Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan xajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur xosil qkiluvchi belgilar chikarib tashlanadi. Natijada mazmun jixatidan unga nisbatan kengroqk, lekin xajmiga ko’ra torroq bo’lgan jins tushuncha xosil bo’ladi. Masalan, “Aylanma xarakat” tushunchasi mazmunidan faqkat o’ngagina xos bo’lgan tur belgilarni chiqarib tashlasak, “Mexanik xarakat” tushunchasini xosil qilamiz. Umumlashtirish fmflining chegarasi eng umumiy tushuncha, yani kategoriyadir. Chunki kategoriyalar uchun jins bo’lgan tushuncha yo’q.
Tushunchani umumlashtirish amalining sxemasi quyidagicha:
A-Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi
B -Aylanma harakat
C-Mexanik xarakat
D-Xarakat
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik xayotimiz va ilmiy bilishda keng qo’llaniladi. Hususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida ifodalanadigan nazariy qonunlar, g’oyalar, nazariyalar mavjud empiric tushunchalarni, empiric qonunlarni umumlashtirish natijasida xosil bo’ladilar.
Umumlashtirish muxokama yuritish jarayonida induktiv hulosa chiqarish usulida yaqqol ifodalangan boladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning fundamental tushunchalarni yaratib bo’lmaydi; mavjud bilimlarni sistemaga solish qiyin va, umuman, fan taraqqiy eta olmaydi.
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy tushuncha, g’oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, Nyuton mehanikasidagi “Inertsiya” tushunchasi Galiley nazariyasidagi “erkin tushish” tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin.
Tafakkurning ikkinchi mantiqiy shakli hukm yoki mulohazadir.
HUKM – predmetga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo’ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog’lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o’rganib, ular haqida hukmlar hosil qilamiz.
Bilimlarimiz turlicha bo’lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo’ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi. Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo’ladi.
Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko’ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo’ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to’g’ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo’ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo’lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |