Aerozollar.
Aerozollar — mayda zarrachalar bo’lib, atmosferada tortilgan holatida bo’lgan mikronning o’ndan bir ulushi o’lchamidagi moddalar. Ular o’rmon yong’inlari, qishloq xo’jaligi faoliyati, korxonalar va transportlar chiqindilari va gaz chiqindilari bilan ifloslanadigan moddalarning kimyoviy reaktsiyaga kirishib hosil bo’ladi. Aerozollar troposferaning quyi yer qatlami xiralashtiradi va nurini tarqatadi, bu esa atmosfera qatlamlarida haroratni tushishiga olib keladi. Bundan tashqari, aerozollar bulut bilan qoplanishni kuchaytiradi, bu yana sovushga olib keladi. Odatda aerozollar atmosferada yog’ingarchilik vaqtida, taxminan bir hafta mobaynida hukm suradi. Shu bois aerozollar harakati yetarlicha lokaldir.
Yerdan foydalanishdagi o’zgarishlar va urbanizatsiya.
Keyingi 150-250 yil ichida yerdan foydalnishdagi o’zgarishlar tufayli biomassa va tuproq uglerodi miqdori sezilarli darajada qisqardi, demak, yer ekotizimiga uglerod zahirasi ham kamaydi. Natijada atmosferaga katta miqdorda CO2 chiqa boshladi. O’rmon maydonlari, ayniqsa, tropik o’lkalarda keskin qisardi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada katta miqdordagi mollarning boqilishi sababali yaylovlar degaradatsiyasi kelib chiqdi. Bu nafaqat mahalliy iqlimga, balki global jarayonlarga salbiy ta’sir o’tkazdi. Ko’plab hududlarda cho’llanish sodir bo’lmoqda.
Urbanizatsiya ham iqlim o’zgarishiga yordam berdi. Hozir shaharlarda sayyoraning yarim aholisi hayot kechiradi. 1 million aholisi bor shaharlar kuniga 25 ming tonna CO2 va 300 ming tonna oqova suvlarni chiqaradi. Bundan tashqari, katta shaharlarda havo darajasi “issiq” ob’ektlari: binolar, mashinalar va boshqalar tufayli birmuncha yuqori. Issiq iqlimli rivojlangan mamlakatlarda havoni konditsionerlashga isitish tizimiga sarflangandan ko’ra ko’’roq mablag’ ishlatiladi. Ya’ni issiq havoga qarshi konditsionerlarni ishlatish isishni yanada kuchaytirmoqda.
Iqlim o’zgrarishi o’n va yuz yillar yoki bundanda ham uzoq muddatlarda vulqonlarning harakati, quyosh faolligining o’zgarishi, okeanlar oqimi tsirkulyatsiyasi yoki Yerdagi tub o’zgarishlar kabi tabiiy jarayonlar kechuvi bilan amalga oshadi. Kishilik jamiyatining issiqxona va aerozol gazlarni atmosferaga ko’plab chiqarishi, Yer yuzining o’zgarishi yoki ozon qatlamini oriqlanishi hisobiga ham iqlim o’zgarishi mumkin. Global iqlim, biologik, geologik va kimyoviy jarayonlar tabiiy ekotizimlar bilan uzviy bog’langan. Ulardagi bir jarayonlar kechuvining o’zgarishi boshqalariga ham ta’sir qiladi, aksariyat hollarda birinchisiga qaraganda ikkinchilarida ushbu o’zgarishlar kuchliroq sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |