5-Ko‘p omilli ekonometrik tahlil
Ma’lum bir davrdagi turli ijtimoiy – iqtisodiy hodisalarni vaqt bo‘yicha (dinamikada) xarakteristikalarini ifodalash va tahlili qilish uchun bu jarayonlarni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar va usullardan foydalaniladi
Ko‘p omilli ekonometrik tahlil
5-MAVZU. KO’P OMILLI EKONOMETRIK TAHLIL 1. Ko’p omilli ekonometrik modellarni tuzish uslubiyoti. 2. Chiziqli va chiziqsiz ko’p omilli regression bog’lanishlar. 3. Umumlashtirilgan va bavosita “eng kichik kvadratlar usuli”. 4. Ekonometrik model parametrlarining iqtisodiy tahlili va elastiklik koeffistientlarini hisoblash. Tayanch iboralar: ko’p omilli korrelyastiya, ko’p omilli regression bog’lanishlar, korrelyastiya koeffistienti, bevosita eng kichik kvadratlar usuli, elastiklik koeffistientlar
.1. Ko’p omilli ekonometrik modellarni tuzish uslubiyoti Ko’plik korrelyastiyasi tasodifiy ko’rsatkichlar guruhi o’rtasidagi bog’lanishlarni o’rganadi. Iqtisodiy tahlilda ko’plik korrelyastiya usulini qo’llanilishi hisoblash texnikasi yaratilganidan so’ng kengaydi va qisqa muddatda katta yutuqlarga erishildi, ham iqtisodiy, ham matematika fanlarini rivojlanishiga o’z ulushini qo’shdi.
Ko’plik (ko’p omilli) korrelyastiya usuli murakkab jarayonlarni tahlil qilishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Bu usul murakkab jarayonlarda ro’y berayotgan alohida hodisalarni modellashtirish va bashorat qilish imkonini beradi. Ko’p omilli korrelyastiya usulidan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Kuzatishlar asosida to’plangan katta mikdordagi dastlabki ma’lumotlarni qayta ishlash asosida bir argumentning o’zgarishida funkstiya qiymatini o’zgarishini qolgan argumentlar qiymati belgilangan sharoitda aniqlanadi.
Qiziqtirayotgan bog’lanishga boshqa omillarni ta’sirini (o’zgartirish) darajasi aniqlanadi.
Korrelyastiya tahlili usullarini qo’llayotgan izlanuvchilar oldida turadigan asosiy muammolar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- funkstiyako’rinishini (turini) aniqlash;
- omillar-argumentlarniajratish;
- jarayonlarni to’g’ri baholash uchun zarur bo’lgan kuzatishlar sonini aniqlash.
Funkstiyaning ko’rinishini tanlashning qandaydir aniq ishlab chiqilgan uslubiy ko’rsatmalari bo’lamasa ham, har bir izlanuvchi bu muammoni turlicha hal qiladi.
Matematika fani berilgan qiymatning har qanday sohasi uchun cheklanmagan miqdorda funkstiyalarni keltirishi mumkinligini hisobga olib, ko’p izlanuvchilar funkstiya ko’rinishini tanlash inson imkoniyatlari chegarasidan tashqarida deb hisoblashadi. Shuning uchun funkstiya ko’rinishini sof empirik asosda tanlash zarur va keyinchalik uni o’rganilayotgan jarayonga to’g’ri kelishi (adekvatligi) tekshiriladi va qabul qilish yoki qilmaslik haqida qaror qabul qilinadi.
Omillar o’rtasida bog’lanish shaklini tanlashning uchta usuli mavjud:
– empirik usul;
– oldingi tadqiqotlar tajribasi usuli; – mantiqiy tahlil usuli.
Analitik funkstiya turini regressiyaning empirik grafigi bo’yicha aniqlash mumkin. Lekin mazkur grafik usulni faqat juft bog’lanish hollarida hamda kuzatishlar soni nisbatan ko’p bo’lganda muvaffaqiyatli qo’llash mumkin.