fraksiyalarining davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini yanada
kuchaytirish, ularning funksiyalari samaradorligini oshirish, aholining manfaatlarini
bevosita fraksiyalar orqali qonunchilik darajasiga ko‘tarish va hal qilish, partiyaning
yo‘nalish va dasturini parlament va mahalliy Kengashlarda mustahkamlash va
siyosiy tizimi poydevorini barpo etish sohasida puxta va jiddiy ish olib borilgan davr
bo‘ldi. Ma’lumki, istiqlolgacha yurtimizda haqiqiy ma’nodagi siyosiy partiya hamda
ko‘ppartiyaviylik bo‘lmay, yakka mafkura, yagona partiya hukmronligi o‘rnatilgan
edi. Faqat mustaqillikka erishilgandan keyin mamlakatimizda ijtimoiy hayot siyosiy
institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi
mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi qat’iyan konsti-
tutsiyaviy asosda belgilanib, haqiqiy ma’nodagi siyosiy partiyalar faoliyat
ko‘rsatishi uchun zarur huquqiy asos yaratildi.
Bu bosqichda amalga oshirilgan islohotlarning huquqiy negizini tashkil
qiluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar sifatida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat
birlashmalari to‘g‘risida”gi (1991), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
saylov to‘g‘risida”gi (1993), “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi (1994), “Fuqarolar saylov huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi (1994), O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
(1995-1996), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi (1996), “Nodavlat notijorat
tashkilotlari to‘g‘risida”gi (1999) qonunlarni keltirib o‘tish mumkin.
Ikkinchi bosqich (2001-h.v.). Bu bosqichdagi ustuvor yo‘nalishlarning
barchasini o‘ziga qamrab olgan eng muhim vazifa mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy
hayotini, davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini yanada erkinlashtirishdan iborat
bo‘ldi. Bu bosqichda mustaqil rivojlanish yillarida to‘plangan tajribani tahlil etish
va umumlashtirish, rivojlangan mamlakatlarning davlat qurilishi va boshqaruvi
bo‘yicha bosib o‘tgan yo‘lini chuqur tadqiq etish asosida ijobiy tajribani o‘tgan yillar
mobaynida to‘plangan milliy tajribamiz bilan uyg‘unlashtirish asosida
jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilash konsepsiyasini, shuningdek,
mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh etish bo‘yicha
asosiy vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 2 iyundagi “Jamiyatning
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va
chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dasturlarni amalga
oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida va 2005 yil 10 martdagi
“Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda
modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish dasturi to‘g‘risida”gi
Qarorida fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohasida islohotlarning ustuvor yo‘na-
lishlarini amalga oshirish vazifalari tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: