5-mavzu: O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi, amalga oshirilgan siyosiy o‘zgarishlar


O‘zbekistonda  prezidentlik  institutining  shakllanishi,  hokimiyatlar



Download 445,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana31.12.2021
Hajmi445,91 Kb.
#202531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2 5411469797219110273

O‘zbekistonda  prezidentlik  institutining  shakllanishi,  hokimiyatlar 

bo‘linishi prinsipi. Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 143 tasida 

Prezident lavozimi ta’sis etilgan. Mamlakatimizda Prezident lavozimi Oliy Kengash 

tomonidan 1990 yilning 24 martida “O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis  

etish  va  O‘zbekiston  SSR  Konstitutsiyasi  (Asosiy  qonuni)ga  o‘zgartirish  

va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida”gi  qonun  bilan  joriy  etildi.

 

  Qonuniga  ko‘ra, 



O‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  lavozimi  demokratiya  jarayonlarini 

yanada rivojlantirish, siyosiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsion tuzumni, 

fuqarolarning  huquqlari,  erkinliklari  va  xavfsizligini  mustahkamlash,  O‘zbekiston 

Respublikasi  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  oliy  organlarining  o‘zaro  aloqasini 

takomillashtirish  maqsadida  ta’sis  etildi  hamda  uning  konstitutsiyaviy  maqomi 

O‘zbekiston Respublikasining boshlig‘i etib belgilandi.  

Qonunda  fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklariga,  Konstitutsiya  va 

qonunlarga rioya etilishiga kafil bo‘lish, respublikaning suvereniteti, xavfsizligi va 

hududiy  yaxlitligini  muhofaza  etish,  milliy  davlat  tuzilishi  masalalariga  doir 

qarorlarni  amalga  oshirish  yuzasidan  zarur  chora-tadbirlar  ko‘rish,  mamlakat 

ichkarisida  va  xalqaro  tashkilotlarda  respublika  nomidan  ish  ko‘rish,  Oliy 

Kengashga  har  yili  respublikadagi  holat  hamda  ichki  va  xalqaro  hayotning  eng 

muhim  masalalari  yuzasidan  haqida  ma’ruzalar  taqdim  etish,  ayrim  shaxslarni 

lavozimga tayinlash va ozod qilish bo‘yicha vakolatlar, respublika oliy hokimiyat 

va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlash, hukumatning qarorlari 

va  farmoyishlari  ijrosini  to‘xtatib  qo‘yish,  qonunlarni  imzolash,  faxriy  unvonlar 

berish,  faxriy  yorliqlar  bilan  mukofotlash,  respublika  fuqaroligiga  va  siyosiy 

boshpana  berishga  oid  masalalarni  hal  etish,  sudlar  tomonidan  hukm  qilingan 

shaxslarni afv etish va boshqalar Prezident vakolatlari sifatida qayd etildi. 

1992 


yil 

dekabrda 



qabul 

qilingan 

O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitusiyasining  XIX  bobi  O‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  haqida 

bo’lib, 89-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir 

va davlat  hokimiyati   organlarining  kelishilgan  holda  faoliyat  yuritishini hamda 

hamkorligini ta’minlaydi”, - deb yozib qo’yilgan. 

   1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston 

Respublikasida  ijroiya  va  boshqaruv  hokimiyatining  tuzilishini  takomillashtirish 



hamda  O‘zbekiston  SSR  Konstitutsiyasi  (Asosiy  Qonuni)ga  o‘zgartirish  va 

qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida»gi  Qonuni  bilan  davlat  boshqaruvining  uyg‘un 

tizimini  yaratish,  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatini  bir-biridan 

qat’iy farqlab qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan 

Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston 

Respublikasi  Ministrlar  Soveti  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi 

Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda 

Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va 

O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidenti  huzuridagi  bitta  apparatga  birlashtirilishi  belgilandi.  Mazkur  qonun 

mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasiga asoslanishini 

mustahkamlab  qo‘ydi.  Prezidentlik  instituti  ta’sis  etilganidan  so‘ng  davlatimizda 

keng  qamrovli  islohotlar  boshlandi.  1991-yil  18-noyabrda  mamlakatimizda 

prezidentlik  saylovlarini  tartibga  soluvchi  «O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

saylovi  to‘g‘risida»gi  Qonun  qabul  qilindi.  Shu  asosda,  1991-yil  29-dekabrda 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  muqobillik  asosida  saylov  bo‘lib  o‘tdi. 

Oliy  lavozimga  ikki  nomzod  –  O‘zbekiston  Xalq  Demokratik  partiyasi  va 

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom  Karimov va «Erk» 

Demokratik  partiyasi  vakili  Saloy  Madaminov  (Muhammad  Solih)  nomzodi 

qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom 

Karimov  nomzodini,  12,3% esa  Saloy  Madaminov  nomzodini  yoqlab  ovoz  berdi. 

1995-yil  26-martda  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  qaroriga  muvofiq 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  vakolat  muddatini  1997-yildan  2000-

yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil 

9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi. Islom Karimov 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda 

O‘zbekiston  Prezidenti  etib  saylandi.  2002-yil  27-yanvarda  bo‘lib  o‘tgan 

referendumda  prezidentlik  lavozimi  vakolati 5  yildan  7  yilga uzaytirildi. 2007-yil 

23-dekabrda  bo‘lib  o‘tgan  saylovda  88,1  foiz  ovoz  bilan  Islom  Karimov  7  yilga  

saylandi.    2011-yil  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  o‘zgartirish  va 

qo‘shimchalar  kiritildi.  Unga  ko‘ra,  Prezidentning  vakolati  7  yildan  5  yilga 

qaytarildi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  vakolat  muddati  2015-yil 

dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi. 2015-

yil 29-mart kungi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan g‘alaba 

qildi.  2016-yil  2-sentabrda  Islom  Karimov  og‘ir  xastalik  tufayli  vafot  etdi.  Shu 

munosabat  bilan  navbatdan  tashqari  umumxalq  prezidentlik  saylovlari  o‘tkazildi. 

2016-yil  4-dekabrda  O‘zbekiston  Konstitutsiyasi  va  «O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi»gi qonunga muvofiq, muqobillik va sog‘lom raqobat 

asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 88,61% ovoz bilan Bosh vazir Shavkat 

Mirziyoyev prezident etib saylandi. 

 



 

 

 



 


Download 445,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish