5-mavzu. Pul tizimi: mazmuni,turlari va elementlarstrreplA


Pul tizimining elementlari



Download 25,19 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2022
Hajmi25,19 Kb.
#598475
1   2   3
Bog'liq
5- мавзу Пул тизими (1)

Pul tizimining elementlari.
Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni uz ichiga oladi: pul birligi; valyuta kursini o’rnatish qoidalari, baxolar masshtabi; pul ko’rinishlari; emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati.
Pul tizimining tarkibiy qkismi milliy valyuta tizimidir.
Pul biriligi - konuniy tarzda urnatilgan pul belgisi bulib, barcha tovarlar baxosini uzaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat kiladi. Kupincha pul biriligi mayda bulinuvchi kismlarga ajraladi. Kupchilik mamlakatlarda unlik bulinish tizimi urnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AKSh dollari 100 tsentga, 1 funt sterling - 100 pensga, 1 Indoneziya rupiyasi - 100 senga teng va x.k)
Rasman baxolar masshtabi o’zining iktisodiy ma’nosini davlat monopolistik kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to’xtatilgandan so’ng yo’kotdi. 1976-1978 yilda o’tkazilagan Yamayka valyuta isloxoti natijasida oltinning rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi.
Qonuniy to’lov vositasi bo’lgan pul ko’rinishlari - bular asosan bank kredit biletlari, qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan,AQSh da muomalada kuyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 15, 5 va1 dollarlar, bank biletlari. Xazina biletlaridan tashkari ; kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 tsentli) chiqariladi Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st., 50, 10, 5, 2 pennli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 shilling tagalari yuritiladi, ular yangi
10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’prok xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Xindistonda - 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Respublika hukumati tomonidan iqti­sodiy mustaqillikka erishish borasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirishda, shu jumladan an’anaviy sektorlarni zamonaviylashtirish va mamlakat ichida nisbatan yuqori darajadagi qo’shilgan qiymat hosil qilishga qodir bo’lgan yangi tarmoqlarni tashkil etishda yaqqol ko’zga tashlandi. Mazkur chora-tadbirlar oxir-oqibatda milliy pul tizimini shakllan­tirish va iqtisodiyotda islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirishning poydevori bo’lib xizmat qildi.
Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko’rsatilgan variantlari tahlili asosida dastlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12 noyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi hududida so’m-kuponlarni muomalaga kiritishni joriy qilish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 1993 yil 15 noyabrdan boshlab oraliq valyuta sifatida «so’m-kupon» 1 so’m - 1 rubl nisbatda muomalaga kiritildi.
1994 yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi bank tizimi rivojlanishining birinchi bosqichini yakunladi va ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Bu iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohotlarda sifat jihatidan yangi bosqich boshlanganidan darak berardi. Bu davrda Marka­ziy bank asosiy e’tiborni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiy o’sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi.
Shu paytdan boshlab, Markaziy bankning asosiy kuch va vositalari mustaqil pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini tartib­ga solish va nazorat qilish, samarali to’lov tizimini yo’lga qo’yishga erishishga yo’naltirildi.
Bu davrda pul tizimining huquqiy bazasi mustahkamlanib, bank qonunchiligi takomillashtirildi. 1995 yili «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuni va 1996 yili O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi zamonaviy pul tizimini tashkil etilishini, tijorat banklarini xalqaro moliya bozorlariga chiqishini, aholi, korxonalar va xorijiy sarmoyadorlarning pul tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlanishini, barqaror iqtisodiy o’sishni hamda xalq farovonligini oshirilishini ta’minlashga qaratilgan istiqbollarni belgilab berdi.

Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish printsiplari.


Tizim deganda o’zaro bog’liq elementlarning birligi tushuniladi.
Pul tizimi – bu bir biri bilan o’zaro bog’liq holda xarakatlanuvchi va pul tizimining yaxlitligini ta’minlovchi elementlarning yig’indisidir.
Pul tizimi – bu mamlakatda yoki alohida olingan iqtisodiy hududda pul muomalasini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Pul tizimini obektiv va subektiv asoslari mavjud. Pul tizimining obektiv asoslariga tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul tizimining subektiv asoslariga to’lov hujjatlarini va vositalarini hamda ulardan foydalanish tartibini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo’yilishi kiradi.
Pul tizimining ikkita jihati mavjud:

  1. Funktsional jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul muomalasidan tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig’indisidir.

  2. Instituttsional jihat – institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig’indisidir. Bunday institutlarga Markaziy bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi muassasalar kiradi.

Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi

  1. Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to’liq bajarilishini ta’minlash tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini o’zgarishiga o’z vaqtida javob bera olishiga aytiladi.

  2. Muomalaga chiqarilgan pullarning ta’minlanganlik printsipi. XX asrning 70-yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta’minlanar edi. Muomaladagi har bir AQSh dollari 1$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1 unsiya = 35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng. Milliy valyutaning oltin bilan ta’minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976-1978- yillarda bo’lib o’tgan Yamayka jahon valyuta tizimida oltinni demonitizatsiya qilish tugatildi. Bu oltindan to’lov vositasi sifatida foydalanishni ta’qiqlash. Natijada baho masshtabi dunyo mamlakatlarida bekor bo’ldi, eng oxirgi davlat Shvetsariya baho masshtabini 2011-yilda bekor qildi. Hozirgi davrda muomalga chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta’minlanadi.

  3. Pul aylanmasini rejalashtirish va prognos qilish prinsipi.

  4. Pul aylanmasini nazorat qilish printsipi

Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarish kapi-talistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim element-lari bundan ancha oldin paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni umumiy ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan.
1. Metall pul muomalasi tizimlari. 2. Qog’oz va kredit pullar muoma-lasi tizimlari.
Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pul-ning barcha funktsiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin;
Kredit va qog’oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan me-tallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi.

Download 25,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish