abdulla Qahhor "San’atkor" nomli 
hikoyasi (1936 yil) da
bo‘lsa
 fe’lining adabiy talaffuzdagi
bo‘sa
 shakl bilan
bo‘sa
 
(o‘pich) oti o‘rtasidagi shakldoshlikdan foydalanib, mazkur fe’lning faqat
bo‘lsa
 
shaklini adabiy talaffuz deb tushunadigan, hatto
bo‘sa
(o‘pich)- ni ham
bo‘lsa
tarzida aytadigan "madaniyatli" artistning benihoya kulgili qiyofasini 
chizgan:
...San’atkor tajang edi: tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi, bir traktorist 
uni savodsizlikda aybladi... San’atkor uyiga ketgani izvoshga o‘tirganida yana 
tutaqib ketdi: "Hech bo‘lmasa, aytadigan ashulangni o‘rgan, so‘zlarini to‘g‘ri ayt" 
emish!.. — Xizmatchisi savod maktabida
 o‘qiyotgan bir
kishini traktorist savodsiz 


desa, alam qilmaydimi? — dedi san’atkor o‘zicha bo‘g‘ilib, - "labingdan bo‘lsa 
olsam, e shakarlab" deganim u kishiga yoqmapti, "bo‘lsa" emas, "bo‘sa"
emish.
O‘zi bilmaydi-yu, menga o‘rgatganiga kuyaman! Senga o‘xshagan savodsizlar 
"bo‘sa, bo‘masa" deydi. Artist kulturniy odam

gapni adabiy kilib aytadi - 
"bo‘lsa, bo‘lmasa" deydi. 
Umuman, o‘zbek tilining talaffuz me’yorlari shakllangan va darsliklar, 
tegishli lug‘atlar, turli qo‘llanmalarda berilgan.O‘zbek tilining o‘ziga xosso‘z 
yasalishi me’yorlari mavjud. Har kanday yasaladigan so‘z shu me’yorlar doirasida 
bo‘lmog‘i shart. Bu me’yorlarga amal qilinmasdan yasalgan so‘z tilning lug‘at 
tarkibidan o‘rin ololmaydi. Masalan,
-gich (-tich, -qich, -kich)
qo‘shimchasi faol 
yasovchi qo‘shimchalardan bo‘lib, tilimizdagi mavjud so‘z yasalish me’yorlariga 
ko‘ra fe’lga ko‘shiladi va narsa-qurol, ya’ni fe’ldan anglashilgan harakatni 
bajaruvchi qurol otini yasaydi: suzgich, 
chizg‘ich, qirg‘ich, qisqich, ko‘rsatkich
kabi. Bu qo‘shimcha ot turkumidagi so‘zga mutlaqo qo‘shila olmaydi. Lekin 
ba’zilar bu qoidani buzib, tomirgich so‘zini yasaydilar. Pulsografni
 tomirgach
deb 
aytish, o‘zbek tilida bunday so‘z yasash tilimiz tabiatiga tamoman ziddir. CHunki
 
tomir
so‘zi ot turkumiga oid bo‘lib, mazkur qo‘shimchaning ma’nosi bilan 
uyg‘unlasha olmaydi, demakki, yangi so‘z yuzaga kelmaydi. SHuning uchun ham 
bu "so‘z" tilimiz lug‘atiga kirmadi. 
 
Nazorat savollari: 
1.
Adabiy til me’yorlarining jamiyat bilan rivojlanishdagi uyg‘unligi
nimalardan iborat? 
2.
Adabiy til me’yorlarining shakllanish omillari qanday? 
3.
Leksik me’yor nimalarni o‘z ichiga oladi? 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish