partiyalar faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi. Hozirga paytda
respublikada beshta siyosiy partiya faoliyat ko‗rsatmoqda. Bular O‗zbekiston xalq
demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, ―Milliy tiklanish‖
demokratik partiyasi, O‗zbekiston tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati —
Liberal-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasidir.
3. O‗zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot
organlari va sud tizimidagi o‗zgarishlar. 2017 yildan e‘tiboran yangi demokratik
institut – O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining O‗zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga Murojaat bilan chiqish instituti joriy qilindi. Mamlakatimiz
Prezidentining Oliy Majlisga har yili yo‗llaydigan ana shu Murojaatnomalarida
belgilangan vazifalar milliy parlamentimizning, butun deputatlar korpusining
faoliyatini tubdan modernizatsiya qilishning asosiy negiziga aylandi. Davlatimiz
rahbari bu yangi an‘anani parlament amaliyotiga kiritish taklifi bilan chiqdi. Ya‘ni
endilikda Bosh vazir hukumat a‘zolari bilan birga O‗zbekiston Prezidentining Oliy
Majlisga Murojaatnomasi dorasida amalga oshirilgan ishlar bo‗yicha Senat va
Qonunchilik palatasida har uch oyda hisobot berib boradi. Ushbu jarayonlar
ommaviy axbort vositalarida tanqidiy-tahliliy asosda keng yoritiladi. Natijada
xalqimiz Murojatnomada belgilab berilgan vazifalar ijrosi qanday holatda
ekanligidan muntazam xabardor bo‗ladi1. Ushbu teran siyosiy va yuridik mazmun-
mohiyatga ega bo‗lgan muhim institut parlamentning mamlakat hayotidagi roli va
o‗rnini chinakamiga oshirish, O‗zbekistonni rivojlantirishning yangi siyosiy
yo‗lidagi muhim ustuvorliklar va vazifalar bo‗yicha ijtimoiy hamjihatlikni
ta‘minlash uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi.
Taraqqiyotimizning yangi bosqichi bo‗lgan 2017 yilda amalga oshirilgan
asosiy ishlar yakuni va O‗zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning
eng
ustuvor
yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Prezident
Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida Davlat va jamiyat qurilishi
tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‗nalishlariga to‗xtalib, ―Davlat xizmati
to‗g‗risida‖gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish bu borada boshqa muhim
masalalar qatorida davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‗lash va ularning munosib
ijtimoiy ta‘minot tizimini yaratish, ayni vaqtda mansabdor shaxslar javobgarligini
oshirishni ham ko‗zda tutish maqsadga muvofiqdir, deb ta‘kidlagan edilar2.
Ushbu Murojaatnomada ―Biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni xalqimiz
bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz‖. ―Xalq davlat
idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak‖ degan
g‗oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda deb ta‘kidlagan edilar. Davlat
xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda o‗tirmasdan, joylarga borib,
aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy yechimi bilan
shug‗ullanishi bosh yo‗nalish bo‗lishi lozimligi uqtirildi. Shunday qilib mamlakat
taraqqiyotining yangi bosqichi boshlandi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev davlat rahbari sifatida islohotlarning ilk davridanoq
mamlakatimiz siyosiy tizimining bir bo‗lagini tashkil etuvchi hokimiyat vakillik
organlari ishiga katta e‘tibor qaratib, deputatlarni xalqning haqiqiy vakillari, uning
xohish-irodasi va manfaatlarining tom ma‘nodagi ifodachisi sifatida e‘tirof etgan
holda, ular bilan uzluksiz muloqotda bo‗lib kelmoqda. Prezident tashabbusi bilan,
deputatlarning har oy o‗n kun davomida bevosita saylov okruglarida ishlashi
natijasida xalq noiblari o‗z saylovchilarining ehtiyojlari va muammolari to‗g‗risida
1 Саидов А С. Фзбеккистон: милий тарққиётнинг янги босқичида. // Фуқоролик жамияти.№ 1 (57).
Тошкент, 2019. Б.6.
2 Фзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси.
Халқ Сўзи газетаси. 2017 йил 24 декабрь сони
axborot olishini ta‘minlovchi barqaror mexanizm shakllandi. Shuningdek, ikki
tomonlama hisobdorlik tizimi yaratildi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining
ishi ham yangi mazmun-mohiyat bilan boyidi. Parlament a‘zolari bu
Kengashlarning ishida doimiy asosda ishtirok eta boshladilar. Mahalliy va
respublika darajasidagi deputatlarning birgalikdagi sa‘y-harakatlari bilan uzoq
yillar davomida o‗z yechimini topmay kelayotgan ko‗plab masalalar tezkor
ravishda hal etilmoqda.
Mamlakatimiz
parlamenti
faoliyatini
modernizatsiya
chora-tadbirlari
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha
Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishdagi uning rolini
sezilarli darajada kuchaytirdi. Harakatlar strategiyasi umumjahon amaliyotida keng
istemolda bo‗lgan bunday taraqqiyot dasturlarida nazarda tutilgan maqsadlarni
vaqt, aniqrog‗i yillar hamda ularga mutanosib ravishda qabul qilingan davlat
dasturlari kesimida realizatsiya qilib borish mexanizmi bilan farq qiladi. Bu,
birinchidan ko‗zda tutilgan maqsadlar realizatsiyasi bilan bog‗liq vaqt omilining
aniqligi, ikkinchidan, ushbu maqsadlarni ruyobga chiqarish imkoniyatlarining
reallashuviga olib keladi3. Unda davlat boshqaruvini markazlashtirishdan
chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy
ta‘minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini
bosqichma-bosqich qisqartirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatining ochiqligini ta‘minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va
erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning
zamonaviy shakllarini joriy etish, ―Elektron hukumat‖ tizimini takomillashtirish,
davlat xizmatlari ko‗rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish imkoniyatini
oshirish kabi maslalarga e‘tibor qaratilgan4.
O‗zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan milliy qonunchiligimiz tizimini
insonparvarlik g‗oyalari bilan uyg‗unlashtirish, oddiy odamlarning manfaatlarini
davlat organlarining idoraviy manfaatlaridan ustun qo‗yish, davlat apparatini aholi,
fuqarolik jamiyati institutlari bilan amaliy muloqotning faol sub‘ektiga aylantirish
bosh masala sifatida belgilandi. Mamlakatimiz rahbarining davlat hokimiyati turli
tarmoqlarining o‗zaro bir-birini tiyib turish hamda muvozanatini saqlash
mexanizmlari tizimida parlamentning rolini oshirishga qaratilgan tashabbuslari
alohida ahamiyatlidir. Natijada Oliy Majlisning faoliyatiga hukumat ishi ustidan
3 Хожиев Т. Ҳаракатлар стратегияси: янги модернизация босқичи. // Демократлаштириш ва инсон
ҳуқуқлари. № 1 сон. Тошкент, 2018. Б.15.
4 Фзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги 4947- сонли Фармони “
Фзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси”. / Халқ сўзи. –
2017. 8 феврал.
parlament nazoratining muhim turi — muntazam ravishda o‗tkaziladigan
―hukumat soati‖ joriy etildi.
O‗zbekiston Republikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi ―Istiqbolli
boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish
chora- tadbirlari to‗g‗risida‖ gi PQ-3755 sonli qaroriga muvofiq, istiqbolli
boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini ta‘minlash, shuningdek,
davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimyat organlari,
boshqa davlat organlari va tashkilotlari tizimida ularning kasbiy malakasini
uzluksiz oshirib borishga ko‗maklashishi maqsadida O‗zbekiston Republikasi
Prezidentining 2018 yil 30 maydagi ―Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida
tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratishchora tadbirlari to‗g‗risida‖ gi PQ-
3755 sonli qarori bilan tasdiqlangan Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olio‗
bo‗yicha ―Taraqqiyot‖ respublika tanlovini tashkil etish va o‗tkazish bo‗ytcha
―yo‗l xaritasi‖ ishlab chiqildi5.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining2019 yil 9 dekabrda qabul qilgan
―Byurokratik to‗siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari
faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora tadbirlari
to‗g‗risida‖ qarori6 vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
boshqa davlat tashkilotlarida eskirgan byurokratik usullarda ish yuritish, shu
jumladan, hujjatlar aylanmasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish
shuningdek, amaliy ahamiyatga ega bo‗lmagan ko‗plab yig‗ilish va majlislar
o‗tkazish amaliyotini bekor qilishga qaratilgan. Shuningdek, ushbu qonunda 2020
yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida
funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy
bo‗linmalariga o‗tkazish, davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy
bo‗linmalari o‗rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron
ko‗rinishda shakllantirish, amaldagi idoralararo kollegial organlarini yanada
qisqartirish va maqbullashtirish bo‗yicha takliflar ishlab chiqilishi kabi masalalar
ta‘kidlangan edi. Zamon shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan bir davrda,
istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida davlat organlariga ishga qabul qilish,
turli xil qog‗ozbozlik va ortiqcha byurokratik yig‗ilishlarni o‗tkazishni cheklanishi
kabi qarorlar muhim ahamiyatli hisoblanadi.
5 Давлат хизматига малакали мутахассисларни жалб этишга қаратилган ягона кадрлар сиёсатини
шакллантириш. // Фзбекистон Републикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга
Мурожаатномасини ўрганиш ва кенг жамоатчилик ўртасида тарғиб этишга бағишланган ИЛМИЙ
ОММАБОП ҚФЛЛАНМА. Тошкент, “Маънавият”, 2019. Б. 215-216
6 Фзбекистон Республикаси Президентинин “Бюрократик тўсиқларни янада қисқартириш ҳамда
давлат органлари ва ташкилотлари фаолиятига замонавий бошқарув тамойилларини жорий
қилиш чора тадбирлари тўғрисида” ги қ а р о р и. / Халқ сўзи/ 2019 йил 9 декабрь.
4.O‗zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy
hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Har qanday ilmiy nazariya yoki
ta‘limotlarni olib o‗rganadigan bo‗lsak, ularning asosida g‗oyalar, urf-odatlar,
an‘analar, madaniy-ma‘naviy qadriyatlar yotganini ko‗ramiz. Bular, o‗z navbatida,
o‗zaro uyg‗unlashib, jamiyat qonunlari, harakat va taraqqiyot qonuniyatlarini
belgilaydi.
Yangilanish, siyosiy tizim va qayta qurish, dunyoviy tamoyillar yo‗liga
o‗tish jarayonida, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy hayotida nodavlat va
notijorat tashkilotlar ko‗rinishidagi fuqarolik jamiyati institutlarining o‗rni va
ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Fuqarolik jamiyatida har bir odam erkin holda o‗zi uchun muayyan
maqsadni belgilaydi. Biroq u boshqalar bilan munosabatga kirishmasdan turib, o‗z
maqsadiga erisha olmaydi. Natijada har bir alohida shaxs boshqalar bilan o‗zaro
munosabatlar vositasida ularning farovonlikka intilishini qanoatlantirgani holda,
o‗zi ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida yaxshi,
farovon yashamoq uchun har bir fuqaroning intilishi pirovard natijada butun
jamiyatni o‗shanday yashashga olib keladi. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati bir
kishining ehtiyojini uning mehnati vositasida qondirishi barobarida, shu mehnat
vositasida barcha qolganlarning ham ehtiyojini qondiradi.
Shu bois fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun nodavlat va notijorat
tashkilotlarini yanada rivojlantirishni bugungi davr taqozo etmoqda. Chunki
fuqarolik jamiyati sharoitida kishilarning turli tuman o‗zaro munosabatlari va
hamkorligi, ularning ixtiyoriy ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish
jarayonlari asosan nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda davlatda amalga oshirilayotgan islohotlarning amalga oshishida
ularning faoliyati yanada kengayadi. Nodavlat notijorat tashkilotlar davlat
hokimiyati tomonidan qabul qilinadigan dasturlar va qarorlarni muhokama
qilishda, jamiyat siyosiy tizimida bo‗layotgan o‗zgarishlarni fuqarolarga
yetkazishda ishtirok etadi. Ular o‗z vakillarini saylov komissiyalari tarkibiga
kiritadi, o‗z nomzodlarini deputatlikka yoki fuqarolar yig‗inlari oqsoqolligiga
qo‗ygan shaxslarga o‗z munosabatlarini bildiradi. NNT jamiyatda kechayotgan
siyosiy jarayonlarga befarq bo‗lmaydi. Ularning a‘zolari saylovlarda faol
qatnashishlari bilan o‗zlarini siyosiy jarayonlarda namoyon etadilar7. Ikkinchidan
esa, nodavlat va notijorat tashkilotlar davlat hokimiyati tomonidan qabul
7 Саитқосимов А.И Фзбекистоннинг ижтимоий-сиёсий барқарорлигини таъминлашда фуқаролар
сиёсий фаоллигининг ўрни. Сиёсий фанлар номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган
диссертация. Т.:2009.-б.83
qilinadigan dasturlar va qarorlarni muhokama qilishda faol ishtirok etadi. Aynan
shu sababli, bugungi kunda turli darajalardagi davlat hokimiyatining qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi organlari qoshida tashkil etilan NNTlar, yoshlar va
bolalar jamoat birlashmalari hamda boshqa maslahat kengash tuzilmalari orqali
davlat hokimiyati tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni muhokama qilishda faol
ishtirok etishi ta‘minlanmoqda.
Uchinchidan, davlat bilan jamiyatning bir-biridan begonalashmasligi ham
nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi bilan bog‗liqdir. Hozirgi
davrda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish vazifalari
nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada rivojlantirishni taqazo etmoqda. Fuqarolik
jamiyatida fuqarolarning turli tuman o‗zaro munosabatlari va hamkorligi, ularning
ixtiyoriy ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etishi jarayonlari asosan nodavlat
notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotganligi tufayli davlat va jamiyat
o‗rtasida begonalashuv xolati cheklanadi.
Jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholini, ularning muayyan qatlamini
tashvishga solayotgan muammolarni hal etish uchun nodavlat notijorat
tashkilotlarning o‗rni beqiyos. Masalan, turli xil darajadagi ekologik muammolar,
aholi bandligini ta‘minlash, mahalliy davlat hokimiyati rahbarlarining qonun
xujjatlariga zid ravishda ayrim soha (ta‘lim, tibbiyot va h.k.) vakillarini majburiy
ishlarga jalb etish va albatta korrupsiyaga qarshi kurash kabi aholini tashvishga
solayotgan, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga, aholining kayfiyatiga salbiy
ta‘sir ko‗rsatayotgan sohalar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda
ham nodavlat notijorat tashkilotlari munosib xissa qo‗shmoqda.
O‗zbekistonda nodavlat tashkilotlar jamiyat hayotida mustaqil faoliyat olib
borishining bir qancha huquqiy asoslari mavjud: xalqaro huquqiy me‘yorlar,
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, rivojlangan mamlakatlar tajribasi hamda
milliy an‘analar kabilardir. Ular asosida mamlakatimizda NNT faoliyat
yuritmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasida ―O‗zbekiston
Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilgan kasaba
uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va
yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning
boshqa
uyushmalari
jamoat
birlashmalari
sifatida
e‘tirof
etilishi‖8
mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari nodavlat notijorat
tashkilotlarning erkin faoliyat olib borishi kafolatlaydi.
Bundan tashqari jamiyat taraqqiyotida muhim o‗ringa ega bo‗lgan NNTlarning
faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida parlamentda nodavlat notijorat tashkilotlar
8 Фзбекистон Республикаси Конститутцияси. – Т.: Фзбекистон, 2018. 19- б.
to‗g‗risida bir qancha qonunlar va boshqa huquqiy me‘yorlar qabul qilingan bo‗lib,
bular ichida O‗zbekiston Respublikasining ―Nodavlat notijorat tashkilotlari
to‗g‗risida‖gi Qonun (1999 yil 14 aprel) nodavlat notijorat tashkilotlarining
serqirra faoliyatini har tomonlama huquqiy jihatdan ta‘minlashga qaratilgan.
Nodavlat notijorat tashkilotlari O‗zbekistonda zamonaviy fuqarolik jamiyatini
shakllantirishda, demokratiyani qaror toptirishda, fuqarolarning huquq va
erkinliklarini himoya qilishda juda muhim rol o‗ynaydi. Shuningdek, ularning
iqtisodiyotni rivojlantirish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog‗liq
umummilliy va mintaqaviy vazifalarni hal etishga qo‗shayotgan hissalari tobora
salmoqli bo‗lmoqda.
Sog‗liqni saqlash, ta‘lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, tadbirkorlik va
kasanachilikni rivojlantirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish, barkamol
avlodni tarbiyalash sohalarida yuzlab NNTlar faoliyat yuritmoqda. Ular
faoliyatining asl mohiyati fuqarolar huquq va manfaatlaridan kelib chiqqan holda
tashkil etilishi, jamiyatni demokratlashtirishga yo‗naltirilganligini bois mavqeyi
yanada ortib borayotganligi hayotimizda sezilmoqda. Agar 1991 yilda mamlakatda
hammasi bo‗lib 100 ta NNT faoliyat ko‗rsatgan bo‗lsa, 2015 yil 1 yanvar holatiga
O‗zbekiston Respublikasi adliya organlari tomonidan ro‗yxatga olingan
NNTlarning umumiy soni 8200 tadan ortib ketdi9. 2019 yilning 1 aprel xolatiga
9964 NNT faoliyat ko‗rsatmoqda10. Yuqoridagi statistikada ko‗rsatilgan raqamlar
ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Fuqarolik jamiyatining ushbu tayanch institutlari yurtdoshlarimizning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda,
ijtimoiy, madaniy va ma‘rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o‗ynamoqda11.
―Nodavlat notijorat tashkilotlari to‗g‗risida‖gi qonunga binoan nodavlat notijo-
rat tashkilotlarining maqsadlari quyidagi yo‗nalishlardagi faoliyatlar bo‗yicha
amalga oshiriladi:
birinchidan, keng ma‘nodagi madaniy maqsadlarga erishish ko‗zlab tuzilgan.
Bunda maorif, ilm-fan, madaniyat sohalarida faoliyat olib boriladi;
ikkinchidan, mamlakat aholisining sihat-salomatligini ta‘minlashni ko‗zlab
faoliyat yuritish (sport va jismoniy tarbiya bilan shug‗ullanuvchi, turli xil
9 Фзбекистон Республикасида нодавлат нотижорат ташкилотларини давлат томонидан рўйхатга
олиш масалалари бўйича амалий қўлланма. – Т.: «art flex», 2015. 12- б.
10 Фзбекистонни ривожлантириш стратегияси. Фуқаролик жамияти. Услубий қўлланма. – Т.: “INFO
CAPITAL GROUP”, 2019. 239- б.
11 Фзбекистон Республикаси Президентининг “Мамлакатни демократик янгилаш жараёнида
фуқаролик жамияти институтларининг ролини тубдан ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги
фармони. http://lex.uz/docs/3721649.0
xastaliklarning oldini olish va ularni davolashning ilg‗or tajriba ham usullarini
targ‗ib etuvchi tashkilotlar);
uchinchidan, turlicha faoliyat yo‗nalishidagi huquqiy muhofazalovchi
tashkilotlar (masalan, iste‘molchilar huquqini himoyalash jamiyati);
to‗rtinchidan, fuqarolarning ma‘naviy va boshqa xildagi nomoddiy
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan tashkilotlar (nosiyosiy uyushmalar, ijtimoiy
jamg‗armalar va boshqalar);
beshinchidan, xayr-ehson ishlari bilan shug‗ullanuvchi tashkilotlar12.
2016 yilda Sh.M.Mirziyoevning mamlakat Prezidenti etib saylanishi, Prezident
tomonidan «xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat
qilishi kerak» prinsipini e‘lon kilinishi, davlat boshqaruvi va xizmatini fuqarolik
jamiyati talablariga mos holga keltirish uchun ―O‗zbekistonda ma‘muriy islohotlar
konsepsiyasi‖ni qabul qilinishi O‗zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning yangi
bosqichini boshlab berdi.
2017 yilda ―Nuroniy‖ jamg‗armasi, Yoshlar ittifoqi, O‗zbekiston fermer,
dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o‗zini
o‗zi boshqarish organlari faoliyatini muvofikdashtirish bo‗yicha Respublika
Kengashi kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni
qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilinishi ham
NNTlarning huquqiy asoslari yanada mustahkamlanganidan dalolat beradi.
Ammo ana shunday muhim sa‘y-harakatlarga qaramasdan, axolining
muammolarini tizimli o‗rganish, ularni aniq hal etish, ayniqsa, ijtimoiy sharoiti
og‗ir ayollarni qo‗llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar o‗rtasida huquqbuzarlik
va jinoyatchilikning oldini olish, ularni ish bilan ta‘minlash masalalarida bu
tashkilotlarning ishtiroki yetarli darajada sezilmayapti. Ular faqat nomiga
yig‗ilishlar o‗tkazish bilan mashg‗ul bo‗lib qolmoqda. Nodavlat notijorat
tashkilotlari bugun aytilgan tanqidiy gaplardan xulosa chiqarib, o‗z faoliyatida
burilish yasaydi, deb ishonamiz‖13.
Fuqarolik jamiyatida faol, tashabbuskor, g‗ayratli, faqat yaratuvchan- lik,
ijodkorlik ruhi va kayfiyati bilan yashovchi shaxslarga e‘tibor va ehtiyoj katta
bo‗ladi. Bunday yuksak intellektual salohiyat tafakkur erkinligining qay darajada
shakllanishi bilan uzviy bog‗liq.
6 Фзбекистон Республикасининг “Нодавлат нотижорат ташкилотлари тўғрисида”ги Қонуни.//
“Нодавлат нотижорат ташкилотлари тўғрисида”ги Фзбекистон Республикасининг Қонунига
шарҳлар. - Т.: Адолат, 2001. - Б. 15.
13 Мирзиёев Ш.М. Фзбекистон Республикаси Олий Мажлисига Мурожаатнома. 22 декабрь 2017 й.
- Т.: Фзбекистон, 2017. - Б. 34-35.
Jamiyatning inson uchun yaratgan real iqtisodiy qulayliklari va imkoniyatlari,
yuridik haq-huquqlari, qaror topgan axloqiy va ma‘naviy muhit uning tafakkuri
erkin, ilg‗or va yuksak ideallarni ko‗zlashi bilan uyg‗unlashmog‗i lozim.
Bir so‗z bilan aytganda, jamiyat siyosiy tizimida muhim o‗rin tutuvchi
fuqarolik jamiyati yuridik, ya‘ni davlat huquqiga oid tushuncha emas. Davlat
o‗ziga ma‘qul fuqarolik jamiyati qiyofasini o‗z qonunlari bilan «ta‘sis etish»,
«belgilash», «o‗rnatish»ga qodir emas. Fuqarolik jamiyati shaxslarning turli
nodavlat va notijorat tashkilotlariga birlashuvi asosida o‗zlarining barcha xohish va
imkoniyatlarini
ro‗yobga
chiqishini
ta‘minlaydigan
yuksak
bosqich,
boshqaruvning oliy shaklidir.
5. Ijtimoiy-sherikchilik. O‗z-o‗zini boshqaruv organlarining faoliyati va
ularning
jamiyatni
demokratlashtirishdagi
o‗rni.
Ijtimoiy sheriklik tamoyili o‗zining mazmun
mohiyatiga ko‗ra ijtimoiy
adolat, fuqarolar farovonligi, ularning ijtimoiy himoyasi
haqida
qayg‗urish
kabi majburiyatni oladi. Shuningdek, ijtimoiy yo‗naltirilgan siyosatni o‗zining
asosiy vazifasi deb bilib, mazkur siyosatning Konstitutsiyada belgilangan yo‗nal
ishlarning keng qamrovli amalga oshirishda tashabbuskorlik ko‗rsatadi.
Mazkur tamoyilga amal qilgan holda davlat, o‗z organlari orqali uzluksiz
ravishda ijtimoiy
hayotning barcha
sohalaridagi
muammolarni
hal qilish
choralarini
ko‗rib boradi. Fuqarolik jamiyatining asosiy elementlari bo‗lgan nodavlat notijorat
tashkilotlari, fuqarolarni o‗zini –o‗zi boshqarish organlari ana shu tamoyil asosida
davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni shakllantirib boradi.
Ijtimoiy sheriklik- o‗z navbatida yuqorida
ko‗rsatib
o‗tilgan uch sektor
manfaatlarini muvofiqlashtirish va ijtimoiy hayotning barcha muammolarini hal
etishdagi hamkorlikdir. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, ijtimoiy sheriklikning
eng muhim jihati bu taraflarning huquq va majburiyatlarga rioya qilish haqidagi
o‗zaro kelishuvi emas, balki
ular o‗rtasidagi munosabatlarning
alohida eng
nufuzli axloqiy qoidalar majmuidir.
Ijtimoiy sheriklikning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu munosabatlar
tizimida taraflar barchasi barcha sohada teng huquq va vakolatlarga ega bo‗lgan va
ijtimoiy kelishishga asoslangan hamda baravar manfaatdor bo‗lgan taraflarning
hamkorligidir.
Bizning mamlakatimiz ijtimoiy sheriklik tizimini amalga oshirishning huquqiy
kafolatlari dunyo tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqilmoqda.
Xususan, O‗zbekiston Respublikasining ―Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliya
tining
kafolatlari
to‗g‗risida‖gi
Qonuni
davlat tomonidan
nodavlat
notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlanishiga, ular tomonidan ijtimoiy ahami
yatga molik masalalarni hal
etishda davlatning moliyaviy
qo‗llab-
quvvatlashi masalalari ko‗zda tutilgan.Eng muhimi nodavlat notijorat tashkilotlari
jamiyatda manfaatlar muvozanatini
ta‘minlashga
ko‗maklashmoqda.
Shu
asnoda har
bir fuqaroning
o‗z
imkoniyatlarini ro‗yobga
chiqarishi, ularning sotsial faolligi va huquqiy madaniyatini oshirishga g‗amho‗rli
k qilish va sharoitlar yaratish uchun o‗z faoliyatlarini yo‗naltirmoqda. Xuddi
shu ma‘noda bugungi kunda jamoatchilik
nazorati
instituti
jamiyatning davlat bilan o‗zaro samarali
aloqasini
ta‘minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o‗zgarishlarga mun
osabatini aniqlashning
muhim
vositalaridan
biriga
aylanmoqda.
Ijtimoiy sheriklik to‗g‗risidagi qonun hujjatlari tanqidiy jihatdan tahlil qilini
b, rivojlangan mamlakatlar tajribasi chuqur o‗rganildi. Darhaqiqat,
evropaning rivojlangan mamlakatlarida ijtimoiy sheriklik bo‗yicha alohida qonunla
r qabul qilingan. Mazkur qonunlarda davlat organlari bilan nohukumat tashkilotlari
ning hamkorlik shakllari, tartiblari, munosabatlari va moliyalash usullari
tartibga
solingan.
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi horijiy davlatlar tajribasiga chuqurroq e‘tibor
qilsak, bu sohaning ikki modelini ajratib ko‗rsatishimiz mumkin, ya‘ni ular
bipartizim va tripartizmdan iborat. Ijtimoiy sheriklikning bipartizm ikki tomonmala
modeli ish beruvchilar va xodimlarning ixtiyoriy, tomonlarning mustaqilligi va
teng huquqliligi asosida manfaatlarni muvofiqlashtirishdan iborat. Ijtimoiy
sheriklikning tripartizm ya‘ni uch tomonlama modeli- ana shunday sheriklikda
davlat hokimiyai vakillari ham ishtirok etadigan turi hisoblanadi. Sheriklikning
bu qoidasi bo‗yicha, hodimlar manfaatlarini ularning vakolatli tashkiloti-kasaba
uyushmalar, ish beruvchilarni-ularning uyushmalari, davlatnikini esa- ijro etuvchi
hokimiyatning organlari himoya qiladi.
Horijiy tajriba shuni ko‗rsatadiki, ijtimoiy sherikchilikning bipartizm
modeli mehnat munosabatlarini tartibga solishda davlatning roli katta bo‗lmagan
ya‘ni ish beruvchi birlashmalar va xodimlar tashkilotlari o‗rtasida ikki tomonlama
hamkorlik amal qiladi hamda ijtimoiy nizolar chiqqanda davlat faqat hakam
yoki
vositachi rolida
qatnashishi lozim. Ijtimoiy
sherikchilikning bu modeli
ko‗proq AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya tajribalarida namoyon bo‗lmoqda.
Ijtimoiy sherikchilikning tripartizm modelida hamkorlik teng manfaatlar asosid
a uch
tomonlama shakllanadi va unda
davlat faol ijtimoiy sherik rolini
bajaradi. Mazkur modelning amal qilishi xalqaro tajribada Fransiya, GFR, Shvesiy
a va Avstriyada mavjuddir. O‗zbekistonda ijtimoiy sheriklik huquqiy
asoslarining bugungi holatini o‗rganish O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
XIII bobi (―Jamoat birlashmalari‖)ning normalarida belgilab berilgan qoidalar
asosida shakllanmoqda. Shu bilan birgalikda 2003 yil 29 avgustdagi ―Jamoat
fondlari to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida
fondlarning davlat
organlari
bilan
o‗zaro
munosabatlari, ijtimoiy
sheriklik, yuridik
va
jismoniy
shaxslarning huquqlari hamda
qonuniy manfaatlarini himoya qilish
asosida belgilangan
Ijtimoiy sheriklikning huquqiy asoslari yana O‗zbekiston Respublikasi
Mehnat kodeksining 28, 52-moddalarida ko‗rsatib berilgan. Agar mazkur
kodeksning 28–moddasida ish beruvchilarning jamoat birlashmalari ixtiyoriy
jamoat tashkilotlari sifatida tuziladi va ish olib boradi, deb ta‘kidlangan bo‗lsa,
ushbu kodeksning 52-moddasida jamoa kelishuvlarida ijtimoiy sheriklik uch
taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalar tuzishga ko‗maklashi
sh,
mehnat nizolarini oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash kabi qoidalar
nazarda tutilishi mustahkamlab qo‗yilgan.
Ijtimoiy sherikchilikning qonuni manfaatlari teng muzokaralar jarayonida
muvofiqlashtiriladi va tegishli hujjatlar-shartnomalar, bitimlar, kontraktlar
orqali
rasmiylashtiriladi.
Ijtimoiy sheriklik ham ijtimoiy munosabatlarning boshqa sohalari kabi
huquqiy tartibga solinishi lozim. Shu munosabat bilan ijtimoiy sheriklik va uni
amalga oshirish tamoyillari va mexanizmni tartibga solish, sog‗liqni saqlash,
atrof-
muhit muhafazasi aholi,
ayniqsa yoshlarni ish bilan
ta‘minlash,
aholining ijtimoiy
himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‗llab-quvatlash hamda muhim ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‗lgan ko‗plab ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan
qonun loyihasi yaratish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri.
Qonun loyihasi 5 bob,
31 moddadan
iborat bo‗lib,
unda mamlakatimizni modernizatsiya qilish va demokratik yangilanish
bo‗yicha ustivor yo‗nalishlardan
kelib
chiqqan
holda ijtimoiy sheriklikning asosiy sohalari qamrab olinadi. Bular jumlasiga:
aholini ijtimoiy himoya qilish, qo‗llab-quvvatlash va ijtimoiy faoligini oshirish, ish
bilan
ta‘minlash,
bandlikka
ko‗maklashish,
kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish,
shuningdek,
atrof-
muhit va aholi
salomatligini asrash, shu tariqa yosh avlodni sog‗lom va har tomonlama sog‗lom v
oyaga
yetkazish, onalik va bolalikni hamda ayollar huquqlarini himoya qilish nazarda
tutilgan.
Yuqorida aytilgan fikrlarni umumlashtiradigan bo‗lsak, ―Ijtimoiy sheriklik
to‗g‗risida‖gi qonunning qabul qilinishi ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi
taraqqiyot dasturlarini amalga oshirishda, muammolarni hal etishda turli qatla
mlarning huquq, erkinliklarini va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat t
ashkilotlarnining davlat hokimiyati organlari bilan o‗zaro munosabati
tashkiliy
huquqiy
mexanizmlarni takomillashtirishning
huquqiy
asosi va
tayanchi
bo‗lib hizmat qiladi.
Nazorat uchun savollar:
Hokimiyatlar bo‗linishi tamoyilining huquqiy asoslarini ko‗rsating.
Oliy Majlis tuzulishi haqida ma‘lumot bering.
―Fraksiya‖ va ―elktarat‖ tushunchalarini izohlang
O‗zbekistonda saylov tizimi va saylov Kodeksi haqida ma‘lumot bering
Ijtimoiy sheriklik
uch
sektor
manfaatlarini muvofiqlashtirish va ijtimoiy
hayotning barcha muammolarini hal etishdagi o‘rnini ko‘rsating
Do'stlaringiz bilan baham: |