5-mavzu: islomdagi mazhablar va yo’nalishlar



Download 293,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana02.06.2022
Hajmi293,4 Kb.
#630456
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ISLOMDAGI MAZHABLAR VA YO’NALISHLAR



5-MAVZU: ISLOMDAGI MAZHABLAR VA YO’NALISHLAR
 
1.
Islomdagi ilk bo‘linish
2.
Xavorijlarning kelib chiqishi 
3.
Shialik 
4.
Sunniylik (Ahli sunna val-jamoa) yo‘nalishi 
5.
Mu’taziliylik.

 
Tayanch so‘z va iboralar:
Islomdagi ilk bo‘linish, Xavorij, Shialik, Sunniylik, xalifa, 
fitna,Harura, Siffin, Jamal, imomat, mazhab, mazhabsizlik,
 
MA’RUZA MATNI 
5.1. ISLOMDAGI ILK BO‘LINISH. 
Islomdagi bo‘linishlarning birlamchi zamini Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan boshlangan. 
Chunki musulmon jamoasiga endi kim boshchilik qiladi, degan masalada barchaning fikri bir xil 
emasdi. Bunga sabab musulmonlarning marhum yo‘lboshchisi tomonidan jamoaga keyingi rahbar 
kim bo‘lishi ochiq-oydin ko‘rsatilmaganida edi. Ammo Payg‘ambarga “Xalifa” (o‘rinbosar) 
bo‘lishga sahobiy Abu Bakr Siddiq uchun alohida “ishora” bo‘lgani manbalarda qayd etilgan. 
Payg‘ambar (a.s.) vafotlari arafasida Abu Bakr Siddiqning namozda musulmonlarga imomlik 
vazifasini o‘tab berishga bergan ko‘rsatmalari yirik sahobiylar tomonidan mazkur “ishora” sifatida 
qabul qilingan edi. 
Ilk ikki xalifa davrida musulmonlar orasida birlikka erishilgan bo‘lsa, xalifa Usmon ibn 
Affon davriga kelib jamoa orasida fitnalar paydo bo‘ldi. Usmon (r.a.)ga uyushtirilgan suiqasd ham 
ana shu fitnalarning natijasi edi. Xalifa qatl etilgach, uning o‘rniga Ali ibn Abu Tolib (r.a.) 
saylandi.
Hazrat Ali (r.a.) qo‘shini tarkibida sobiq xalifa Usmon (r.a.) qotillarining borligi ba’zi 
musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Talha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avom va Mu’oviya 
ibn Abu Sufyon kabi sahobalar Aliga qarshi chiqib, bu holatni shunday talqin qildilar: “Ali 
qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda Usmonga yordam bermadi, qodir bo‘la turib odamlarni bu 
ishdan qaytarmadi, bundan tashqari u xalifalik mansabiga ko‘tarilganidan keyin Usmonning 
qasosini olmadi, balki u Usmonni qatl etilishidan manfaatdor bo‘ldi”. 
Bu uch sahobaning shunday fikr bildirishlariga sabab ularning har biri xalifalikka Alidan 
ko‘ra o‘zlarini loyiqroq deb hisoblab, agar bu mansabda o‘tirganlarida, jamiyatda ildiz otib 
borayotgan fitnalarni tomiri bilan yulib tashlashga qodir ekanliklarini da’vo qilardilar. Ular o‘z 
da’volari haq ekanligini turli yo‘llar bilan isbotlardilar. Talha va Zubayr Umar vafotidan oldin 
xalifa saylash xususida kengashga chaqirilgan olti kishidan birimiz... deyishsa, Muoviya esa 
Usmonga yaqin qarindosh va uning qasosini olishga loyiq ekanligini ro‘kach qildi. 
Talha va Zubayr “al-Jamal” (“Tuya”) jangida halok bo‘ldi. SHundan so‘ng Ali o‘rniga 
xalifalikka da’vogarlardan birgina Muoviya ibn Abu Sufyon qoldi. 657 yili SHomda Muoviya va 
Ali o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Siffin jangi musulmonlardan ikki guruhning ajralib chiqishiga sabab 
bo‘ldi. Bu guruhlar keyinchalik islomdagi ikki katta oqim – xavorij va shialarga aylandi.
Bu jangda Ali ibn Abu Tolib ortiqcha qon to‘kilishini istamay, qarshi tomon bilan o‘zaro 
bitim tuzib, urushni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Alining tutgan bunday murosasozlik siyosatidan uning 
qo‘shini orasidagi bir guruh kishilar norozi bo‘lib, ajralib chiqdilar. 
Xuddi shu vaqtda yangi diniy oqim yuzaga keldi. ya’ni, Aliga itoat etishdan bosh tortganlar 
“xavorij” deb, Muoviyaga qo‘shilmay Ali atrofiga to‘planganlar esa keyinchalik “shia” deb 
nomlana boshlandi. Bu ikki toifaning yonida esa “jumhur” ya’ni qolgan musulmonlar jamoati 
turardi. Har bir toifaning o‘ziga xos diniy nuqtai nazari va “fiqhi” paydo bo‘ldi. 

Download 293,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish