Uglеrоd skeleti tiplаri – аtsiklik, siklik vа gеtеrоtsiklik birikmаlаr. Izоmеriya
vа gоmоlоgiya. Strukturaviy izоmеriyaning turlаri.
Organik birikmalarni
xilma-xilligini hisobga olib, ularni o‘rganishni
osonlashtirish uchun sinflash va nomlash yo'lga qo‘yilgan. Sinflash va
nomlashning asosiy vazifasi organik birikmalarni bo’limlarga ajratish va ularni
nomlashdan iborat. Organik birikmalarni sinflash
va nomlashda mavjud
nomenklatura va sinflash tizimi o'zaro muvoflq kelishi zarur.
Tuzilish nazariyasi organik birikmalarni sinflashda asos bo‘lib xizmat qildi.
Organik birikmalar ma’lum struktura birliklari (elementlari) va molekuladagi
atomlarning joylanish tartibi bo‘yicha sinflash imkoniyati ochildi. Organik
birikmalarni sinflash uchun ikkita asosiy tamoyil ishlab chiqildi:
1. Molekulada uglerod atomlarining joylashuvi bo‘yicha sinflash;
2. Xarakterli struktura elementlari bo‘yicha sinflash.
Organik birikmalarni sinflash tuzilish nazariyasi va kimyoviy bog‘
hosil
bo’lishi haqidagi zamonaviy tushunchalarga asoslangan. Organik kimyoning
dastlabki rivojlanish bosqichlarida organik birikmalarni sinflashni muayyan
tizimi mavjud emas edi. Barcha organik birikmalarning
molekulasini tuzilishiga
ko‘ra uchta katta guruhga sinflanadi:
1. Ochiq zanjirli birikmalar — asiklik, yoki alifatikbirikmalar va ularning
hosilalari, masalan alkanlar, alkenlar va h.k.
2. Karbosiklik birikmalar:
a) alisiklik birikmalar — siklda uglerod atomining soni turlicha bo’lgan har
xil siklik uglevodorodlar va ularning hosilalari, masalan,
sikloalkanlar,
sikloalkenlar va h.k.
b) aromatik birikmalar yoki arenlar va ularning hosilalari — siklda oltita uglerod
atomi va uchta qo‘shbog‘ tutuvchi siklik uglevodorodlar, masalan, benzol,
naftalin, bifenil va h.k.
3. Geterosiklik birikmalar va ularning hosilalari — siklda uglerod atomidan
boshqa element atomlari tutuvchi siklik birikmalar, masalan, furan, pirrol, piridin
va boshqalar.
Organik birikmalarni sinflashning ikkinchi asosiy tamoyili —
xarakteristik guruhlar bo‘yicha sinflash. Uglerod
zanjirida vodorod atomining
o‘rnini qanday funksional guruh egallaganiga qarab ma’lum turdagi organik
birikmalar sinfi hosil bo’ladi. Masalan,
- uglevodorodlar, uglevodorodlarning
galogenli hosilalari, spirtlar, fenollar,
aldegidlar,
ketonlar,
karbon
kislotalar,
aminobirikmalar,
nitrobirikmalar,
tiospirtlar, efirlar, uglevodlar va h.k.
Uglerod zanjirida uglerod atomlari bilan bog’langan har xil o'rinbosarlar
yoki uglerod zanjiridagi bog’larning turlari (oddiy bog‘ yoki karrali bog’)
struktura elementlari hisoblanadi. Ushbu elementlarni quyidagilarga
ajratish taklif
qilingan:
a) nofunksional o'rinbosarlar, masalan, -F, -Cl, -Br, -I, -NO
2
va b.
b) funksional guruhlar, masalan, -NH
2
, -OH, -SH, >C=0, -COOH va b.
Do'stlaringiz bilan baham: