Davlat millatchiligi millatni oʻz manfaatlarini davlatning qudratini oshirishga va qoʻllab quvvatlashga yoʻnaltirgan insonlar hosil qiladi, deb hisoblaydi. U jinsiy, irqiy va etnik mansublik bilan bogʻliq mustaqil haq-huquqlarni tan olmaydi, chunki bunfay muxtoriyat millatning birligini buzadi, deb hisoblaydi.
Liberal millatchilik liberal qadriyatlarga urgʻu beradi va patriotik-axloqiy kategoriyalardan ustun turadigan inson huquqlari kabi umuminsoniy qadriyatlar mavjudligini eʼtirof etadi. Liberal millatchilik yaqinroq va qadrliroq boʻlganlar uchun prioritetlarni inkor etmaydi, lekin bu birovlarning hisobiga boʻlishi kerak emas, deb hisoblaydi.
Etnik millatchilik (boshqa nomlari: madaniy-etnik, organik, romantik, Sharq millatchiligi) millatni etnosning rivojlanish fazasi deb biladi va qisman oʻzini fuqaroviy millatchilikka qarshi qoʻyadi. Bugungi kunda „millatchi“ deb etnik millatchilikka urgʻu beradigan harakatlar ataladi. Etnik millatchilik nuqtai nazaridan, millat aʼzolarini umumiy meʼros, til, din, anʼanalar, tarix, bitta qon, ona yerga hissiy bogʻliqlik birlashtiradi, va ular hammasi butun xalqni, qoni bir jamiyatni tashkil qilishadi. Madaniy anʼanalar va etnik mansublik millatchilikning asosini tashkil etishi uchun ular jamiyatga mayoq boʻla oladigan hamma qabul qilgan tasavvurlarni oʻzida mujassam etishi lozim.
Madaniy millatchilik millatni til, urf-odatlar va madaniyat umumiyligi bilan belgilaydi. Davlatning legitimligi uning millatni himoya qilish va millatning madaniy hamda jamoat hayotini rivojlantirish qobiliyatidan kelib chiqadi. Odatda, bu etnik koʻpchilikning tilini va madaniyatini davlat qoʻllab-quvvatlashini hamda millatning bir tusligini saqlash uchun etnik ozchiliklarning assimilyatsiyasini nazarda tutadi.
Primordial etnik millatchilik millat umumiy haqiqiy yoki taxmin qilinayotgan kelib chiqishga asoslangan, deb taʼkidlaydi. Millatga mansublik maʼlum genetik faktoralar (qon) bilan aniqlanadi. Ushbu shaklining tarafdorlari milliy oʻzini oʻzi taʼriflash qadimgi etnik tomirlarga ega va shuning uchun tabiiy tus olgan, deb hisoblaydilar. Ular etnik koʻpchilik madaniyatining boshqa guruhlardan izolyatsiyasini yoqlashadi va assimilyatsiyani maʼqullashmaydi.
Keskin millatchilik koʻpincha ekstremizm bilan bogʻlanadi va ichki yoki xalqaro nizolarga olib keladi. Koʻpchilik mamlakatlarda keskin millatchilik rasmiy tarzda ijtimoiy xavfli hodisa deb taʼn olinadi. Radikal davlat millatchiligi fashizm va natsizm asoslarini tashkil etadi. Koʻp etnik millatchilar milliy ustunlik (shovinizm) hamda madaniy va diniy toqatsizlik gʻoyalarini qoʻllashadi (ksenofobiya). Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi va Irqiy diskriminatsiyasining hamma shakllarini yoʻqotish haqidagi konvensiya kabi hujjatlarda etnik diskriminatsiya (kamsitilish) qoralanadi va qonunga zid deb eʼlon qilingan.
Millatchilik millatni berilgan inʼom sifatida koʻradi, lekin shu bilan birga bilan birga millat nima degan tushunchani oʻzida mujassam etadi. Millat gʻoyasi avloddan avlodga oʻtib keladigan tarix tuygʻusi, xotiralar va anʼanalarga tayanadi. Uning vavjudligi qadimgi etnosning bosh davomi sifatida koʻriladi yoki unga asos solingan maʼlum bir tarixiy voqeaga bogʻlanadi.
Amalda millat — bu oʻzligini anglagan odamlarning maʼlum bir hududga tarixiy bogʻliqligi natijasida yuzaga kelgan madaniy va siyosiy oʻzlikni anglashga asosalangan hamjamiyati. Boshqa tomondan, bu hamjamiyat tasavvuriy: uning har bir aʼzosi oʻzida uning koʻrinishini mujassam etadi, uning chegaralarini tasavvur qiladi, oʻzida uning birodarlik aloqalarini sezadi va uning oliy iqtidoriga ishonchi komil. Inson oʻz hayotini minglab oʻzi koʻrmagan va htch qachon koʻrmaydigan vatandoshlarining hayotiga parallel boʻlgan umumiy yoʻl trayektoriyasi sifatida tasavvur qiladi. Shu bilan birga, millatni tashkil etadigan odamlar umumiy simpatiyalarga ega, oʻzini umumiy faoliyatga bagʻishlaydi, bir hokimiyat ostida boʻlishni va bu hokimiyat ularning vakillaridan iborat boʻlishini istaydilar.
Boshqa tarafdan, koʻpkina millatlarning oʻzagi dominant etnik asos atrofida jipslashgan. Millat aʼzolarining koʻpchiligi umumiy hayot tarzini maʼqullaydilar va oʻzlari oʻrganib qolgan landshaftga ega umumiy yashash hududiga bogʻliqlikni his qiladi. Shu bilan birga, birga yashash vaqt oʻtganda tashqi koʻrinishning oʻxshashligiga va etnik guruh shaklllanishiga olib keladi. Etnik guruh aʼzolari tashqi oʻxshashlik, umumiy urf-odatlar va xotiralar tufayli oʻzlarining umumiy genealogik kelib chiqishiga ishonadi. Bunday umumlik milliy birdamlikka faol xizmat qiladi.
Lekin milliy oʻzlikni anglash etnik oʻzlikni anglashdan keskin farq qiladi, chunki u jamiyatning davlatga nisbatan manfaatlarini anglash jarayonida yuzaga keladi, etnik oʻzlikni anglash esa bir etnik guruhning boshqalar bilan munosabatlardan iborat. Etnik guruhlar, umuman olganda, bir hududga bogʻlanmagan, millatlar esa har doim ham umumiy genealogik kelib chiqish haqidagi mifga asoslanmaydi.
Milliy davlat — bu ijtimoiy tashkilotchilik, siyosiy bosharuv va madaniy oʻzlik bir-biriga bogʻliq boʻlgan hududiy tashkilot. Ushbu taʼrifga toʻlaligicha mos keladigan davlatlar soni 10 foizdan kamroq, ammo zamonaviy davlatlarning koʻpchiligi uning koʻpkina jihatlarini oʻzida mujassam etadi.
Zamonaviy davlatlar markazlashtirilgan, yoyilgan va muxtor tuzilmalar orqali koʻplab shaharlarni va bir biriga tutash mintaqalarni boshqarishadi. Ular hamma uchun shart boʻlgan qoidalarni ishlab chiqish va oʻz hududi doirasida kuch qoʻllash monopoliyasiga egalar. Shunday qilib, ular oʻz hokimiyatini butun aholiga yoyadilar va iqtisodiy rivoj hamda mudofaa uchun insonlar hayotini maʼlum bir tarzda tashkil etishga urinadilar. Bu bilan ular mintaqalarning integratsiyasiga intilmaydigan shahar-davlatlardan va odamlarning kundalik ishlarini kuzatishga urinmaydigan imperiyalardan farq qiladi. Bundan tashqari, milliy davlat xalqlarning ixtiyoriy integratsiyasiga intiladi va bu bilan yangi hududlarni egallab olish, ushlab turish va kolonizatsiyani maqsad qiladigan imperiyadan farq qiladi.
Milliy davlat uning fuqarolari bilan bogʻlanadi, lekin ichki va xalqaro maydonda uni odatda bitta davlat yetakchisi namoyon etadi. Masalan, Sharl de Gol fransuz davlatining rahbari „Fransiya haqidagi alla-qanaqa gʻoyani“ namoyon etishi kerakligini taʼkidlagan.
„Millat“ va „milliy davlat“ tushunchalarining oʻxshashligiga qaramasdan, millatchilik ular orasida baʼzi farqlarni belgilaydi. „Millat“, „davlat“ va „jamiyat“ tushunchalari turlicha darajalarga tegishli: madaniy, siyosiy va ijtimoiy. Masalan armiya davlatni emas, balki xalqni himoya qilishi taʼkidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |