Mijoz-
bu tarmoqni abonenti bo‘lib, faqat tarmoq resurslaridan
foydalanadi, ya`ni tarmoq unga xizmat qiladi.
•
Server
–bu tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ekt. Yoki
boshqacha aytganda
Server-
bu tarmoqni abonenti bo‘lib, boshqa abonentlarga o‘zining
resurslarini taqdim etadi, o‘zi esa boshqa abonentlarni resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni
faqat tarmoqga xizmat qiladi.
•
“
Peer–to Peer
” (teng huqukli) tarmoqlar (одноранговые сети) bir rangli tarmoqlar, yani
tarmoqdagi barcha kompyuterlar bir xil kirish va resurslar huquqiga ega.
Tashkilot axborot xavfsizligi siyosati.
Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob`ekt va
uning vazifalari aniqlanadi. So‘ngra dushmanning bu ob`ektga qiziqish darajasi,
hujumning ehtimolli turlari va ko‘riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi
ta’sir vositalari yetarli himoyani ta‘minlamaydigan ob`ektning zaif joylari aniqlanadi.
Odatda ko‘p sonli foydalanuvchilarga ega bo‘lgan korporativ kompyuter tarmoqlari
uchun maxsus “Xavfsizlik siyosati” deb ataluvchi, tarmoqda ishlashni ma’lum tartib va
qoidalarga bo‘ysindiruvchi (reglamentlovchi) hujjat tuziladi. Siyosat odatda ikki qismdan
iborat bo‘ladi: umumiy prinsiplar va ishlashning muayyan qoidalari. Umumiy prinsiplar
Internetda xavfsizlikka yondashishni aniqlasa, qoidalar nima ruxsat etilishini va nima
ruxsat etilmasligini belgilaydi. Qoidalar muayyan muolajalar va turli qo‘llanmalar bilan
to‘ldirilishi mumkin. Hozirgi kunda axborotni himoyalashning tashkiliy choralari,
shuningdek dasturiy va texnik vositalar yetarli samara bermay qoldi. Shu bois, huquqiy,
jumladan, jinoiy-huquqiy himoya vositalari xavfsizlikning qo‘shimcha choralari sifatida
yuzaga keldi.
Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning kundalik
hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda. Hozirda “axborot
tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo‘lgan
maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi
ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va
ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga
ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan,
yo‘qotishdan va boshqa jinoiy harakatlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi.
Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan
axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog‘liq qilib qo‘yadi. Axborotning
muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni
himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi
xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qish imkoniga ega bo‘lmagan.
Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning
elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir
necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o„zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi
va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar,
uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin
etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi.
Axborotni himoya qilish deganda: Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu
bilan birga axborot elementlarining buzilishi yoki yo’q qilinishiga yo’l qo’ymaslik;
Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga
(o‘zgartirishga) yo‘l qo‘ymaslik; Axborotni tegishli huquqlarga ega bo‘lmagan shaxslar
yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo‘l qo‘ymaslik; Egasi
tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o‘rtasida
kelishilgan shartnomalar asosida qo‘llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.
Axborot xavfsizlig deb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy
yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta‟sirlardan har qanday tashuvchilarda
axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy)
xabarlar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki nusxa olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf
esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan
ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan
moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi. Axborotning himoyasi deb, boshqarish va
ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot
zahiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta‟minlovchi
qat`iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborotni
himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat: - axborotning kelishuvsiz chiqib
ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; -
shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lganxavf – xatarning oldini olish; - axborotni
yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko‘chirish, to‘siqlash bo‘yicha ruxsat
etilmagan harakatlarning oldini olish; - hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida
huquqiy tartibini ta’minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday
noqonuniy aralashuvlarning oldini olish; - axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy
ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning
konstitutsion huquqlarini himoyalash; - davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan
axborotning konfidensialligini saqlash; - axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni
ta‟minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo‘llashda sub`ektlarning huquqlarini
ta’minlash. Axborot xavfsizligining huquqiy ta'minoti axborotni himoyalash tizimida
bajarilishi shart bo‘lganqonun chiqarish aktlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qoidalar
yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti
masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o‘rganib chiqilmoqda. Kompyuter
jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida telekommunikatsiya va hisoblash
texnikasi vositalari, dasturiy ta’minot va intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter
jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida nafaqat kompyuterlar, global va korporativ
tarmoqlar (Internet), balki axborot texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari
hamda axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari
tanlanadi. Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun
qo„lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish
natijasida qandaydir muayyan yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob`ekti, ham tajovuz qiluvchi
instrument sifatida qarash mumkin. Agar axborotning o‘g‘irlanishi moddiy va ma‟naviy
boyliklarning yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi.
Shuningdek, agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog‘liq bo‘lsa,
jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko‘zda tutilgan. Har
qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti xalqaro va milliy huquqiy
me’yorlarni o’z ichiga oladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari
Do'stlaringiz bilan baham: |