Okruglar asosan hududning makroiqlimi o’xshashligiga,
geologik tuzilishiga va
tabiiy-tarixiy jihatdan bir xilligiga qarab ajratiladi. L.N.Babushkin va N.A.Kogay
O’zbekistonda tekislik kichik provinstiyasida 4 ta – Ustyurt, Quyi Amudaryo,
Qizilqum, Quyi Zarafshon, tog` oldi-tog` kichik provinstiyasida 6 ta – O’rta
Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Mirzacho’l, Chirchiq-Ohangaron, Farg`ona
tabiiy geografik okruglarini ajratadilar.
Okrug tog` oldi-tog` kichik provinstiyasida tog` oralig`idagi yoki tog`
oldidagi botiqlarga (ularni o’rab turgan tog` yonbag`irlari bilan birga) yoki tog`
daryosi vodiysiga (uni o’rab turgan tog`lari bilan birga) to’g`ri keladi. Binobarin,
tog` oldi-tog` okruglari emirilish (eroziya) va akkumlyastiyasi o’zaro bog`liq
bo’lgan tog`lar, tog` oldi va tog` oralig`idagi tekisliklardan iborat bo’lib, o’zlariga
xos balandlik mintaqalari bilan ajralib turadi.