Millatchilik va madaniyat
XVIII asrning oxiridan davlatning milliylashuvi taʼlim va jamoat hayotining milliylashuvi bilan birga kechgandi. Shoirlar va olimlar ona tilining islohotiga kirishdi hamda uni adabiy til darajasiga koʻtarishdi. Tarix sohasidagi asarlari milliy davlatchilik uchun siyosiy talablar asosini tayyorlab berdi.
Milliy davlatlarda yangi marosimlar paydo boʻldi: festivallar, bayramlar, bayroqlar, musiqa, sheʼriyat, vatanparvar nutqlar. Vaqt oʻtishi bilan yangi elementlar ertaklarda, meʼmoriy uslublarda, mahalliy qonunlarda oʻz aksini topdi. Dinniy siyosiy ahamiyati asta sekin yoʻqoldi, davlat tilini bilish esa oʻta muhim boʻlib qoldi. Ikkinchisi kommunikatsiya texnologiyalarining rivoji va yagona bozorning kengayishidan manfaatdor boʻlgan kapitalizm bilan bogʻliq. Lekin millatchilik hamma vaqt ham mavjud til anʼanalariga tayanmasdi. Koʻpkina hollarda u aslzoda doiralarning tiliga qarshi mahalliy lahjalarni oldinga surardi. Baʼzan kam qoʻllaniladigan tillarning tiklanishi yuz bergan, baʼzan bir nechta shevalarning bitta tilga integratsiyasi sodir boʻlga.
Preindustrial jamiyat asosan vertikal tabaqalarga boʻlingan boʻlsa, yangi tarixda davlatlar siyosati bu tabaqalanishning oldini olishga xizmat qildi. Millatchilik tufayli yuksak madaniyat butun jamiyatni qamrab oldi, uni belgilashni boshladi va siyosiy qoʻllovga ega boʻldi.
Millatchilik odamni milliy madaniyat va til bilan belgilashga intilgani uchun (din, yashash joyi, urugʻ bilan belgilashga qarshi), katta ahamiyatni taʼlim kasb etadi. Ommaviy taʼlim tizimi nafaqat aholiga asosiy kasbiy koʻnikmalarni beradi, balki milliy davlatga oʻz vatandoshlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri samarali muloqot qilishga yordam beradi. Taʼlim tizimi shuningdek etnik koʻpchilikning qadriyatlari, madaniyati, tarixi, tilini qoʻllab quvvatlashga xizmat qiladi.
Millatchilik oʻzingni millat bilan bogʻlash hissini tarbiyalash uchun tarixni tushuntirish va oʻrgatishga alohida eʼtibor beradi. Koʻpkina tadqiqodchilar bunaqa eʼtibor mafkurviy tusga egaligini va oʻz talablari uchun mifologik asos yaratish maqsadida amalga oshirilishini taʼkidlaydilar.
Dunyoning koʻpchilik mamlakatlarida millatchilik zamonaviy jamiyat tuzilishining qismi boʻlib qoldi. Aholi uni oddiy holdek qabul qiladi va hatto millatchi ritorikaga, agar u jamoat tatibiga rahna solmasa va qaysidir inqiroz bilan bogʻliq boʻlmasa, javob koʻrsatmaydi. Odamlarda mafkuraviy tusga ega bir qancha odatlar paydo boʻladi va ular millatning uzluksiz qayta tiklanishini taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |