5-mavzu: mantiq bilish nazariyasining tadqiqot ob’ekti. Reja



Download 257,02 Kb.
bet21/43
Sana30.03.2022
Hajmi257,02 Kb.
#518604
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
5 мавзу-1 54

Hukm deb buyum va hodisada biror belgi mavjudligini tasdiqlovchi yoki mavjud emasligini inkor etuvchi tafakkur shakliga aytiladi.
Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukm mantiqiy kategoriya bo’lsa, gap grammatik kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo’ladi.
Masalan, “Vaqt orqaga qaytmaydi”, “Hayot - bu harakat” kabi gaplar hukmni ifoda qiladilar.
Hukmning mantiqiy tarkibini uch qism tashkil etadi:
1. Sub’ekt. 2. Predikat. 3. Bog’lovchi.
Sub’ekt (lot. subjectum – mantiqiy ega) deb hukmda fikr yuritilayotgan buyum yoki hodisa to’g’risidagi fikrga aytiladi. Sub’ekt lotincha subjectum so’zining bosh harfi S bilan belgilanadi.
Predikat deb buyum va hodisadagi belgi, xususiyat va aloqa to’g’risidagi fikrga aytiladi. U lotincha praedicatum (mantiqiy kesim) so’zining bosh harfi P bilan belgilanadi.
Bog’lovchi sub’ekt bilan predikatni bir-biri bilan bog’lab turishga xizmat qiladi. Bog’lovchi og’zaki nutqda sukut (pauza), intonatsiya, yozma nutqda esa -dir, emas qo’shimchalari, ba’zan esa tire (–) orqali ifodalanadi. Masalan: “tarix fandir” degan hukmda tarix – sub’ekt, fan – predikat, - dir esa bog’lovchidir. Formulasi: S-P dir. Inkor shaklida S-P emas bo’ladi. Masalan: Ahmedov a’lochi emas.
Hukmning sub’ekti va predikati uning terminlari deyiladi. Har qanday sodda va yakka hukmda ikkita termin (sub’ekt va predikat) mavjuddir. Bog’lovchi termin tarkibiga kirmaydi.
Hukmning turlari bir qancha belgilari bo’yicha tasnif qilinadi:
1. Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko’ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo’ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to’g’ri ifodalagan hukmlar chin. Masalan: Yer shari aholisining ko’pchiligi Sharqda yashaydi. Doiraning to’liq sirti 360 0 ga teng va h.k. Voqelikni buzib, noto’g’ri aks ettiradigan hukmlar xato. Masalan, yolg’onchi yaxshi odamdir, degan hukm xatodir. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo’lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlar ham mavjuddir.

Download 257,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish