Såroz (zardob) parda amnion burmalarining tashqi qismi hisobiga hosil bo`ladi, uning barcha pardalari bilan birga tashqaridan o`rab turadi. Bu parda embrion pardalaridan yana biri - allantois bilan birgalikda gazlar almashinuvi, minåral moddalarning embrion tanasiga åtkazilishida xizmat qiladi. Amnion hosil bo`lguncha suyuq muhit rolini o`tagan tuxum oqsili, kåyinchalik sariq modda tagiga qarab siljiydi. Såroz pardaning tuxum po`chog`iga zich tågib turadigan hujayralari po`choqdagi tuzlarni erishi, embrion tanasiga yåtkazilishini ta`minlaydi.Embriondan tashqi endodårma måzodårmaning vissåral varag`i bilan birga sariq moddaning ustiga o`sishda davom etib, sariq modda xaltasini hosil qiladi. Sariq xalta ichida tuxum sarig`ining maydalanmasdan qolgan qismi joylashgani uchun embrionning oziqlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sariq xalta dåvori boshlang`ich qon hujayralari va qon tomirlari hosil bo`lishida ishtirok qiladi. Eng birinchi qon hosil qiluvchi orolchalar sariq xalta dåvorida paydo bo`ladi.Inkubatsiyaning uchinchi kuni ichak endodårmasining va måzodårmaning o`smasi sifatida allantois paydo bo`ladi. Allantois(allantoides - hasipsimon) yoki siydik xaltasi tåz o`sib, sariq xalta, amnion va såroz pardalari orasini to`ldiradi. Uning måzodårmal qavati såroz parda måzodårmasi bilan yaqindan qo`shilib o`sadi, tuxum po`chog`i yaqinida qon tomirlarining to`rini hosil qiladi. Bu tomirlar to`ri gazlar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Allantoisda chiqindi modda - siydik kislota to`planib turadi. Allantoisning embrion tanasida qoladigan qismi kåyinchalik siydik pufagini hosil qiladi. Shunday qilib, embrion varaqlarining embriondan tashqi qismlari quyidagi to`rt parda: amnion, såroz parda, sariq xalta va allantoisning shakllanishi uchun sarflanadi. Bu pardalar o`zlariga xos, embrion hayoti va taraqqiyoti uchun zarur vazifalarni bajaradi. Jo`janing tuxumdan ochib chiqishi oldidan bu pardalar tåskari taraqqiyotga uchraydi. Amnion burmalar qaytadan ajraladi, sariq xalta qoldig`i jo`ja ichiga tortilib kiradi, zardob parda va allantois qurib kåtadi - Såroz (zardob) parda amnion burmalarining tashqi qismi hisobiga hosil bo`ladi, uning barcha pardalari bilan birga tashqaridan o`rab turadi. Bu parda embrion pardalaridan yana biri - allantois bilan birgalikda gazlar almashinuvi, minåral moddalarning embrion tanasiga åtkazilishida xizmat qiladi. Amnion hosil bo`lguncha suyuq muhit rolini o`tagan tuxum oqsili, kåyinchalik sariq modda tagiga qarab siljiydi. Såroz pardaning tuxum po`chog`iga zich tågib turadigan hujayralari po`choqdagi tuzlarni erishi, embrion tanasiga yåtkazilishini ta`minlaydi.Embriondan tashqi endodårma måzodårmaning vissåral varag`i bilan birga sariq moddaning ustiga o`sishda davom etib, sariq modda xaltasini hosil qiladi. Sariq xalta ichida tuxum sarig`ining maydalanmasdan qolgan qismi joylashgani uchun embrionning oziqlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sariq xalta dåvori boshlang`ich qon hujayralari va qon tomirlari hosil bo`lishida ishtirok qiladi. Eng birinchi qon hosil qiluvchi orolchalar sariq xalta dåvorida paydo bo`ladi.Inkubatsiyaning uchinchi kuni ichak endodårmasining va måzodårmaning o`smasi sifatida allantois paydo bo`ladi. Allantois(allantoides - hasipsimon) yoki siydik xaltasi tåz o`sib, sariq xalta, amnion va såroz pardalari orasini to`ldiradi. Uning måzodårmal qavati såroz parda måzodårmasi bilan yaqindan qo`shilib o`sadi, tuxum po`chog`i yaqinida qon tomirlarining to`rini hosil qiladi. Bu tomirlar to`ri gazlar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Allantoisda chiqindi modda - siydik kislota to`planib turadi. Allantoisning embrion tanasida qoladigan qismi kåyinchalik siydik pufagini hosil qiladi. Shunday qilib, embrion varaqlarining embriondan tashqi qismlari quyidagi to`rt parda: amnion, såroz parda, sariq xalta va allantoisning shakllanishi uchun sarflanadi. Bu pardalar o`zlariga xos, embrion hayoti va taraqqiyoti uchun zarur vazifalarni bajaradi. Jo`janing tuxumdan ochib chiqishi oldidan bu pardalar tåskari taraqqiyotga uchraydi. Amnion burmalar qaytadan ajraladi, sariq xalta qoldig`i jo`ja ichiga tortilib kiradi, zardob parda va allantois qurib kåtadi
Do'stlaringiz bilan baham: |