sotuvchi boshqa mintaqada boisa, xaridor narxlarni taqqoslash, muzokaralar olib
borish va bitimni imzolash jarayo-nida katta mablag„larni sarflaydi. Xuddi shunga
o„xshab, agar xaridorning texnik talablari muayyan ishlab chiqaruvchiga moi-
jallangan bo„lsa va u shu paytda yetkazib beruvchilarni almashtir-sa, o„tish
xarajatlari uning uchun katta bo„lishi mumkin. O„tish xarajatlarining asosiy
manbalari quyidagilardir:
—
ishlab
chiqarilayotgan
tovarlarni
yangi
yetkazib
beruvchining
mahsulotiga moslashtirish maqsadida yangilash xarajatlari;
—
tovarni iste‟mol qilish yoki undan foydalanish odatlaridagi o„zgarishlar;
—
foydalanuvchilarni o„qitish yoki qayta tayyorlash xarajatlari;
—
yangi tovarlardan foydalanish uchun zarur bo„lgan yangi asbob-
uskunalarga ajratilgan investitsiyalar;
—
qayta tashkil qilish va o„zgarishlar bilan bog„liq ruhiy muammolarga
ketadigan xarajatlar.
O„tish xarajatlari mavjud bo„lganda xaridor uchun aniq qiy-mat tovarning
sotuv narxidan bir necha baravar yuqori bo„ladi,
Shunday qilib, xaridorning nuqtayi nazaridan qaraganda, narx
tushunchasi nominal baho doirasidan chetga chiqib, xaridor oladigan barcha
foydalarni va uning barcha xarajatlarini o„z ichiga oladi. Shuning uchun
xaridorning narxga sezgirlik darajasida monetar narx bilan bir qatorda barcha
ko„rsatib o„tilgan foyda va xarajatlar hisobga olinishi lozim.
Narx bo„yicha strategik qarorlarning muhimligi quyidagilardan iborat:
•
o„rnatilgan narx-talabning darajasi va sotuvning hajmini aniqlaydi. Juda
yuqori yoki past narx tovarning muvaffaqiyatiga ta‟sir ko„rsatishi mumkin;
•
sotuv narxi butun ish faoliyatining rentabelligini aniqlaydi, faqatgina
foydaning darajasini emas, balki uning sotuv hajmi orqali aniqlaydi. Narxning
ma‟lum bir darajada o„zgarishi rentabellikka katta ta‟sir ko„rsatishi mumkin;
•
sotuv narxi umumiy qabul qilinishiga yoki markasiga ta‟sir etadi va
potensial sotib oluvchilarning ko„z oldida markaning imijini tashkil etuvchilardan
biri hisoblanadi;
•
narx markaning boshqa komponentlariga qaraganda bu raqobatli tovarlar va
markalarni taqqoslash uchun qulay asos hisoblanadi. Narxning ozgina o„zgarishi
bozor orqali tezgina seziladi va bu holat bozorning muvozanatini buzishi mumkin.
Narx bu raqobat sirlarining o„zaro bog„lanishida asosiy nuqta hisoblanadi. Narx
strategiyasi marketing strategiyasi tashkil etuvchilari bilan o„zaro bogiiq bo„lishi
kerak. Narxning ichida tovar pozitsiyasini mustahkamlaydigan tovarni qadoqlash,
rivojlanishi-va reklama xarajatlari bo„lishi shart.
Har bir firmaning maqsadi shuki, u o„zining rentabelligini ta‟minlash va
foydaning katta hajmda kelishiga qaratiladi. Bu keng maqsadlar turli yo„llar bilan
amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: