5-mavzu: mantiq bilish nazariyasining tadqiqot ob’ekti. Reja



Download 423,5 Kb.
bet11/43
Sana27.05.2022
Hajmi423,5 Kb.
#611890
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
5 мавзу

Masalan, quyidagi tushunchalar o‘zaro teng tushunchalardir:
a) “Bur’oniddin Marg‘inoniy”,
b) “Hidoya” asari muallifi
yoki
a) “Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti”,
b) “Islom Abdug’aniyevich Karimov”.
Bu tushunalar teng, lekin mazmunan har xil. Agarda biz O‘zbekistonning birinchi Prezidenti degan tushunchani olsak, mazmun va xajm yanada kengayib ketadi. Chunki Y.Oxunboboyev ham Prezident bo‘lgan.
Demak, ayniyat qonunini buzish bir tushunchani ikkinchi tushuncha bilan aralashtirib yuborishga, chalkashlikka, ikkiyoqlamalikka, tuturiqsizlikka olib kelishi mumkin.
Ayniyat qonuniga amal qilish kundalik hayotda, ilmiy tadqiqot ishlarining samarali bo‘lishida g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
NOZIDLIK QONUNI
Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ikki o’zaro bir-birini istisno qiluvchi (o’zaro bir-birini istisno qiluvchi) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bo’lishi mumkin emasligini, hech bo’lmaganda ulardan biri, albatta, xato bo’lishini ifodalaydi. Chunki ular o’rtasida ziddiyat bor. Doim ulardan biri chin, ikkinchisi yolg’ondir.
Ushbu qonun formal mantiqning fikr ziddiyatsiz bo’lishi lozimligi to’g’risidagi talabini ifodalaydi. Fikrning ziddiyatsiz bo’lishi uning muayyanligi, aniqligi, barqarorligi va izchilligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir.
Bir vaqtda va ayni bir munosabatda biror narsa to‘g‘risida qarama-qarshi fikr bildirib bo‘lmaydi. Agar bu qarama-qarshi fikr turli vaqt va munosabatda bo‘lsa, fikrlashda ziddiyatlarga olib kelmaydi. Bu fikrlar to‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Nozidlik qonuni fikrlash jarayonida ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi, ya’ni bir buyum, narsa haqidagi ikki bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan fikr ayni bir vaqtda, ayni bir narsaga nisbatan ayni bir munosabatda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas. Uning formulasi “A ham B, ham B emas bo’la olmaydi”.
Masalan:
“Aristotel-mantiq fanining asoschisi” va “Aristotel-mantiq fanining asoschisi emas” – bu o’zaro zid mulohazalardir. Bu zid mulohazalarning har ikkalasi bir vaqtda xato bo’lmaydi. Ulardan birinchisi chin bo’lganligi uchun ikkinchisi xato bo’ladi.
Nozidlik qonunida agar bir fikrga nisbatan turli vaqt nuqtai nazaridan qaralsa, fikr to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Masalan, “Rahimov - O‘zbekiston fuqarosi”. “Rahimov - O‘zbekiston fuqarosi emas”. Agar Rahimov bir vaqtlar O‘zbekistonda yashaganda fuqaro hisoblanib, hozir O‘zbekistonda yashamayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday holda har ikki fikr ham to‘g‘ri. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Nozidlik qonuni shunday ta’riflanadi: “bir vaqtda va ayni bir munosabatda biror narsa-hodisa haqida qarama-qarshi fikr bildirib bo‘lmaydi, ulardan biri chin, ikkinchi esa xato bo‘ladi, ammo bu qarama - qarshi fikr turli vaqt va nisbatda aytilsa, har ikkisi ham to‘g‘ri bo‘laveradi”.

Download 423,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish