5-mavzu. Raqamli ekspozitsion nazorat Avtomat ekspozitsiya yaxshi surat yaratish uchun talab qilinadigan yorug‘likning tegishli miqdorini o‘lchaydi. Avtomatfokusdagi kabi avtomat ekspozitsiya ham ko‘phollarda o‘z ishini eplaydi, ammo u kerakli ekspozitsiyani to‘g‘ri o‘lchay olmaydigan ba’zi holatlar ham mavjud. Avtomat ekspozitsiya avtofokus kabi suratga olish markazidan zaruriy yorug‘lik miqdorini o‘lchash uchun foydalanadi. Shuning uchun suratga olish markazi yonida ma’lum yorqin yoki xira joylari bo‘lsa, u ekspozitsiyani xira qilib qo‘yadi yoki qoraytirib yuboradi. Buning o‘rnini to‘latish uchun fotoapparat ob’ekt yorqinligi bo‘yicha o‘rtaga yo‘naltirilladi va zatvor tknopkasi yarim bosiladi. So‘ngra suratga olish xohishi bo‘lgan kompazitsiya tomon fotoapparat yo‘naltiriladi. Har qanday fotoapparat to‘g‘ri ekspozitsiyali fotografiya olish uchun zarur bo‘lgan yorug‘lik miqdori o‘tadigan qilib sozlanishi lozim. Negaki raqamli fotoapparatlar nihoyatda aqlli va bu avtomat amalga oshiriladi. Lekin shunday vaziyatlar ham bo‘ladi, ularda fotoapparatga mo‘ljaldagi fotografiyani olishga yordam berishi zarur bo‘ladi. Ko‘pgina fotoapparatlar viderjka (ekspozitsiya davomiyligi) va diafragmani (zatvor orqali o‘tkazish imkoni berilagan yorug‘lie miqdorini tartiblovchi mexanizm) sozlash imkonini beradi.
Suratga olish rejimi-viderjka afzalligi:Ba’zi fotoapparatlar zatvor tezligini qo‘lda sozlash imkonini beradi, ayni paytda avtomat ekspozitsiyaga tegishli avtomat diafragmasini o‘rnatishga yo‘l ochadi. Otikadan ham foydalanish mumkin. Agar ob’ektni harakatda suratga olishga intilish bo‘lsa yoki muqim harakatni (zatvorning yuqori tezligida) olish xohishi bo‘lsa, yoxud suvalgan tasvir (zatvorning past tezlikdagi ishda) olish zarur bo‘lganda zatvor viderjkasi afzalligidan foydalaniladi.
Suratga olish rejim-diafragma afzalligi:Diafragma afzalligi (Aperture Priority) zatvor tezligi afzalligi bilan bir xilda ishlaydi, diafragmaning talab darajasidagi tezligi o‘rnatilganda fotoapparat tegishli tezlikni tanlash bundan mustasno. Bu cho‘ziq maromda tasvir tiniqligini yaxshilash zarur bo‘lganda foyda beradi. Negaki ko‘pgina raqamli fotoapparatlarda diafragma plyonkali fotoapparatlardan farqli tiniqlikni yaxshilanishiga kuchli ta’sir qilmaydi, bu tez-tez foydalaniladigan xususiyat emas.