WiMAX texnologiyasi: WiMAX ning ishlash rejimlari.
WiMAX da quyidagi rejimlar mavjud:
o
Fixed WiMAX
– fiksatsiyalangan aloqa;
o
Nomadic WiMAX
– seansli aloqa;
o
Portable WiMAX
– siljish rejimidagi aloqa;
o
Mobile WiMAX
– mobil aloqa.
Fixed WiMAX
fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu
chastotali diapason kuchli so’nish tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning
to’g’ridan to’g’ri bir biriga ko’rish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan
esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo bo’lmish signalning
ko’pnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 120 Mb/s gacha ko’tarilishiga
olib keladi.
Nomadic WiMAX.
Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga ko’chib
yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi mumkin.
Ushbu rejim asosan portative qurilmalar uchun keng qo’llaniladi.
Portable WiMAX.
Portable rejimida foydalanuvchining baza stansiyalar aro aloqani
uzmagan holda avtomatik ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda
foydalanuvchining joydan-joyga ko’chish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim.
To’g’ri, ushbu rejimdan shaxarda foydalanish mumkin, lekin avtomobillarda foydalanish
biroz muammoni tug’diradi.
Mobile WiMAX.
802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan bo’lib, foydalanuvchining
joydan-joyga ko’chib yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha bo’lganda sifatli
aloqani taminlay oladi. Mobile rejimning yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab
o’tishimiz mumkin:
42.
Ko’pnurli signal tarqalishi hamda shaxsiy xalaqitlarga bardoshliligi.
43.
Kanalning yuqori o’tkazuvchanligi.
44.
Time Division Duplex (TDD) texnologiyasi yordamida assimetrik traffikni qayta
ishlab, kanallarning estafeta shaklidagi sessiyasi orqali antenalarning
boshqaruvini osonlashtiradi.
45.
Hybrid-Automatic Repeat Reqest (H-ARQ) texnologiyasi esa foydalanuvchining
tezkor joydan-joyga ko’chishidagi aloqani stabilligini tamillab beradi.
46.
Yuklanmaning kattaligida ham foydalanuvchi qurilmasidan kanalning yuqori
tezlikdan eng maksimal darajada foydalana olishi.
47.
Kutish rejimida energiyaning minimal darajadagi sarf harajati
48.
Network-Optimized Hard Handoff (HHO) texnologiyasi kanaldan kanalga
ulanishdagi vaqtni 50 millisekund va undan kam vaqtni tashkil etishida.
49.
Multicast and Broadcast Service (MBS) texnologiyasi DVB-H, MediaFLO hamda
3GPP E-UTRA fuksiyalarini o’zida jamlagani.
50.
Smart Antenna texnologiyasi kanallar aro sessiyalarning ulanishida subkanallar
hamda estafeta shaklidagi yuborishni ta’minlaydi.
51.
Fractional Frequency Reuse texnologiyasi kanallarning qayta ishlashidagi
minimal yo’qotishlarni boshqara olishni ta’minlaydi.
Hotimada shuni takidlab o’tishimiz lozimki, hozirda WiMAX texnologiyasi yer
yuzasining oz bo’lsada ba’zi bir shaxarlarda ishlatilmoqda hamda sinovdan
o’tkazilmoqda. Bizning O’zbekistonimizda esa ushbu texnologiyada xizmat ko’rsatish
uchun hozircha MTS (ИП UZDUNROBITA) litsenziyaga ega.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |